O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019


tovarni kiritish bosqichining muddatini



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə69/167
tarix20.11.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#162030
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   167
Strategik marketing-www.hozir.org

tovarni kiritish bosqichining muddatini
baholash
muhim muammodir, chunki ushbu bosqichda pul oqimlari anchagina manfiy bo‘ladi.
Savdoni rag‘batlantirishga va bozorni axborot bilan ta’minlashga qaratilgan
marketing xarajatlari katta bo‘lib, savdo hajmining katta qismini tashkil qiladi.
Chiqarish hajmi kichik bo‘lganligi tufayli ishlab chiqarish xarajatlari ham yuqori
bo‘ladi. Kapital qo‘yilmalarning amortizasiyasi va ITTKI xarajatlari ham
rentabellikka og‘ir yuk bo‘lib tushadi. Ushbu bosqich qanchalik qisqa bo‘lsa, firmaga
shunchalik yaxshidir. Uning uzunligi xaridorlarning qabul qilish funksiyasi bo‘lib,
uni quyidagi omillardan kelib chiqqan holda aniqlash mumkin:
- yangi tovar ta’minlaydigan foydalarning muhimligi;
- foydaning yaqqol ifodalanganlik darajasi;
- iste’mol yoki ishlab chiqarish ko‘nikmalariga mos tushadigan yangi tovarga
o‘tishda mijoz uchun katta xarajatlarning yo‘qligi;
- sanoat mijozini innovasiyani qabul qilishga undaydigan raqobatning bosimi.
Ushbu vaziyatda novator uchun strategik ustuvor yo‘nalish mavhumlik
bosqichidan chiqish uchun birlamchi talabni imkon qadar tezroq shakllantirishdir.
Ushbu umumiy maqsad quyidagi vazifalardan iboratdir: tovarning mavjud ekanligi
haqidagi xabarning keng tarqalishiga erishish; bozorni innovasiya olib keladigan




95

foydalar haqida xabardor qilish; xaridorlarni tovarni sinab ko‘rishga undash; tovarni
savdo tarmoqlariga olib kirish. SHunday qilib, tovarning hayotiylik davrining birinchi
bosqichida ustuvor maqsadlar asosan axborot va axborot xarakteriga ega bo‘ladi.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun
marketing dasturi
quyidagi masalalarga e’tibor
qaratishi lozim:
-tovarning asosiy konsepsiyasi;
-selektiv yoki eksklyuziv sotish tizimi;
-talabning elastiklik darajasining pastligini hisobga olgan holda yuqori narxlar
belgilash imkoniyati;
-informativ kommunikasiya dasturi.
Tovarni bozorga chiqarishning, ayniqsa narx siyosati borasida, turli
strategiyalarini qabul qilish mumkin. Bozorga kirib kelish narxi bilan “qaymog‘ini
olish” narxi o‘rtasidagi farqlar aynan shu bosqichda ayniqsa keskinlashadi.


Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin