O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə158/160
tarix14.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#179993
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   160
Strategik marketing-hozir.org

Marketingni rejalashtirish - marketing rejasini to‘zish, tovarlarni sotish
hajmining o‘sishi va firma foydasini maksimallashtirishga qaratilgan marketing
strategiyaisini tanlash bilan bog‘liq jarayon.
Motivasiya - 1) ehtiyojlarni qondirish bo‘yicha qaror qabul qilishda
individuumlar harakatini faolashtirish maqsadida ularning motivlarini kuchaytirish
jarayoni; 2) haridorning harid qilish qarorini qabul qilish jarayonida uning faolliga
ta’sir ko‘rsatuvchi majburlovchi harakatlar.
Narx - 1) qiymatning pul ko‘rinishida aks ettirilishi, iste’molchilar tovarga ega
bo‘lish uchun tulashlari lozim bo‘lgan pul miqdori. Firma belgilagan narx qabul
qilinuvchi taklifning qiymatiga mos kelishi lozim; 2) marketing-majmuasi,
marketing-miksning samarali vositasi.
Narx hosil bo‘lishi usullari - mahsulot va xizmatlar narxini shakllantirishda
qo‘llanuvchi usullar. Harajatlarga asoslangan, haridorlar liniyasiga asoslangan va
raqobatchilar narxiga asoslangan turlari mavjud.
Narx siyosati - narxni va narx hosil bo‘lishini boshqarish tadbir va
strategiyalari, tovar yoki xizmatlarga ishlab chiqarish harajatlari va bozor
kon’yunkturasiga mos keluvchi, haridorni qondiruvchi va rejalashtirilgan foydani
keltiruvchi narx belgilash san’ati.
Urov (upakovka) - 1) tovar solinuvchi, joylashtiriluvchi idish, material. Tovar
ishlab chiqarilgandan sung uning xususiyatlarini saqlash hamda yukni tashishda
qulaylik yaratish uchun mo‘ljallanadi; 2) muhim reklama manbai.
Prognozlash (bashorat qilish) usuli - o‘rganilayotgan obektning o‘tmishdagi
va hozirgi ma’lumotlarini tahlil qilishga asoslangan ilmiy asoslangan oldindan ko‘ra
bilish. Turli xil tarkibiy qismlarni prognozlashga asoslangan qisqa muddatli (1,5)
yilgacha, o‘rta muddatli (5 yil) va uzoq muddatli (10-15 yil) prognozlar mavjud.
Taqdim etish shakliga ko‘ra, miqdoriy va sifat prognozlariga, tadqiqot obektlarini
qamrab olish bo‘yicha umumiy va qisman prognozlashga taqsimlanadi.




227



Raqobat - 1) alohida shaxslar o‘rtasida har biri o‘zi uchun shaxsan erishini
maqsad kilgan bitta yo‘nalishdagi, xususan tadbirkorlar o‘rtasida kattaroq foyda
olish, savdo bozori, xom ashyo manbalari uchun ko‘rash; 2) moddiy va ma’naviy
ne’matlar yaratish, sotish va iste’mol kilsh jarayonida bozor tizimi subektlarining
kommunikasiyasi, kurashi, o‘zaro aloqalari iqtisodiy jarayoni; 3) bozor
munosabatlarining tartibga soluvchisi, FTT va jamoatchilik ishlab chiqarishining
samaradorligini kuchaytirish stimulyatori.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin