O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə26/160
tarix14.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#179993
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   160
Strategik marketing-hozir.org

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Ixtiro
Faol marketing bosqichida strategik marketing rivojlanadi va uning roli
kuchayib boradi. Bu rivojlanishning zamirida uchta omil yotadi:
-texnologik taraqqiyot tarqalish tezligining ortishi;
-bozorlarning etukligi va asosiy bozor ehtiyojlarining progressiv to‘yinishi;
-xalqaro savdo yo‘lidagi to‘siqlarning birin-ketin bekor qilinishi oqibatida
bozorlarning yanada baynalminallashuvi.
O‘zgarishlarning uchta omilini, shuningdek ularning marketing funksiyasiga
ta’sirini ko‘rib chiqamiz.
Texnologik taraqqiyotga kelsak, bu davrni ixtirolar davridan ko‘ra
innovasiyalar davri deyish to‘g‘riroq bo‘ladi. Innovasiya bilan ixtiro o‘rtasidagi
farqni ajratib olish muhim. Ixtiro - innovasiyaning zamirida yotuvchi ijodiy ishdir.
Innovasiya esa konsepsiya, kashfiyot yoki ixtironing ijodiy va muvaffaqiyatli
ro‘yobga chiqarilishidir. Innovasiya oddiy omadning kelishi emas, balki o‘zgarishlar,
yashashga bo‘lgan kuchli istakning natijasidir.
Texnologik taraqqiyotning tarqalishi ilmiy tadqiqotlarning tezlashishi,
kengayishi va tizimli yondashuv natijasidir.
Texnologik taraqqiyotning tezlashishi deganda innovasiyalarning tobora
tezlashib borayotganligini hamda ishlab chiqishdan tijorat asosida keng miqyosda
amalga oshirishgacha bo‘lgan muddatlarning qisqarishini tushunamiz.
Bunday evolyusiya tovarlar texnologik hayot davrining qisqarishini hamda




30

buning natijasida ITTKI (ilmiy texnikaviy tajriba konstruktorlik ishlari) xarajatlarini
qoplashga ketadigan vaqtning qisqarishini ko‘zda tutadi.
Texnologik innovasiya endi tasodifan yuz beradigan ixtirolarga bog‘liq emas.
Endilikda u ma’lum bir nazariy tasavvurlar tomonidan yo‘naltirilgan rejalashtirilgan
va muvofiqlashtirilgan tadqiqotlar natijasidir. Tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishda
bevosita qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan nazariy vositalarni ishlab chiqish (bu faqat
fundamental tadqiqotlargagina xos edi) hamda usullarni ro‘yobga chiqarishda
izchillik mavjud. Tadqiqotlarning o‘zi esa sinalgan usullarga asosan rejalashtiriladi
va avvaldan ilgari surilgan maqsadlarga mos keladi.
Texnologik evolyusiya bevosita tovar siyosatiga ta’sir ko‘rsatadi va firmaning
tovarlar portfeli tuzilishini avvalgidan ko‘ra tezroq o‘zgartirib turishga undaydi.
Texnologik muhitga bog‘liqlikning kuchayganligi bozorni tahlil qilish va muhitni
kuzatib borishning ahamiyatini oshirishni taqozo etadi.
Bozor tomonidan boshqariladigan tashkilot. Ko‘rib chiqilgan uchta
o‘zgarishlar guruhining barchasi firmada strategik marketingning roli kuchayishini
ko‘zda tutadi. Firmaning “faol marketing”ga qaratilgan tashkiliy tuzilishiga kelsak,
bu erda katta o‘zgarishlar tovarga oid qarorlarga taalluqli bo‘ladi. Bu qarorlar
tadqiqot va ishlab chiqarish bo‘linmalari bilan yaqin hamkorlikdagi marketing
bo‘limining vakolatiga ega bo‘ladi. Bu esa strategik marketing amaldagi tovar
sohasidagi siyosatni belgilashini va tovarlarning iqtisodiy layoqati masalasini hal
qilishini anglatadi. YAngi tovarlar g‘oyasi istalgan joyda - ishlab chiqarish, ITTKI va
boshqa manbalardan kelib chiqishi mumkin, biroq odatda u 1.4-rasmda
ko‘rsatilganidek qabul qilinib, ishlab chiqishga o‘tkazilishdan avval strategik
marketing nazoratidan o‘tishi kerak.

G`oyaning paydo bo`lishi

Opеratsion
markеting

Ishlab
chiqarish


ITTKI
Stratеgik


markеting


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin