26
1.4. Marketingni ustuvor rolining o‘zgarishi
Bozor raqobati sharoitida kommunikasiya va ayirboshlashni amalga oshirish
nuqtai nazaridan qaraganda, hozirda kuzatilayotgan yuksalishga qaramay, marketing
faoliyatining yangi turi emasligi shubhasizdir, chunki u har doim ham mavjud bo‘lib
kelgan va erkin ayirboshlashga asoslangan har qanday tuzimda ham u yoki bu tarzda
ko‘rib chiqilgan vazifalarni o‘z ichiga oladi.
Firmaning marketing funksiyasini barpo etish, so‘ngra uni kuchaytirish
zaruratining yuzaga kelishiga texnologik, iqtisodiy va raqobat muhitlarining
murakkabligi sabab bo‘ldi. Marketingning bugungi kundagi rolini yaxshiroq anglab
olish uchun ushbu evolyusiyaning tarixini ko‘rib chiqish qiziqarlidir. Bu erda uch
bosqichni ajratib olish mumkin, ularning har biri marketingning ustuvor maqsadi
bilan tavsiflanadi:
passiv marketing; tashkiliy marketing; faol marketing.
Dostları ilə paylaş: