O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə19/160
tarix14.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#179993
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   160
Strategik marketing-hozir.org

rentabellikning o‘sish salohiyatini ta’minlovchi imkoniyatlarga yo‘naltirishdan
iborat. Strategik marketing jarayoni o‘rta va uzoq muddatli istiqbollarga egadir.
Uning vazifasi firmaning missiyasini aniqlash, maqsadlarni belgilash, o‘sish
strategiyasini ishlab chiqish va tovar portfelining muvozanatlangan tuzilmasini
ta’minlashdan iborat.
Integrasiyalangan marketing jarayoni. Anglab olish va strategik
rejalashtirish bo‘yicha ko‘rsatib o‘tilgan ishlar operasion rejalashtirishdan anchagina
farq qiladi va ishtirokchilardan boshqacha qobiliyatlarni talab qiladi. SHunga
qaramay, bu ikki funksiya ma’lum ma’noda bir-birini to‘ldiradi, ya’ni strategik
rejaning tuzilmasi operasion marketing bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishi lozim.
Operasion marketing narx, sotish tizimi, reklama va tovarni siljitish kabi vositalariga
alohida e’tibor beradi, strategik marketing esa firma raqobatli ustunlikka ega bo‘lgan
tovar bozorlarini tanlashga va maqsadli bozorlarning har biridagi umumiy ehtiyoj
istiqbollariga qaratilgandir. Operasion marketing - bu mo‘ljallardan kelib chiqqan
holda bozor ulushini egallab olish maqsadlarini hamda bunga erishish uchun zarur
bo‘lgan marketing byudjetini belgilaydi.
Bozor ulushini egallash maqsadini har bir tovar bozori bo‘yicha umumiy
ehtiyoj istiqbollari bilan taqqoslash, tanlangan narx siyosatiga mos ravishda sotish
hajmi va aylanmasi bo‘yicha topshiriqlarni ishlab chiqishga imkon beradi.
Kutilayotgan daromad bevosita ishlab chiqarish xarajatlari, mumkin bo‘lgan doimiy
tarkibiy xarajatlar, marketing budjeti imkon bergan miqdordagi savdo xodimlari,
reklama va u qo‘shimcha chiqimlarni qoplashi va sof foyda kelishini ta’minlashi
kerak.

1.3. Bozor iqtisodiyotida marketingning roli 

Bozor iqtisodiyoti sharoitida marketing funksiyasi tovar va xizmatlarga bo‘lgan


talab va taklifning samarali mutanosibligini ta’minlash maqsadida erkin va raqobatli




22

ayirboshlashni tashkil qilishdan iboratdir. Bu mutanosiblik o‘z-o‘zidan vujudga
kelmaydi va quyidagilarni talab qiladi:
-moddiy ayriboshlashni yoki, boshqacha qilib aytganda, tovarlarning ishlab
chiqarish va iste’molchi o‘rtasidagi jismoniy harakatni tashkil qilish;
-kommunikasiyalarni tashkil qilish, ya’ni talab va taklifning samarali
mutanosibligini ta’minlash maqsadida ayirboshlashdan avval yuz beruvchi,
ayirboshlash bilan bir paytda yuz beruvchi va unga ergashuvchi axborot oqimini
tashkil qilish.
SHunday qilib, marketingning jamiyatdagi roli sotuvchilar bilan xaridorlar 


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin