O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə25/160
tarix14.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#179993
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   160
Strategik marketing-hozir.org

Tashkiliy marketing sotish konsepsiyasiga e’tiborni jalb etadi. Bu davrda
talab tez o‘sdi, ishlab chiqarish quvvatlari etarli bo‘ldi, sotish tizimi esa ko‘pincha
samarasiz va unumsiz edi.
Marketing boshqaruviga yangi yondashuvning bo‘lishiga iqtisodiyotdagi
quyidagi o‘zgarishlar sabab bo‘ldi:
-ommaviy sotuv talablariga moslashmagan odatdagi sotish tarmoqlarida
unumdorlikning yuksalishiga imkon bergan yangi sotuv shakllarining, asosan o‘z-
o‘ziga xizmat ko‘rsatish shakllarining paydo bo‘lishi;
-bozorlar hududining kengayishi va buning natijasida ishlab chiqaruvchi va
iste’molchi o‘rtasidagi jismoniy va ruhiy ajralish, bu esa o‘z navbatida
kommunikasiyaning bevosita sotuvlar va ayniqsa ommaviy axborot vositalaridagi
reklama kabi ko‘rinishlariga o‘tish zaruratini yuzaga keltirdi;
-tovar markalari sohasidagi siyosatining rivojlantirilishi, bu siyosat savdoda
o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish talablaridan kelib chiqqan va firmalar tomonidan
pirovard talabni boshqarish usuli sifatida foydalanilgan.
Marketingning bu bosqichidagi ustuvor maqsadi samarali tijorat tashkilotini
barpo etishdir. Marketingning roli tobora kamroq darajada passiv bo‘lib bormoqda.
Endilikda vazifa tayyorlangan tovarlar uchun bozorlarni topish va tashkil qilishdan
iborat bo‘lmoqda. Ko‘pchilik firmalar bu bosqichda tovarning asosiy yadrosini
tashkil qiluvchi ehtiyojlarga va ko‘pchilik xaridorlarning ehtiyojlarini qondirishga
ixtisoslashadilar. SHuning uchun bozorlar yaxshi segmentlanmagan, tovar siyosatiga
oid strategik qarorlar qabul qilish esa ishlab chiqarish bo‘limining vakolatiga kiradi.
Marketingning asosiy funksiyasi esa tovarlarning samarali sotilishini tashkil qilish va




29

tijoratlashtirish jarayoni tushunchasiga to‘g‘ri keladigan barcha vazifalarni
bajarishdan iborat.
Tashkiliy
tizimga kelsak, ustuvor yo‘nalishlarning bunday o‘zgarishi sotish
bo‘yicha direksiya yoki tijorat direksiyasining paydo bo‘lishiga olib keladi va
funksiyalarning qayta taqsimlanishi kuzatiladi. Sotuvlar bo‘yicha direksiyaning
vazifasi savdo tarmoqini shakllantirish, jismoniy sotish, reklama va o‘tkazuvni tashkil
qilishdir. Bu direksiya, shuningdek bozorni tadqiq qilish dasturlari bilan
shug‘ullanadi, bu dasturlar, masalan, xaridorlarning odatlarini, reklamaning
samaradorligini, savdo markalari va o‘ramlari sohasidagi siyosatning ta’siri va
boshqalarni tahlil qilishda tobora kattaroq ahamiyat kasb eta boshlamoqda.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin