O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə24/160
tarix14.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#179993
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   160
Strategik marketing-hozir.org

javobgarlikning tarqalib ketishi kuzatiladi.
Bunday ko‘rinishdagi tashkilot ishlab chiqarishga yo‘naltirilganlikning
rivojlanishini rag‘batlantiradi, bunday qarash firma iste’molchi uchun nima
afzalligini yaxshi biladi, iste’molchi esa bu fikrni tasdiqlaydi, degan mavhum fikrga
asoslangan. Buning ustiga, bunday firmalarning menejerlari ko‘pincha ajoyib tovar
ishlab chiqaryapmiz, deb hisoblaydi va xaridorlar bundan keyin ham ularning
tovarlarini ustun ko‘rishi tabiiydir, deb o‘ylaydilar. Bunday qarash iste’molchi talab
qilgan yoki kutayotgan jihatlarga emas, balki ichki masalalarga qaratilgandir. Bunday
nuqtai nazar xaridor tovarga muammoning echim sifatida qaraydi, degan g‘oyaga
mutlaqo ziddir.
Bunday fikrlash talabning taklifdan ustunligi bilan tavsiflanadigan, xaridorlar
o‘zlari topa olgan har qanday tovarni sotib olishga tayyor bo‘lgan muhit uchun
xosdir. Aslida bunday bozor sharoitlari favqulodda vaziyatlardagina mavjud bo‘ladi
va shunday vaziyat hukm sursa ham, vaqtincha davom etadi. Tovar konsepsiyasining
xavfliligi shundan iboratki, u firmaning uzoqni ko‘ra olmasligiga sabab bo‘ladi va
faol xatti-harakatlarga, ya’ni muhitda o‘zgarishlar yuz berishini kutishni va ularga
yarasha tayyorgarlik ko‘rishni ko‘zda tutuvchi xatti-harakatlarga undamaydi.
Passiv marketing bugungi kunda sanoati rivojlangan mamlakatlardagi
ko‘pchilik firmalar uchun xos bo‘lgan muhitga to‘g‘ri kelmay qoldi. SHunga
qaramay, tovar konsepsiyasi asosan sanoat firmalari yoki sug‘urta kompaniyalari kabi




28

moliyaviy institutlarda saqlanib kelmoqda. Ko‘plab bankrotlik hollarining asosiy
sababi bozorga yo‘naltirishning yo‘qligidir.
So‘nggi paytlargacha tovar konsepsiyasi rivojlanayotgan mamlakatlarda
ustunlik qilib keldi. Ammo marketing bu mamlakatlarda ham faol rol o‘ynashi va
iqtisodiy taraqqiyotga o‘z hissasini qo‘shishi mumkin, ammo buning uchun uning
usullari bu erdagi rivojlangan mamlakatlardagidan mutlaqo farq qiluvchi vaziyatlarga
moslashgan bo‘lishi shart.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin