115
bo‘ladi.
Bu iqtisodchilar uchun juda qadrli bo‘lgan mukammal raqobatning shaklidir.
Daromad potensiali juda yuqori bo‘lgan ikkinchi holat uchun esa, vaziyat mutlaqo
teskari bo‘ladi:
-yangi raqobatchilarning kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaydigan qudratli to‘siqlar
mavjud bo‘ladi;
-raqobatchilar bo‘lmaydi yoki ular juda kam va kuchsiz bo‘ladi;
-xaridorlar o‘rinbosar tovarlarga murojaat qila olmaydilar;
-xaridorlar bosim ko‘rsata olmaydilar va narxning pasaytirilishiga erisha
olmaydilar;
-etkazib beruvchilar yuqori xarajatlarning tan olinishiga erishish uchun bosim
ko‘rsata olmaydilar.
Firma uchun mukammal bo‘lgan ushbu vaziyatda firma bozorda o‘ta yuqori
mavqega ega bo‘ladi. Hayotiy voqelikda uchraydigan haqiqiy bozor vaziyatlari esa
ushbu ikki holatning oralig‘ida joylashadi va raqobatchi kuchlarning o‘zaro ta’siri
goh u, goh bu vaziyatga tomon yaqinlashib turadi.
5.4.Xarajatlar bo‘yicha ustunlik
Raqobatli ustunlikka erishishning yo‘llaridan biri - tovarni muvaffaqiyatli
differensiasiyalash bo‘lsa, ikkinchi yo‘l - unumdorlikni yaxshilash va xarajatlarni
to‘g‘ri boshqarish vositasida xarajatlar bo‘yicha ustunlikka erishishdir. Xarajatlarni
kamaytirishning bir necha yo‘llari bor bo‘lib,
ulardan biri shuki, qo‘l mehnatidan
ko‘p foydalaniladigan sohalarda, ya’ni qo‘shilgan qiymat
jami xarajatlarning katta
qismini tashkil qilgan tarmoqlarda tovarni ishlab chiqarish bo‘yicha tajriba oshgan
sari, xarajatlarni kamaytirish imkoniyati vujudga keladi. Bunda xarajatlarning
kamayishiga ishchilarning o‘z ish usullarini tinimsiz
takomillashtirib borishi,
firmaning yangi ishlab chiqarish jarayonlarini o‘zlashtirishi, tovar konsepsiyasini
takomillashtirishi sabab bo‘ladi.
Bunday «o‘rganish jarayoni»ning mavjudligini birinchi bor Rayt va Boston
konsalting guruhi tomonidan aniqlangan edi. 60-yillarning
oxirida BKG turli xil
116
tovarlarning juda katta guruhiga nisbatan tajriba samarali ekanini tasdiqladi va tajriba
qonuni deb atalgan qonunni kiritdi. Bir qator firmalar tomonidan tanlab olingan
strategiyalarga katta ta’sir ko‘rsatgan ushbu qonun iqtisodchilar umumlashgan holda
o‘rganadigan masalalarni - mehnat unumdorligini oshirish muammosini
shakllantiradi.
Dostları ilə paylaş: