140
Ichki g‘oyalar qatoriga esa quyidagilar mansub: marketing tadqiqotlari
bo‘limlari; texnik va istiqbolli rivojlanish bo‘limlari; patent bo‘limlari; ishlab
chiqarish bo‘limi; marketing bo‘limining barcha bo‘linmalari; xalqaro iqtisodiy
hamkorlik bo‘limi; tovarni tayyorlash bo‘limi; g‘oyalarni izlab topish va rivojlantirish
bo‘yicha doimiy yoki muvaqqat xodimlar guruhlari.
Yangi tovarni rejalashtirish vazifasi tovar siyosatining muqobil variantlarini
qidirib topish va ishlab chiqish, ularning imkoniyatlari va xatarlarini asoslab
berishdan iboratdir. Rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarning natijalarini oshirish
maqsadida tovar innovatsiyasining g‘oyalarni izlab topish yoki g‘oyalar olish
bosqichi, g‘oyalarni baholash bosqichi va g‘oyalarni amalga oshirish bosqichi kabi
asosiy muammolarga alohida e’tibor qaratish zarur.
Yangi tovarni rejalashtirish uchun turli xil usullar qo‘llaniladi (7.1-jadval).
YAngi tovar haqidagi g‘oyalarni izlab topish va ularni rivojlantirish uchun bozorni
tadqiq etish ijodiy izlanish texnikasidan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: