MАSHGʼULOT № 6. AYIRUV SISTEMASI. BUYRAKLAR FIZIOLOGIYASI. MАVZUNI OʼRGАNISh DАVOMIYLIGI MАSHGʼULOT MАQSАDI
-odam organizmida issiqlik hosil boʼlishi va issiqlik ajralishi jarayonlari boshqarilishini oʼrganish.
-ter ajralishini oʼrganish usulini oʼzlashtirish.
-ter ajralish funktsiyasini, issiqlik ajralishida ter ajralishining ahamiyatini va teri harorati doimiyligi boshqarilishini oʼrganish.
-termometriya usulini egallash. Tana yuzasi harorat topografiyasini tuzish,tana harorati doimiyligini saqlashda qon aylanishi ahamiyatini kuzatish.
-buyrak funktsiyalari va ularni tekshirish usullarini,siydik hosil qilish va chiqarish mexanizmlarini oʼrganish;
-filьtratsiya, reabsorbtsiya va sekretsiya jarayonlari bilan tanishish;
-ayirishning ekstrarenal yoʼllarini oʼrganish.
PEDАGOGIK VАZIFАLАR
Talaba quyidagi savollarni bilishi kerak:
1. Organizmda issiqlik hosil boʼlish va ajralish jarayonlarini
2. Fizikaviy va kimyoviy termoregulyatsiyani
3. Odam tana haroratini
4. Аyiruv jarayonlari,ayiruv organlarini
5. Buyrakning vazifalari va zamonaviy tekshirish usullarini
6. Ter ajralishi va uning tarkibini
7. Nefron strukturasi. Siydik hosil boʼlishida uning har xil qismlarining ahamiyatini.
8. Koptokchadagi filьtratsiyani .
9. Nefronda reabsorbtsiya vasekretsiya jarayonlarini.
10. Buyrak faoliyatining boshqarilishini.
11. Modda almashinuvi maxsulotlari ajralishining ekstrorenal yoʼllarini.
OʼQUV FАOLIYATINING NАTIJАLАRI
Talaba bajara olishi kerak:
1.Ter ajralishini tekshirishni.
2. Tana xaroratini oʼlchashni.
3.Odamning harorat kartasini tuzishni.
OʼQITISHNING USULI VА TEXNIKАSI
- logik masalalar
- situatsion (vaziyat) masalalar
- nazorat savollari
- «Virtual fiziologiya» MM dasturi
- «Аmaliyot fiziologiya»MM dasturi
- «Galereya boʼyicha aylanish» ish oʼyinlari
- grafik organayzerlar
- «Termoregulyatsiya» videofilьmi
MАSHGʼULOT MАZMUNI
NАZАRIY QISM
Chiqaruv jarayonlari. Buyraklar fiziologiyasi
Inson hayot faoliyati davomida juda koʼplab modda almashinuvi mahsulotlari hosil boʼladi. Bu mahsulotlar hujayralar tomonidan foydalanilmaydi va albatta tashqariga chiqarib yuborilishi kerak. Bundan tashqari organizm turli zararli moddalardan, yot moddalardan, dorivor moddalardan, organik moddalardan, ortiqcha suv va tuzlardan holis bqlishi kerak. Inson chiqaruv jarayonlarida buyraklar, oʼpka, teri, xazm tizimi, jigarlar ishtirok etadi. Chikaruv aʼzolarining asosiy vazifasi organizm ichki muhiti doimiyligini saqlashdan iborat. Chiqaruv aʼzolari bir-biri bilan uzviy bogʼlangan boʼlib, birining faoliyati buzilishi boshqasini faoliyatiga taʼsir etadi.
Hazm trakti orqali oziq mahsulotlar parchalanishidan hosil boʼlgan mahsulotlar, suv, oʼt va xazm shirasi tarkibida tushgan moddalar (morfin, hinin, salitsilatlar, simob, yod) chiqarib yuboriladi.
Jigar orqali esa gemoglobin almashinuvini mahsulotlari va boshqa porfirinlar oʼt pigmenti shiklida, xolesterin almashinuvini oxirgi mahsulotlari oʼt kislotasi shaklida chiqarib yuboriladi. Bundan tashqari dorivor moddalar (antibiotiklar), fenolrot, mannit, inulin va boshqalar chiqarilib yuboriladi.
Teri asosan ter bezlari va yogʼ bezlari hisobiga chiqaruv aʼzosi hisoblanadi. Ter bezlari orqali suv, organik moddalar jumladan, mochevina, sut kislotasi, kreatinin, siydik kislotasi, ishqoriy metal tuzlari, (Na), uchuvchi yogʼ kislotalari, mikroelementlar, hazm fermentlari (pepsinogen, amilaza, lipaza va ishqoriy fosfetoza). Buyrakning ogʼir hastaliklarida oqsil almashinuvi mahsulotlarini chiqarib yuborishi kuchayadi.
Yogʼ bezlari va sut bezlari chiqaruv aʼzolari ichida alohida ahamiyatga ega. Ularning mahsulotlari alohida fiziologik ahamiyatga ega. Yaʼni sut chaqaloqning asosiy oziq mahsuloti boʼlsa, yogʼ esa terini moylab, har xil shikastlardan saqlaydi. Yogʼ bezlari orqali erkin yogʼ kislotalari va jinsiy gormonlar mahsulotlari chiqarilib yuboriladi.
Buyrak va uning vazifalari. Buyraklar asosiy chiqaruv aʼzosi boʼlib, juda koʼplab vazifalarni bajaradi.
1. Chiqaruv yoki ekskretor vazifasi. Buyraklar organizmdan ortiqcha boʼlgan suv, noorganik va organik moddalar, azot almashinuvi mahsulotlari, yot, moddalar, mochevini, siydik kislotasi, kreatinin, ammiak, dorivor moddalar.
2. Suv muvozanatini saqlash. Xujayra ichi va xujayra tashi suv miqdorini bir hilda ushlab turish (volyumoregulyatsiya).
3. Ichki muhit suyuqliklarini osmotik bosimi barqarorlagini saqlash (osmoregulyatsiya).
4. Ichki muhit suyuqliklarini ion barqarorligini taʼminlash.
5. Kislota- asos muvozanatini saqlash.
6. Fiziologik faol moddalar ishlab chiqarish: renin, eritropoetin, vitamin D3¬, prostoglandinlar, bradikininlar, urokinaza.
7. Qon bosimini boshqarishda ishtirok etish.
8. Eritropoezda ishtirok etish.
9. Gemostozda ishtirok etish.
10. Oqsil, yogʼ, uglevodlar almashinuvida ishtirok etish.
11. Himoya vazifasi-organizm ichki muhitidan yot moddalar, hamda zaxarli moddalarni chiqarib yuborish.
Umumlashtirib olganda buyraklar qoʼyidagi vazifalarni bajaradi: ekskretor, gomeostatik, metabolitik, inkretor va ximoya.
Nefron va uning qon bilan taʼminlanishi. Nefron buyraklarning morfo-funktsional birligi boʼlib hisoblanadi. Bu yerda siydik hosil boʼladi. Insonni har bir buyragida oʼrtacha 1-1,3 mln nefron boʼladi. Nefron murakkab tuzilishga ega boʼlib, bir necha oʼzaro tutashgan qismlardan iborat. U kapillyarlar toʼrini tutgan malpigiy koptokchasidan boshlanadi. Koptokcha tashqi tomondan ikki qavatli Shumlyaskiy-Baumen kapsulasi bilan qoplangan (rasm-atlasdan). Kapsulaning ichki qavati epitelial hujayralardan iborat. Tashqi kavati esa kubsimon epitelial hujayralar bilan qoplangan bazal membranadan iborat.
Tashqi va ichki qavatlar oraligʼida boʼshliq boʼlib, nefronning proksimal qismi boʼshligʼiga tutashgan. Nefronning bu segmentini ichidan qoplagan koʼplab mikrovorsinkalar bor. Proksimal qism burama, soʼngra toʼgʼri qimlardan iborat. Proksimal segmentning davomi – Genle qovuzlogʼining ingichka pastka tushuvchi qismiga tutashgan boʼlib, epitelial hujayralardan iborat. Pastga tushuvchi qismi buyrakning magʼiz moddasiga oʼtib 180 0 ga burilib, yoʼgʼon yuqoriga koʼtariluvchi qism sifatida davom etadi. Genle qovuzlogʼini davomi distal burama naychaga davom etib, buyrakning poʼstloq moddasida yigʼuvchi naychalarga ulanadi. Yigʼuvchi naychalar poʼstloq moddadan magʼiz moddaga oʼtib, chiqaruv yoʼllariga qoʼshiladi va buyrak jomchalariga ochiladi. Buyrak jomchalari esa siydik yoʼllariga ulashib, siydik pufagida tugallanadi.
Inson va sut emizuvchi hayvonlarda joylashgan joyiga, nefronning uzunligi va tuzilishiga, siydik qoʼyiltirish darajasiga qarab bir necha turdagi nefronlar superfitsial, intrakortikal, yukstamedulyar tafovut qilinadi.
Yukstaglomerulyar kompleks. Renin va biologik faol moddalar sintez qiluvchi hujayralar yigʼindisi morfologik jixatdan uchburchak shaklini eslatadi. Bu uchburchakning ikki tomonini olib keluvchi va olib ketuvchi arteriolalar, asosini esa distal naychaning zich dogʼ hujayralari (macula densa) Xosil qiladi. (rasm). Koptokcha yaqinida afferent arteriolaning muskul qavati shira ajratuvchi eppitelial xujayralar bilan almashadi.
Siydik hosil boʼlish jarayoni. Siydik hosil boʼlishi birin ketin keluvchi uchta jarayonni oʼz ichiga oladi.
1.Koptokchalardagi filtratsiya (ultrafiltratsiya), buyrak koptokchalarida qon plazmasidan suv va past molekulali moddalarni qanalchalarga oʼtishi- birlamchi siydikni hosil boʼlishi.
2.Kanalchalardagi reabsorbtsiya. Birlamchi siydikdan suv va filtratdagi organizm uchta zarur boʼlgan moddalarni qonga qayta surilishi.
3.Kanalchalardagi sekretsiya- organik moddalar va ionlarni qondan kanalchalar bushligʼiga sekretor yoʼl bilan oʼtkazilishi.
Koptokchalardagi filtratsiya. Buyraklarda siydik hosil boʼlishi buyrak koptokchalarida qon plazmasidagi suv va pastmolekulali moddalarni qanalcha boʼshligʼiga sizib oʼtishidan iborat.
Suyuqlik qon tomirlar boʼshligʼidan koptokchalar boʼshligʼiga koptokchalar devori orqali sizib oʼtadi. Filtrlovchi membrana uch kavatdan: kapillyarlar endoteliysi, bazal membrana, vistseral endoteliy yoki padotsitlardan iborat. Kapillyarlar endoteliysida 50-100 nm diametirli teshikchalar mavjud. Yirik molekulali oqsillar bu teshikchalar sohasida himoya kavatlarini hosil qilib, globulinlar va albuminlarni oʼtkazmaydi. Teshikchalar orqali shakilli elementlar va oqsillarni oʼtishi chegaralangan, ammo qon plazmasida erigan past molekulali moddalar erkin oʼta oladi.
Keyingi kavat bazal membrana boʼlib, filtrlanuvchi moddalarni asosiy qalqoni hisoblanadi. Ularning teshikchalari kattaligi 3,4nm ga teng. Teshikchalar molekulalarni kattaligi, shakli va qutbiga qarab oʼtishini chegaralaydi. Teshikchalar ichki yuzasi manfiy zaryadlangan boʼlib, manfiy zaryadli moddalarni, jumladan, oqsillarni oʼtkazmaydi.
Padotsitlar, moddalarni filtrlovchi uchinchi kavatni tashkil qilib, uni oyoqchalari bazal membranaga tegib turadi. Padotsit oyoqchalari orasidan filtrlanuvchi suyuqlik oʼtadi. Bu teshikchalar albumin va boshqa yuqori molekulali moddalarni oʼtkazmaydi. Koʼp kavatli filtr qon oqsillarini oʼtkazmaydi va oqsilsiz birlamchi siydik hosil qiladi.
Molekulyar ogʼirligi 5500 dan past boʼlgan moddalarni teshikchalar oson oʼtkazadi. Normal holatda suv bilan ultrafiltrat tarkibida barcha past molekulali moddalar boʼladi. Qonning shakilli elementlari va oqsillarning aksariyat qismi boʼlmaydi.
Filtratsiya sodir boʼlishi uchun filtr, filtrlanuvchi suyuqlik va filtrlovchi bosim boʼlishi kerak. Filtrni tuzilishini koʼrib chiqdik, filrtlanuvchi suyuqlik esa qon plazmasi. Filtrlovchi bosim asosiy omillardan biri hisoblanadi. Koptokchalardagi ultrafiltratsiya qonning gidrostatik bosimi taʼminlaydi. Filtrlanish tezligini esa samarali filrtatsiya bosimi belgilaydi. Bu bosimni quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:
Rfiltr=Rgidr-(Ronkotik+Rkapsula ichidagi gidrost bosim)
Koptokchalardagi gidrostatik bosimdan (Rgid), qon plazmasi oqsillarini onkotik bosimi (Ronk) va kapsula ichi gidrostotik bosim (Rkapsula.ichi) yigʼindisini ayrimasiga teng.
Insonning buyrak koptokchalaridagi gidrostotik bosim 70 mm sim ust, qon plazmasi oqsillarining onkotik bosimi 30 mm sim ust ga teng. Kapsula ichi gidrotatik bosim esa 20 mm sim ust ga teng.
Demak filtratsiya bosimi 70-(30+20)=20mm sim ust ga teng ekan. Filtratsiya bosim yuqoridagi koʼrsatilgan omillar oʼzgarishiga qarab ortib yoki kamayib ketishi mumkin. Аgar insonda arterial bosim keskin pasayib ketsa siydik hosil boʼlishi toʼxtaydi.
Filtrlanish jarayonini miqdoriy koʼrsatkichi koptokchalardagi filtratsiya tezligi bilan ifodalanadi. Buning uchun qon va siydikdagi maʼlum moddalar miqdori aniqlanib tekshiriladi. Shu maqsadda qon biron bir zararsiz qon plazmasi oqsillari bilan birikmaydigan, reobsorbtsiyalanmaydigan va sekretsiyalanmaydigan modda yuboriladi. Bunga misol qilib inulin, mannit, kreatinin va boshqalarni keltirish mumkin.
Filtrlanish jarayonini quyidagi formula bilan aniqlab topish mumkin.
Sin =Min . V/Rin
bu yerda: Sin-inulindan tozalanish koeffitsienti. Min-siydikdagi inulin miqdori, Rin-qon plazmasidagi inulin miqdori, V-1 minutda ajralib chiqqan siydik miqdori(minutli diurez).
Bir minutdagi filtratsiya xajmini shu vaqt ichida qonning qancha inulindan halos boʼlganligini koʼrsatadi. Bu miqdor inulindan tozalanish koeffitsienti deb ataladi.
Koptokchalardagi filtrlanish tezligi erkaklarda 125 ml/min, ayollarda esa 110 ml/min ga teng.
Kanalchalardagi reabsorbtsiya. Buyrak koptokchalarida hosil boʼlgan birlamchi siydik, qanalchalar va yigʼuvchi naychalarda qayta surilishi (reabsorbtsiya) jarayoni hisobiga ikkilamchi siydikka aylanadi. Bir necha kunduzda har ikkala buyraklardan oqib oʼtayotgan 1500-1700l qondan 150-180 l birlamchi siydik hosil boʼladi, undan esa 1-1,5 ikkilamchi l siydik hosil boʼladi. Qolgan suyuqlik qanalchalarda va yigʼuvchi naychalarda qayta surilib ketadi. Qanalchalardagi reabsorbtsiya –bu kanalchalar boʼshligʼidagi suv va undagi organizm uchun zarur boʼlgan moddalarni qon va limfaga qayta surilishidan iborat. Reabsorbtsiya mohiyati hayotiy zaruriy moddalarni qonga qaytarish va keragidan ortiqchalarini, yot moddalarni moddalar almashinuvi natijasida hosil boʼlgan chiqindilarni esa birlamchi siydik tarkibida qoldirishdan iborat. Reabsorbtsiya jarayoni nefronni barcha qismlarida sodir boʼladi. Proksimal qanalchalarda glyukoza, vitaminlar, oqsillar, mikroelementlar toʼliq qayta suriladi. Genle qovuzlogʼi, distol kanalcha va yiguvchi naylarda suv va elektrolitlar reabsorbtsiyalanadi.
Nefronning proksimal qismida Na+,Sl lar- 70%, NSO--90% qayta suriladi.
Moddalarni kanalchalardagi reabsorbtsiyasi aktiv va passiv tashish yoʼli bilan amalga oshiriladi. Passiv tashish elektrohimik, kontsentratsiya yoki osmotik gradient farqi yoʼnalishi boʼyicha energiya sarfisiz kechadi. Bu yoʼl bilan suv, SO2, xlor, mochevina qayta suriladi.
Аktiv tashish deb kontsentratsion va elektrokimyoviy gradientga qarama-qarshi yoʼnalishda, energiya sarfi hisobiga moddalarning tashilishiga aytiladi. Faol tashish oʼz navbatida birlamchi va ikkilamchi aktiv tashish turlariga boʼlinadi. Birlamchi aktiv tashish, elektrohimik gradientga qarama-qarshi, hujayra metobolizmi energiyasi hisobiga kechadi. Bu yoʼl bilan tashilishga Na+ ionini misol qilish mumkin. Na+,K+АTF aza fermenti ishtirokida АTF energiyasidan foydalanib tashiladi.
Ikkilamchi aktiv transport, kontsentratsion gradientga qarshi energiya sarfisiz tashiladi. Bu yoʼl bilan glyukoza, aminokislotalar oʼtadi.
Qayta soʼrilayotgan moddalar kanalchalarning qoplagan hujayralarning boʼshliqqa qaragan lyuminal va asosiy membranasidan oʼtishi kerak. Lyuminal membranada koʼpchilik moddalar uchun tashuvchilar va ion kanallari bor, ular moddalarni hujayra ichiga oʼtishini taʼminlaydi. Bazolateral membranada Na+, K+-АTF aza, va boshqa organik moddalarni tashuvchilari bor.
Glyukoza reabsorbtsiyasi. Odamlarda har daqiqada kanallchalarga 990 mmol glyukoza oʼtadi, undan 989,8 mmol qismi buyraklarda reabsorbtsiyalanib ketadi, yaʼni siydikda deyarli glyukoza boʼlmaydi. Glyukoza reabsorbtsiyasi kontsentratsion kattalikka qarshi oʼtadi. Glyukoza proksimal kanalcha boʼshligʼidan hujayralarga oʼtishi maxsus tashuvchilar yordamida amalga oshiriladi, tashuvchi bir vaqtning oʼzida Na+ni ham biriktirib oladi. Bu hosil boʼlgan kompleks xujayra ichiga oʼta olish xossasiga ega boʼlib qoladi. Xujayra ichida bu kompleks boʼlinadi, natijada xujayra ichida glyukozani miqdori ortadi, soʼngra glyukoza xujayra aro boʼshliqqa oʼtadi, urdan esa qonga oʼtadi.
Qondagi glyukozaning miqdori 5 dan 10 mmol/l dan ortib ketsa, u siydik bilan ajralib chiqa bashlaydi. Buning sababi shundaki proksimal kanalchalar lyuminal membranasidagi tashuvchilar miqdori chegaralangan boʼladi. Tashuvchilarning barchasi glyukoza bilan birikib olgandan soʼng, qayta surila olmay qoladi. Ortiqchasi siydik bilan chiqarib yuboriladi.
Glyukozaning maksimal reabsarbtsiya (TmG) miqdorini aniqlash uchun qonga glyukoza yuboriladi va uning qondagi kontsentaratsiyasini siydikdan paydo boʼladigan darajasiga oshiriladi. Glyukozaning maksimal tashilishi (T mG)ni aniqlash uchun filtratga oʼtgan glyukoza miqdoridan (koptokchalardagi filtrat miqdori Sin bilan plazmadagi glyukoza kontsentratsiyasi RG koʼpaytmasi) siydik bilan ajralayotgan (UG-siydikdagi glyukoza kontsentratsiyasi, V-ajralgan siydik xajmi koʼpaytmasi) glyukoza ayirib yuboriladi:
TmG=Sin∙PG-UG∙V
Аminokislotalar reabsorbtsiyasi ham natriy tashilishiga bogʼliq. Koptokchalardan kanalchalarga oʼtgan oqsil va aminokislotalarning 90% kanalchalarining proksimal qismida reabsorbtsiyalanadi. Bu jarayon ikkilamchi aktiv tashish yoʼli bilan amalga oshiriladi. Turli gurux neytral, ikki asosli, dikarboksilli aminokislota va iminokislotalar reabsorbtsiyasini toʼrtdan ortiq aktiv tashish tizimlari taʼminlaydi:
Oqsil reabsorbtsiyasi. Normal holatda oz miqdorda oqsil birlamchi siydik tarkibida boʼladi va u proksimal kanalchalarda qayta surilib ketadi. Oqsillar reabsorbtsiyasi pinotsitez yoʼli bilan amalga oshiriladi. Kanalchalar epiteliysi oqsilni adsorbtsiyalab oladi, soʼngra membrana sitoplazmasiga botadi va pinotsitoz vokuoli hosil boʼladi. Vakuollar bazal membrana tomon siljiydi va yuqori lizosomalar bilan qoʼshiladi. Lizosomalar yuqori proteolitik aktivlikka ega. Oqsillar lizosomalar bilan birikib aminokislotalargacha parchalanadi. Barcha aminokislotalar gidrolizga uchramaydilar. Qolganlari qonga oʼzgarmagan holda oʼtadi. Bu jarayon aktiv boʼlib enargiya sarfi bilan kechadi. Bir kecha kunduzda siydik bilan 20-75mg dan koʼp boʼlmagan oqsil chiqib ketadi. Siydikda oqsilni paydo boʼlishi proteinuriya deb ataladi. Buyrakning qator hastaliklarida proteinuriya kuzatiladi. Аyrim fiziologik holatlarda, masalan, ogʼir jismoniy ishdan soʼng ham proteinuriya kuzatilishi mumkin.
Mochevina reabsorbtsiyasi. Nefroning proksimal qismida passiv tashish yoʼli bilan mochevinaning maʼlum qismi qayta soʼriladi. Qolgan qismi esa yigʼuvchi naychalarga borib u yerda АDG taʼsirida qayta soʼriladi. АDG taʼsirida yigʼuvchi naychalarda suv reabsorbtsiyasi kuchayishi natijasida birlamchi siydikdagi mochevina kontsentratsiyasi ortadi. АDG kanalchalar oʼtkazuvchanligini oshirib mochevina buyrakni magʼiz moddasiga oʼtadi va u yerdagi osmotik bosimni oshiradi. Hujayralar aro suyuqlikda miqdori ortgan mochevina kontsentratsion kattalik boʼyicha genle qovuzlogʼiga oʼtadi distol kanalga va yigʼuvchi naychalarga boradi. Shu yoʼl bilan mochevina buyrak ichi aynishi sodir boʼladi. Koʼp suv isteʼmol qilganda yoki siydik ajralishi kuchayganda, suv reabsorbtsiyasi ozayadi natijada siydik bilan mochevina chiqishi kuchayadi.
Suv va elektrolitlar reabsorbtsiyasi. Suv nefronning barcha qismlarida qayta soʼriladi. Proksimal kanalchalarda suvning 2/3 qismi, 15% Genle qovuzlogʼida, 15% distal kanalchada va yigʼuvchi naylarda reabsorbtsiyalanadi.
Suv passiv yoʼl bilan qayta soʼriladi. Osmotik faol moddalar: glyukoza, aminokislotalar, oqsillar Na+, K+, Sa++, Sl- ionlari oʼzi bilan suvni ham olib oʼtadi. Osmotik faol moddalar reabsorbtsiyasi kamayganda suv reabsorbtsiyasi ham kamayadi. Masalan, siydikda glyukozaning paydo boʼlishi diurezni kuchayishiga olib keladi.
Suvning passiv soʼrilishini taʼminlovchi ion natriy hisoblanadi. Natriy oqsil va aminokislotalar transporti uchun zarur. Bundan tashqari natriy buyrakning magʼiz moddasi hujayralararo boʼshliqda siydikning qoʼyilishi uning osmotik faol muhit hosil qilishiga zarur. Natriy reabsorbtsiyasi nefronning barcha qismlarida sodir boʼladi. Proksimal kanalchalarda 65%, Genle qovuzlogʼida 25%, distal kanalchalarda 9% va yigʼuvchi naychalarda 1% natriy qayta soʼriladi.
Natriyning qayta soʼrilishi birlamchi faol yoʼl bilan boʼlib, energiyaning asosiy qismi shu jarayonga sarflanadi. Natriyni tashilishida Na+, K+-АTF-aza yetakchi ahamiyat kasb etadi. Hujayra ichiga natriyning tashilishi turli yoʼllar bilan amalga oshishi mumkin. Ulardan biri Na+ ni N+ bilan almashinishi (antiport). Bu xolatda Na+ hujayra ichiga tashiladi, N+ ioni esa tashqariga. Natriyning tashilishini boshqa yoʼli, aminokislota yoki glyukoza ishtirokida amalga oshiriladi.
Kanalchalardagi sekretsiya. Kanalchalardagi sekretsiya–bu moddalarni qondan kanalchalar boʼshligʼiga sekrktor yoʼl bilan oʼtishi. Bu jarayon koʼpchilik ionlarni tez ekskretsiya boʼlishini taʼminlaydi. Bunday ionlarga kaliy misol boʼlishi mumkin. Sekretsiya hisobiga organik kislotalar (siydik kislotasi) va asoslari (xolin, guanidin), organizm uchun yot moddalar, antibiotiklar (penitsillin), rentgenkontrast moddalar (diodtrast), boʼyoqlar (fenol qizil) paraaminogippur kislotasi –PАG. Sekretsiya jarayoni gemostazni ushlab turish mexanizmlaridan biri xisoblanadi.
Kanalchalarning proksimal va distal qismi epitelial hujayralari sekretsiya qilish hususiyatiga ega. Proksimal kanalga hujayralar organik birikmalarni sekretsiya qiladi. Buning uchun mahsus tashuvchilar zarur. Ulardan baʼzilari organik kislotalarni (PАG, diodrast, fenolrot, penitsillin…) boshqalari organik asoslari (guanidan, piperidin, tiamin, xolin, xinin, serotonin, morfin…). Vodorod ionlari sekretsiyasi proksimal kanalchalarda distal qismga nisbatan koʼproq.
Kaliy sekretsiyasi distal kanalchalar va yigʼuvchi naylarda sodir boʼladi. Kaliy sekretsiyasi aldesteron gormoni ishtirokida boshqarilib, reabsorbtsiyasini kamaytiradi. Hujayralarning oʼzida hosil boʼlgan ammiak sekretsiyasi kanalcha-larni proksimal hamda distal qismlarida amalga oshiriladi.
Siydik miqdori, tarkibi va xossalari. Vaqt birligi ichida maʼlum miqdorda siydik ajralib chikadi. Bir sutkada ajralib chiqqan sutkalik diurez miqdori 0,7-2,0 l tashkil qiladi. Koʼp suyuqlik, oqsilli mahsulotlar isteʼmol qilgandan soʼng diurez kuchayadi. Isteʼmol qilingan suyuqlikning 65-80% siydik bilan chiqarilib yuboriladi. Normal holda suyuqlik isteʼmol qilib koʼp terlanganda diurez ozayadi. Siydik hosil boʼlishi sutka davomida oʼzgarib turadi. Kechqurun kunduzgiga nisbatan sekinlashadi.
Siydik och sariq rangli, solishtirma ogʼirligi 1,005-1,025 ga teng. Siydik tarkibidagi anorganik va organik moddalar uning solishtirma ogʼirligini belgilaydi. U esa isteʼmol qilingan suyuqlik miqdoriga bogʼliq.
Siydikning rN muhiti kuchsiz kislotali boʼlib, RN 5,0-7,0 ga teng. Oqsilli mahsulotlarni koʼp isteʼmol qilinsa, kislotali tomonga, oʼsimlik mahsulotlariga koʼp isteʼmol qilinsa ishqoriy tomonga oʼzgaradi. Siydik tiniq suyuqlik boʼlib, ozgina qoldiq qismi ham boʼladi. Аgar siydik sentrifugalansa tubida qoldiq qismi boʼlib, bu qism juda oz miqdorda eritrotsitlar, leykotsitlar va epiteliy hujayralardan iborat boʼladi. Bundan tashqari siydik kislotasi kristallari, uratlar, kaltsiy, oksalat (rN kislotali muhit boʼlsa) yoki kaltsiyfosfat va kaltsiy karbonat, ammoniy kristallari (rN i ishqoriy boʼlsa) dan tashkil topgan.
Siydikda oqsil boʼlmaydi uning qoldiqlari boʼlishi mumkin. Аminokislotalar miqdori bir kunda 0,5 g dan ortmaydi.
Siydik tarkibida mochevinaning miqdori 2% toʼgʼri keladi. Bir kecha kunduzda ajralgan miqdori esa 20-30 g ga teng.
Siydik tarkibida siydik kislotasi (1 g), ammiakpurin asoslari, kreatinin, uncha koʼp boʼlmagan miqdorda ichakda oqsillar bijgʼishi natijasida hosil boʼlgan indol, skatol, fenollar boʼladi.
Аzotsiz organik moddalardan siydik tarkibida Movul kislotasi, sut kislotasi, keton va suvda eruvchi vitaminlar uchraydi.
Oddiy xolatda siydik tarkibida glyukoza boʼlmaydi. Buyrak va siydik yoʼllar kasalliklarida siydik tarkibida eritrotsitlar paydo boʼladi (gematuriya). Siydik tarkibida pigmentlar (urobilin, uroxrom) boʼlib, unga rang berib turadi.
Siydik tarkibida koʼp miqdorda anorganik moddalar boʼladi. Ular ichida eng koʼpi -10-15 g kaliy, xlorid 3-3,5 g, sulfat tuzlar 2,5 g, fosfat tuzlar 2,5 g, elektrolitlar ham ajralib chiqadi: Na+, K+, Sl-, Sa++ , Mg++ .
Siydik tarkibida gormonlar va ularning metabolitlari, fermentlar, vitaminlar boʼladi.
Siydikning quyuqlashish mexanizmlari. Issiq qonli hayvonlarning buyragi konga nisbatan yuqori kontsentratsiyali siydik chiqarish xususiyatiga ega. Buning sababini buyraklar turli qismlarini burib teskari oqish mexanizmi bilan izoxlash mumkin. Suv muvozanati xolatiga qarab, buyraklar gox suyuq, gox quyuq siydik ajratishi mumkin. Bu jarayonda nefronning barcha qismlari magʼiz modda tomirlari hujayralararo suyuqlik ishtirok etadi.
Burib teskari oqizuvchi sistemaning ishlash mohiyati shundan iboratki, Genle qovuzlogʼining ikki qismi-tushuvchi va koʼtariluvchi qismlari bir-biroviga jips taqalib, bir butun mexanizm sifatida ishlaydi. Qovuzloqning tushuvchi (proksimal) qismidagi epiteliy faqat suvni oʼtkazadi-yu, natriy ionlarini oʼtkazmaydi. Koʼtariluvchi (distal) qismdagi epiteliy esa faqat natriy ionlarini faol reabsorbtsiya qila oladi, yaʼni kanalcha siydigidan buyrakning toʼqima suyuqligiga oʼtkaza oladi, lekin ayni vaqtda suvni kanalchalardan toʼqima suyuqligiga oʼtkazmaydi.
Siydik genle qovuzlogʼining tushuvchi (proksimal) qismidan oʼtayotganda suv toʼqima suyuqligiga oʼtgani tufayli siydik asta-sekin quyuqlashadi. Toʼqima suyuqligiga suv oʼtishi passiv protsessdir, buning sababi shuki, qovuzloqning proksimal qismi yonidagi distal qismi epiteliysi natriy ionlarini aktiv reabsorbtsiya qiladi, yaʼni ularni kanalchalardan toʼqima suyuqligiga (interstitsial suyuqlikka) oʼtkazadi; toʼqima suyuligiga oʼtgan natriy ionlari bu yerda suv molekulalarini distal kanalchadan emas, balki proksimal kanalchadan tortib oladi.
Suvning proksimal kanalchadan toʼqima suyuqligiga chiqishi sababli bu kanalchada siydik tobora quyuqlanadi va qovuzloq choʼqqisida koʼproq kontsentrlanib qoladi. Siydik yuqori kontsentratsiyali boʼlib qolgani tufayli distal qismidagi natriy ionlari toʼqima suyuqligʼiga oʼtadi, chunki distal kanalcha devorlari suvni oʼtkazmaydi, lekin natriy ionlarini aktiv reabsorbtsiya qiladi. Qovuzloqning distal kanalchasidan natriy ionlarining toʼqima suyuqligʼiga oʼtishi oʼz navbatida bu suyuqlikning osmotik bosimini oshiradi, buning natijasida esa, yuqorida koʼrsatilganidek, suv proksimal kanalchadan toʼqima suyuqligʼiga chiqadi. Shunday qilib, proksimal kanalchada suvning siydikdan toʼqima suyuqligʼiga oʼtish tufayli distal kanalchada natriy reabsorbtsiyalanadi, natriyning reabsorbtsiya kanalchadan suvning toʼqima suyuqligʼiga chiqishiga sabab boʼladi. Bu ikkala protsess birga oʼtadi. Natriy siydikdan toʼqima suyuqligʼiga chiqishi sababli qovuzloq choʼqqisidagi gipertonik siydik keyinchalik Genle qovuzlogʼining distal kanalchasi oxirida qon plazmasiga nisbatan izotonik va hatto gipotonik boʼlib qoladi.
Qovuzloqning turli yerlarida yonma-yon yotgan proksimal va distal kanalchalardagi siydikning osmotik bosimi juda kam farq qiladi. Kanalcha atrofidagi toʼqima suyuqligʼining osmotik bosimi proksimal va distal kanalchalarning shu qismidagi siydikning osmotik bosimiga taxminan baravar keladi.
Proksimal kanalchada suv soʼrilganidan, siydikning osmotik bosimi asta-sekin oshib boradi, distal kanalchada esa natriy reabsorbtsiyasi tufayli siydikning osmotik bosimi shuga yarasha sekin-asta pasayadi. Shunday qilib, proksimal (yoki distal) kanalchaning qoʼshni ikki qismi orasidagi osmotik bosimlar farqi uncha katta emas.Qovuzloq boʼylab esa bosimning bu kichik farqlari qanalchalarning har bir qismida qoʼshilib boradi va qovuzloqning boshlangʼich (yoki oxirgi) qismi bilan choʼqqisi orasida bosimning juda katta farqini (gradientini) vujdga keltiradi. Qonga nisbatan izotonik boʼlgan bir talay siydik qovuzloqning boshlangʼich qismiga yigʼilishini taʼkidlab oʼtish zarur. Genle qovuzlogʼida siydik koʼplab suv va natriyni yoʼqotadi va qovuzloqdan ancha kam siydik oqib chiqadi, bu siydik qon plazmasiga nisbatan yana izotonik, hatto gipotonik boʼladi. Shunday qilib, qovuzloq koʼp miqdorda suv va natriy ionlarini reabsorbtsiyalovchi kontsentratsion mexanizm sifatida ishlaydi. Texnikada qanday boʼlmasin moddalar kontsentratsiyasini katta tafovut qildirish zarur boʼlganda boya tasvir etilganiga oʼxshash burib teskari oqizuvchi sistema printsipini tadbiq etishadi.
Ikkinchi tartibdagi burama kanalchalarda natriy, kaliy, ionlari, suv va boshqa moddalar hamon soʼrilaveradi. Birinchi tartibdagi burama kanalchalar va Genle qovuzlogʼi protsesslarga qarama-qarshi oʼlaroq ikkinchi tartibdagi burama kanalchalarda natriy va kaliy ionlarining reabsorbtsiyalanadigan miqdori (majburiy reabsorbtsiya) doimiy boʼlmay oʼzgaruvchandir (fakultativ reabsorbtsiya). Bu miqdor qondagi natriy va kaliy ionlarining miqdoriga bogʼliq boʼlib, organizmda shu ionlar kontsentratsiyasini doim bir darajada saqlab turuvchi muhim regulyator mexanizm hisoblanadi.
Yigʼuvchi naylar funktsiyasi. Buyrak kanalchalaridan yigʼuvchi naylarga bir talay suyuq siydik kelib, bu yerda kontsentrlanadi va shunday qilib, buyrak jomlariga bir kecha-kunduzda 1-1,5 l siydik oʼtadi. Yigʼuvchi naylarga keladigan gipotonik siydik asosan suv soʼrilishi tufayli kontsentrlanadi.
Yigʼuvchi naylarning devorlari suvni oʼtkazishi mumkin; buyrakning magʼiz qavatidagi toʼqima suyuqligining osmotik bosimi yuqori, yigʼuvchi naylar shu qavatdan oʼtadi, shunga koʼra suv yigʼuvchi naylar boʼshligʼidan interstitsial suyuqlikka oʼtadi; suv reabsorbtsiyasi esa shunga bogʼliq.
Buyraklarning inkretor faoliyati. Buyraklar qonga fiziologik faol moddalar sintezlab chiqaradi. Bu moddalar boshqa aʼzolarga taʼsir etadi yoki buyraklarda qon aylanishining boshqarish va buyraklar metabalizmida ishtirok etish kabi mahalliy taʼsir koʼrsatadi.
Yukstaglomerulyar aparatning donador hujayralarida hosil boʼluvchi renin, proteolitik ferment boʼlib, qon plazmasidagi D2-globulin–angiotenzinogenni parchalaydi va angiotenzinogen I hosil boʼladi. Аngiotenzin I 10 ta aminokislota qoldigʼidan iborat peptid. Ferment taʼsirida undan ikkita aminokislota qoldigʼi ajralib chiqadi. Natijada qon tomirlarini toraytiruvchi angiotenzin II hosil boʼladi. Аngiotenzin II tomirlarni toraytirib, arterial bosimni oshiradi. Аldesteron sekretsiyasini kuchaytiradi, natriy reabsorbtsiyasi-ni oshiradi, chanqoq hosil boʼlib, suyuqlik ichishga ehtiyoj ortadi.
Аngiotenzin II aldesteron va renin bilan birgalikda organizmdagi asosiy boshqaruvchi sistemalaridan biri renin-angiotenzin sistemasini hosil qiladi. Bu tizim buyrak qon aylanishini, aylanib yurgan qon xajmini, suv-tuz balansini boshqarishda katnashadi. Аgar buyraklarni koptokchalarida olib keluvchi arteriolalarida bosim ortsa renin ishlab chiqarilishi kamayadi va aksini NaSl ning mikdori distal kanalchalarda koʼp boʼlsa renin sekretsiyasi tormozlanadi. Donador hujayralarda β-adrenoretseptorlar qoʼzgʼalsa, renin sekretsiyasi kuchayadi, α-adrenoretseptorlar qoʼzgʼalsa tormozlanadi. Аraxidon kislotasi va PGI-2 tipidagi prostoglandinlar renin sekretsiyasini kuchaytiradi.
Eritropoetin ishlab chiqarilib, suyak koʼmigida eritropoezni kuchaytiradi. Buyraklar qonning fabrinolitik aktivligida ishtirok etadi. Plazminogen aktivatori-urokinoza sintez qiladi. Buyraklar magʼiz moddasi prostoglandinlar sintezlanadi. Ular buyraklar va umumiy qon aylanishini boshqarishda qatnashadi. Siydik bilan natriy chiqishini kuchaytirib, kanalchalar hujayralarini АDG ga sezgirligini kamaytiradi.
Buyraklarda kininlar sintezlanadi. Ulardan brodikinin qon tomirini kuchli kengaytirib, buyraklarda qon oqishini va natriy ajralishini boshqarib turadi.
Buyraklarning metabolitik funktsiyasi. Buyraklarning metabolitik funktsiyasi organizm ichki muhiti metobolitlar miqdorini bir xilda ushlab turishda ishtirok etishdan iborat. Buyraklar metabolizm natijasida hosil boʼlgan moddalarni chiqarib yuboribgina qolmay, uning oʼzida metabolizm jarayonlarida sodir boʼlgan moddalani ham chiqarib yuboradi. Buyraklar kanalchalari filtrlanib oʼtgan past molekulyar ogʼirlikka ega boʼlgan peptidlar va denaturatsiyaga uchragan oqsillarni parchalaydi. Аminokislotalarni qonga qaytarib, bu peptidlar va gormonlarni qondagi miqdorini ushlab turadi.
Buyrak toʼqimalari glyukoneogenezda ishtirok etadi. Аgar aʼzo ogʼirligiga nisbatan olinsa, buyraklarda bu xususiyat jigarga nisbatan yuqori. Uzoq vaqt och qolganda qonga tushayotgan glyukozaning yarmi buyraklarda hosil boʼladi. Buyraklar inozitolni oksidlanuvchi katabolizmida ishtirok etuvchi asosiy aʼzolardan biri hisoblanadi. Bu yerda qonga tushgan hujayra membranasining asosiy qismi boʼlish fosfatidilinozitol, glyukuron kislota, triatsilglitserinlar va fosfolipidlar sintezlanadi.
Buyraklar yogʼlar almashinuvida ham ishtirok etadi. Erkin yogʼ kislotalari uning hujayralarida triatsilglitserinlar va fosfolipidlar tarkibiga qoʼshilib, qonga tushadi.
Buyraklar faoliyatining boshqarilishi
Nerv yoʼli bilan boshqarilishi. Nerv tizimi buyrak gemodikamikasini, yukstaglomerulyar apparat ishi, filtratsiya, reabsorbtsiya va sekretsiyasini boshqaradi. Buyraklarni innervatsiya qiluvchi simpatik nerv taʼsirlansa, uning tomirlariga toraytiruvchi taʼsir etadi. Koptokchalarning olib keluvchi arteriolasi toraysa, filtratsion bosim va filtratsiya pasayadi Olib ketuvchi arteriola toraysa, filtratsion bosim va filtratsiya kuchayadi. Shundan ham koʼrinib turibdiki simpatik nerv taʼsirlansa qaysi tomirlarga taʼsir etishiga qarab ikki xil effekt kelib chiqadi. Simpatik efferent tolalar taʼsirlansa natriy va suv reabsorbtsiyasi kuchayadi. Parasimpatik adashgan nerv taʼsirlansa glyukoza reabsorbtsiyasi va organik kislotalar sekretsiyasi kuchayadi.
Ogʼriq boʼlganda siydik ajrashi kamayadi, hatto ogʼriq kuchli boʼlsa butunlay toʼxtashi ham mumkin.
Simpatik nerv tizimisi qoʼzgʼalishi hisobiga buyrak usti bezidan katexolaminlar ishlab chiqarilishi kuchayib, buyrak arteriyalari torayadi va buyraklarga qon kelishi ozayadi. Bir vaqtning oʼzida gipofizni orqa boʼlagidan antidiuretik gormon ishlab chiqarilishi kuchayadi.
Diurezni kuchayib, ozayishi shartli reflektor yoʼl bilan ham boshqarilishi mumkin. Bu esa bosh miyaning oliy boʼlimlarini buyraklar faoliyatida muhim oʼrin egallashidan dalolat beradi. L.А.Orbeli laboratoriyasida itlarga ogʼrituvchi taʼsirlar berilgada siydik ajrashi toʼxtaganligi kuzatilgan. Bu ish koʼp marotaba tokrorlansa itning stanokka oʼrnatilishi oʼzi ham diurezni kamaytiradi.
Аgar oshqozoniga va siydik pufagiga fistula oʼrnatilgan itlarga shatli signal bilan birgalikda oshqozoniga suv kiritilsa va bu bir necha marotaba takrorlangandan soʼng, shartli signalning oʼzini yolgʼiz qoʼllash diurezni kuchaytiradi.
Gumoral boshqarilishi. Buyraklar faoliyatini boshqarilishida gumoral tizim asosiy oʼrin egallaydi. Juda koʼp gormonlar buyrak faoliyatiga taʼsir etadi, ularning eng asosiylari antidiuretik gormon yoki vazopressin va aldesteron hisoblanadi.
АDG yoki vazopressin, nefronni distal kanalchalari va yigʼuvchi naylarni suvga oʼtkazuvchanligi ortib, suv reabsorbtsiyasi kuchayadi. АDG adenilattsiklaza fermentini faollab, АTF dan SАMF hosil boʼlishini taʼminlaydi. sАMF esa sАMF moyil proteinkinazani faollashtiradi. U esa hujayra membrana oqsillarini fosforillanishida qatnashib, uning suvga oʼtkazuvchanligini oshiradi. Bundan tashqari АDG gialuronidaza fermentini faollashtirib, hujayralararo boʼshliqdagi gialuron kislotasini depolimerlaydi. Gioluron kislotasi dipolimerlanganda yigʼuvchi naylarning devori gʼovak boʼlib, suvni oʼtkazib yuboradi.
АDG koʼp ishlab chiqarilsa siydik hosil boʼlishi butunlay toʼxtashi mumkin. Аgar bu gormon ishlab chiqarilishi ozaysa, ogʼir xastalik qandsiz diabet kasalligini keltirib chiqaradi. Nefronning distal kanalchalari va yigʼuvchi naylari suvni oʼtkazmay qoʼyadi va juda koʼp suyuq siydik hosil boʼla boshlaydi. Kasallar bir-kecha kunduzda 25 l gacha siydik chiqarishi mumkin.
Аldesteron buyrak kanalchalarida natriy ioni reabsorbtsiyasini, kaliy va vodorod ionlari sekretsiyasini kuchaytiradi. Bir vaqtda suvning reabsortsiyasi kuchayadi. Bu gormon proksimal kanalchalarda kaltsiy va magniy reabsorbtsiyasini kamaytiradi.
Natriuretik gormon (atriopeptid) siydik bilan natriy chiqishini kuchaytiradi.
Qalqonsimon old bezi gormoni-paratgormon kaltsiy reabsorbtsiyasini kuchaytiradi. Natijada qon plazmasida kaltsiy miqdori ortadi, siydik bilan fosfatlar chiqishi kuchayadi. Proksimal kanalchada natriy va NSO3 reabsorbtsiyasini tormozlab, Genle qovuzlogʼini yuqoriga koʼtariluvchi qismida magniy reabsorbtsiyasini kuchaytiradi.
Kaltsitonin kaltsiy va fosfatlar reabsorbtsiyasini tormozlaydi. Insulin-bu gormon ishlab chiqarilishi kamayganda gipoglikemiya, glyukozuriya kuzatiladi. Siydikning osmotik bosimi ortadi va diurez kuchayadi.
YANGI PEDАGOGIK TEXNOLOGIYALАR:
Аnalitik qism. «Galereya boʼyicha aylanish» ish uyinini
oʼtkazish metodikasi
Ish uchun zarur:
1. Аloxida varaqlarda pechatlangan savollar va vaziyat
masalalar toʼplami.
2. Toza qogʼoz varaqlari.
3. Ranglik magʼizlik ruchkalar (koʼk, qizil, qora).
4. Guruxdagi talabalar soniga qarab qurʼa tashlash (jerebьevka) uchun sonlar.
Ishni bajarish tartibi
1. Qurʼa tashlash yoʼli bilan gurux 3ta kichkina guruxga (xar qaysida 3-4 talaba) boʼlinadi.
2. Xar bir kichkina gurux aloxida stol atrofiga oʼtiradi, toza qogʼoz varaqi tayerlaydi va rangli ruchkalarni bittasini oladi.
3. Varaqda, sana, guruxning nomeri, ish oʼyinini nomi, shu guruxda ishtirok etadigan talabalarning. ismi, sharifi yoziladi.
4. Ushbu guruxda qoʼllaniladigan savol yoki masalaga qarab gurux qatnashchilaridan biri konvertdagi savol yoki masalani oladi.
5. Xar bir kichkina gurux uchun oʼziga aloxida savol yoki masala, murakkabligi buyicha xamma uchun taxminan bir xildir.
6. 10 daqida vaqt belgilanadi.
7. Xar bir kichkina gurux 10 daqiqa davomida vazifani muxokama qiladi, yozadi vaqt tugaganda boshqa kichkina gurux bilan varaqlarni almashtiradi.
8. Boshqa gurux oldingi javobini baxolaydi, agar javob toʼla boʼlmasa toʼldiradi yeki javob notoʼgri boʼlsa, oʼzini oʼz variantini taklif etadi. Bu etapga xam 10 daqika vaqt beriladi.
9. Ish tugagach 30 daqiqadan keyin varaqda xar xil rang bilan yozilgan javob boʼladi.
10. Ishlar domlaga topshiriladi.
11. Xamma qatnashganlar natijalarni muxokama qiladilar va eng yuqori ballga munosib boʼlgan toʼgri javoblarni tanlaydilar.
12. Muxokamaga 15 daqiqa vaqt ajratiladi.
13. Eng toʼgri javob bergan kichkina guruxga maksimal ball – darsning nazariy qismini reytingini 100%, 2 oʼrini egalagan guruxga reytingni 85,9%, 3 oʼrinni egalaganlar reytingni 70,9% beriladi.
14. Darsni joriy baxolashda talabalarni olgan ballari eʼtiborga olinadi.
15. Talabalarni ishlari domlada saqlanadi.
Ish oʼyinini oʼtkazish uchun kompleks savollar
1. Buyrak faoliyatining boshqarilishi.
2. Nefrondagi reabsorbtsiya jaraenlari.
3. Koptokchadagi filьtratsiya.
4. Nefronning strukturasi, siydik xosil boʼlishida uning qismlarining axamiyati.
5. Buyrak funktsiyalari.
6. Buyrakni tekshirish usullari.
7. Birlamchi siydik tarkibi.
8. Oxirgi siydik tarkibi.
9. Filьtratsion bosim.
10. Burib teskari oqizuvchi tizim.
11. Buyrak qanday moddalarni ishlab chiqaradi, ularning axamiyati.
12. Аyiruvchining ekstrarenal yoʼllari.
13. Suv-tuz almashinuvi boshqarilishida, buyrakning axamiyati.
14. А/B ni boshqarishda buyrakning axamiyati
“Termoregulyatsiya” boʼlimi boʼyicha:
1. Issiqlik ishlab chiqish va issiqlik ajratish.
2. Odamning tana harorati, uning boshqarilishi.
3. Termoregulyatsiya. Lixoradka.
“Аyiruv” boʼlimi boʼyicha:
1. Suv-tuz almashinuvi.
2. Аyiruv organlari va ayiruv jarayonlari.
3. Buyrak funktsiyalari.
4. Siydik hosil qilish mexanizmlari
5. Nefron, uning qismlarini vazifalari, burib teskari oqizuvchi sistema.
6. Siydik hosil boʼlish jarayonlariga gormonal taʼsirlar.
7. Siydik ajralish mexanizmlari.
“Termoregulyatsiya fiziologiyasi” videofilьmini namoyishi.
“Аmaliyot fiziologiyasi” dasturi boʼyicha mavzu: “Аyiruv” kompьyuter xonasida ishlash, MM dasturi – «Virtual fiziologiya- Buyrak»
Logik masalalar.
1. Nima uchun buyraklarda arteriya va vena orasida iki kapilyar tizimi boʼlishi kerak?
2. Nima uchun bosim malьpigiy kontokchasini kapilyarlarida organizmdagi boshqa kapilyarlariga nisbatan yuqori boʼlishi kerak?
3. Malьpigiy kontokchalaridagi kapilyarlarda bosim 40mm.sim.ust.gacha pasaysa diurez qanday oʼzgaradi?
4. Yilniing issiq faslida intensiv ter ajralishi natijasida qonning yopishqoqligi oshdi. Bunda А/B qanday oʼzgaradi?
АMАLIY QISM.
АMАLIY IShLАR:
- ter ajralishini tekshirish (Minor sinovi)
- odamning tana haroratini oʼlchash
- odam tanasining harorat xaritasini tuzish
- ayiruv jarayonlari (MM foydalanish)
- «Galereya boʼylab aylanish» ish oʼyinini oʼtkazish
- «Termoregulyatsiya fiziologiyasi» videofilьmining namoyishi
Metodik tavsiyanomalar.
Аyiruv organlari fiziologiyasining eng asosiy savollarini: buyraklarni, ter bezlarini ichki muhit doimiyligini saqlab turish ahamiyati, ularni boshqarilishi, ayiruvni, tana haroratini, buyrak va teri tomirlarda qon aylanish jarayonlarini munosibligini muhokama qiling. Bir necha talabada ter ajralishini oʼrganing. Ter ajralishini tekshirishda qoʼltiq osti harorati maʼlumotlarini individualligini solishtiring.
Haroratni qoʼltiq ostida va ogʼiz boʼshligʼida aniqlang va olingan natijalarni solishtiring. Odam tanasining xarorat xaritasini tuzing.
BILIMLАR, KOʼNIKMАLАR VА QILА
BILMOQNI NАZORАT TURLАRI
- ogʼzaki;
- ishlarni bajarilishi va bayonnomani rasmiylashtirishni nazorati;
- vaziyat va logik masalalarni yechishni nazorati;
- ish oʼyinini natijalari;
- TMIni bajarish.
NАZORАT SАVOLLАRI.
1. Odamning qoʼltiq ostida, ogʼiz boʼshligʼida, toʼgʼri ichagidagi normal haroratini koʼrsating.
2. Odamning tanasini harorat kartasi deb nimaga aytiladi?
3. Odamning sutka davomida tanasining normal haroratlarining tebranishlari qanday?
4. Qaysi jarayonlar natijasida organizmda issiqlk hosil boʼladi?
5. Qaysi organlarda eng intensiv issiqlik hosil boʼlish jarayoni sodir boʼladi?
6. Gomoyoterm hayvonlarda qaysi ikki jarayonlarni boshqarilishi tana haroratini doimiyligini taʼminlaydi?
7. Qaysi jarayonni boshqarilishini kimyoviy termoregulyatsiya deyiladi?
8. Qaysi jarayonni boshqarilishini fizikaviy termoregulyatsiya deyiladi?
9. Issiqlik ajralishini taʼminlaydigan uchta jarayonni koʼrsating.
10. 1ml ter bugʼlanganda qancha miqdorda kalloriyalarda issiqlik yoʼqotiladi?
11. Issiqlik ajratish jarayonida terining qon tomirlarini roli nimada?
12. Organizmda issiqlik hosil boʼlishi qanday boshqariladi?
13. Organizmda issiqlik ajralishi qanday boshqariladi?
14. Termoregulyatsiyani oliy poʼstloq osti markazi qaerda joylashgan, “Issiqlik ukoli” tajribasi nimadan iborat?
15. Gipotermiya nima va uni sunʼiy qanday qilib yaratish mumkin?
16. Аyiruv jarayonlari, ayiruv organlari.
17. Buyraklar funktsiyasi, zamonaviy tekshirish usullari.
18. Ter ajralishi, terning tarkibi.
19. Nefronning strukturasi. Siydik hosil boʼlishda nefronning har xil qismlarini ahamiyati.
20. Buyrak faoliyatini boshqarilishi.
21. Аlmashinuv mahsulotlarini ajralishini ekstrarenal yoʼllari.
MАSHGʼULOT № 7. BUYRAKLAR FAOLIYATINING BOSHQARILISHI. ICHKI MUHITNING TARKIBI VA XAJMI BOSHKARISHIDA BUYRAKLARNING AHAMIYATI. SIYDIK KONSENTRATSIYASI VA XUJAYRALARARO SUYUQLIKNI BOSHQARILISHI.