O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə248/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

Emish (so’rish) harakatlari yangi tug’ilgan bolaning labiga tegilganda namoyon bo’ladi. Bu refleks uchlik nervining sezuvchi oxirlari ta’sirlanganda yuzaga chiqadi, qo’zg’alish uchlik nevdan uzunchoq miyada yuz nervi bilan til osti nervining motor yadrolariga o’tadi.
Ovqat chaynash og’iz bo’shlig’idagi retseptorlarning ta’sirlanishiga javoban refleks yo’li bilan yuzaga chiqadigan harakat akti bo’lib, pastki jag’ning yuqori jag’ga nisbatan siljishidan iborat. R.Magnusning ma’lumotlariga qaraganda ovqat chaynash markazi uzunchoq miyada shuning uchun bulbar hayvonlarda ovqat chaynash refleksini yuzaga chiqarish mumkin. Talamus va miya po’stlog’ining motor zonalari butun bo’lgandagina ovqat chaynash akti nozikroq boshqariladi.
Ovqat yutish murakkab koordinatsiyalangan reflektor akt bo’lib, uning yuzaga chiqishida og’ish bo’shlig’i, xalqum va qizilo’ngach bosh qismining ko’pgina muskullari qatnashadi. Ovqat yutish akti ikki fazadan iborat:
1) ovqat luqmasi shakllanib, xalqum bo’shlig’iga yaqinlashtiriladi va
2) ovqat yutilib, xalqum muskullari qisqaradi, ayni vaqtda tanglay pardasi ko’tariladi, xiqildoq usti tog’ayi (epiglottis) esa pastga tushadi. Bu mexanizmning birinchi qismi ixtiyoriy ravishda, ikkinchi qismi ixtiyorsiz-shartsiz refleks yo’li bilan boshqariladi.
Ovqat yutish aktida uchlik nerv, til-xalqum nervi va adashgan nervning afferent sistemalari qatnashadi. Ovqat yutish markazi shu reflektor aktni yuzaga chiqaruvchi ko’pgina yadrolarning funktsional birlashmasidan iborat.
Qusish xalqum va me’da retseptorlari ta’sirlanganda, shuningdek vestibuloretseptorlar va boshqa ba’zi retseptorlar ta’sirlanganda kelib chiquvchi reflektor aktdir. Shu retseptorlardan afferent tolalar orqali uzunchoq miyaga keluvchi impulslar uzunchoq miyadagi, shuningdek orqa miyadagi ko’pgina effektor neyronlarga boradi.
Qusish vaqtida me’daga kirish yo’li ochiladi, ichak muskullari va me’da devorlari qisqaradi, qorin pressi va diafragma muskullari, xalqum, xiqildoq, til va og’iz muskullari qisqaradi, so’lak va ko’z yoshi chiqadi.
Qusish vaqtida markaziy nerv sistemasidagi ko’pgina markazlarning holati o’zgaradi, chunki unda miya o’zanining retikulyar formatsiyasi ham qatnashadi. Retikulyar formatsiya ko’p markazlar bilan bog’langani uchun uzunchoq miya bilan orqa miyaning turli qismlaridagi neyronlar faoliyatini funktsional jihatdan birlashtiradi va kelishtiradi, yuqoriroqdagi markazlarning holatini o’zgartiradi.
Aksa urish refleks yo’li bilan nafas chiqarishdan iborat murakkab akt bo’lib, uchlik nervning burundagi retseptorlari ta’sirlanganda kelib chiqadi. Aksa urish boshlanganda yumshoq tanglay ko’tarilib, burunning ichki teshigini berkitadi so’ngra nafas chiqarish muskullari qisqarib, ko’krak bo’shlig’idagi bosimni oshiradi, shundan so’ng burun teshigi to’satdan ochiladi va butun havo burun orqali zo’r berib chiqib, burun shilliq pardasiga ta’sir etayotgan moddani olib ketadi. Aksa urish aktida til-xalqum nervi, adashgan nerv, til osti nervi va ba’zi spinal nervlarning afferent tolalari qatnashadi.
Aksa urish kabi, yo’tal ham ximoyaviy nafas refleksi bo’lib, xiqqildoq, kekirdak (traxeya) va bronxlarning shilliq pardasi ta’sirlanganda kelib chiqadi. Aksa urishga qarama-qarshi o’laroq, yo’talda burun teshigi berkilmaydi, balki ovoz yorig’i yumiladi. O’pkada zarur bosim vujudga kelgach, ovoz yorig’i to’satdan ochiladi va ta’sir etayotgan moddani kuchli havo oqimi olib chiqadi. Yo’talish aktida, aks urish aktidagi kabi, efferent tolalar qatnashadi, afferent signallar esa adashgan nerv tolalari orqali o’tadi.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin