O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə27/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

Qon plazmasining tarkibi.
Qon plazmasi 90-92% suv va asosan oqsillar bilan tuzlardan tashkil topgan 8-10% quruq moddadan iborat. Plazmada xossalari va funktsiyalar ahamiyati bilan bir-biridan farq qiluvchi bir necha xil oksil: alьbuminlar (taxminan 4,5%), globulinlar 2-3% va fibrinogen (0,4-0,2%) bor. Odam plazmasidagi oqsillarning umumiy miqdori o’rtacha hisob bilan 7-8%, plazmadagi quruq moddaning qolgan qismi boshqa organik birikmalar va mineral tuzlarga to’g’ri keladi.

Qon plazmasi tarkibi



Plazma tarkibi

% - miqdorida

Plazma tarkibi

% - miqdorida

Suv
Oksil
Lipidlar
Neytral yog’
Glyukoza
Siydikchil
Siydik kislotasi
Kreatin
Aminokislotalar

90,5
8
0,3
0,2
0,12
0,03
0,004
0,006
0,008

Natriy
Kaliy
Kaltsiy
Magniy
Xlor
Gidrokarbonat
Fosfat
sulfat



0,3
0,02
0,012
0,0002
0,35
0,16
0,03
0,02

Qon plazmasida oqsildan boshqa azotli birikmalar: oqsillarning gidrolizlanishi natijasida hosil bo’lgan ovqat hazm qilish yo’lidan so’riladigan va protoplazma oqsillarining sintezlanishi uchun hujayralar foydalanadigan moddalar (aminokislotalar, polipeptidlar) va oqsillarning parchalanishi natijasida hosil bo’lib, organizmdan chiqarib tashlanadigan moddalar (mochevina, siydik kislotasi, kreatinin, ammiak) bor. Plazmadagi koldik azot deb ataluvchi nooksil azotning umumiy miqdori 30-40 mg% ni tashkil qiladi. Uning yarmi mochevinaga to’g’ri keladi. Buyraklar etarli ishlamaganda qon plazmasida qoldiq azot juda ko’payib ketadi. Qon plazmasida azotsiz organik moddalar: organizm hujayralari uchun asosiy energiya manbai glyukoza (80-120 mg % yoki 4,4-6,7 mmol/l ) va organizm hujayralarining faoliyati natijasida hosil bo’lgan turli organik kislotalar, sut kislotasi ham bor.
Qon plazmasida mineral moddalar qariyib 0,9% ni tashkil qiladi. Ularning tarkibi asosan Na+, K+Ca++ kationlari va anionlardan (Cl-, HCO-3, HPO-4, H2PO-4) iborat.
Qon bilan bir xil osmotik bosimga ega bo’lgan, yani tuzlar kontsentratsiyasi qonnikiga barobar keladigan eritmalar izotonik eritmalar yoki izoosmotik eritmalar deyiladi. NaC1 ning 0,9% eritmasi issiq qonli hayvonlar va inson uchun izotonik eritmadir. Bu eritma ko’pincha fiziologik eritma ham deyiladi. Osmotik bosimi qonnikidan katta bo’lgan eritmalar gipertonik eritmalar deyiladi, pastrog’i esa gipotonik eritma sanaladi.
Lekin ajratib olingan a’zolarga faqat izotoniya emas, balki eritmaning tarkibi ham katta ahamiyatga ega. Issiq qonli hayvonlarning ajratib olingan organi ishlab turishi uchun suyuq eritma 02 bilan to’yintiriladi. Fiziologik eritmalar tarkibida plazma oqksillari kabi kolloid eritmalar yo’qligi sababli, ular qon plazmasiga teng kela olmaydi. Shuning uchun glyukozali tuz eritmasiga har xil kolloidlar, masalan: suvda eriydigan, yuqori molekulali (mol. og’irligi 1300 dan 100 000 gacha va undan ortiq) polisaxaridlar (bunday preparatlar dekstrin) yoki maxsus usulda ishlangan oqsil preparatlar qo’shiladi.
Kolloidlar 7-8% mikdorda qo’shiladi. Odam qon yo’kotganda qon bosimini tiklash uchun organizmga shunday eritma yuboriladi. Biroq bunday eritmalar yaratilganiga qaramay, qon plazmasi qon o’rnini bosuvchi eng yaxshi suyuqlik bo’lib qolmokda.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin