Qon plazmasining oqsillari
Qon plazmasi oqsillarining ahamiyati hilma-hildir.
1. Qonning onkotik bosimini hosil qiladi. Qon va to’qimalar orasidagi suv almashinuvini ta’minlaydi.
2. Oqsillar bufer xossasiga ega bo’lgani uchun qonning kislota ishqor muvozanatini saqlab turadi.
3. Oqsillar qon plazmasining muayyan darajada yopishqoq bo’lishini ta’minlaydi, bu esa arterial bosimni ma’lum darajada ushlab turish uchun ahamiyatli.
4. Qon plazmasi oqsillari eritrotsitlarning cho’kishiga to’sqinlik qiladi.
5. Plazma oqsillari qon ivishida ahamiyati katta (fibrinogen).
6. Qon plazmasining oqsillari yuqumli kasalliklar bilan og’rimaslik, ya’ni immunitetning muhim faktori hisoblanadi (globulinlar).
7. Qon plazmasining oqsillari garmonlar, mineral moddalar, lipidlar va xolesterin singari moddalarni tashishda ahamiyati katta.
8. To’qima oqsillari uchun rezerv hisoblanadi.
9. Kreator bog’lar hosil qilishda ishtirok etadi. To’qimalarning genetik apparatiga ta’sir etadi va ularning o’sishini, rivojlanishini, differentsirovkasi va organizm tuzilishini ta’minlaydi.
Qon plazmasida bir necha o’n turli oqsillar bor, ular alьbuminlar, globulinlar va fibrinogenlardan iborat
Issiq qonli hayvonlar uchun Ringer – Lokk va Tirode eritmalari tarkibi
Eritma nomi
|
Moddalarning suvdagi g/l eritmasi
|
NaCI
|
KCI
|
CaCI2
|
NaHCO3
|
MgCI2
|
NaH2PO4
|
glyukoza
|
Ringer-Lokk
Tirode
|
9,0
8,0
|
0,42
0,2
|
0,24
0,2
|
0,15
1,0
|
-
0,1
|
-
0,05
|
1,0
1,0
|
Albuminlar barcha oqsillarning 60% tashkil qiladi. Harakatchanligi yuqori (70000 mol. og’irligi), qonning onkotik bosimining 80% ni tashkil qildi. Qonda har xil moddalarni tashishda (xolesterin, yog’ kislotalari, bilirubin, o’t kislota tuzlari, og’ir metal tuzlari, dorivor preparatlar – antibiotik va sulfanil amidlar) ishtirok etadi. Albuminlar jigarda hosil bo’ladi.
Globulinlar bir necha fraktsiyalardan iborat: α, β, γ. γ – globulinlar organizmni viruslar, bakteriyalar va ularning toksinlaridan saqlashda muhim ahamiyatga egadir. Buning boisi shuki, qondagi antitelolar deb ataluvchi moddalar asosan γ globulinlardan iborat. γ – globulinlar kasal organizmga yuborilganda uning yukumli kasalliklarga qarshi chidamliligini oshiradi. So’ngi vaqtda qon plazmasida axamiyati katta oqsillar kompleksi – properdin topildi.
α - globulinlar karbonsuv prostatik gruppa tutgan oqsil - glikoproteindir. Plazmada aylanib yurgan glyukozaning 60% glikoproteinlar tarkibida bo’ladi. Bu oksillar gormon, vitamin, mikroelement va lipidlarni tashiydi. Eritropoetin, plazminogen va protrombinlar α globulin turkumiga kiradi.
β – globulinlar fosfolipid, xolesterin, steroid garmoni va metall kationlarini tashishda ishtirok etadi. Bu oqsil turkumiga temirni tashib yuruvchi transferrin, shuningdek, qon ivishida qatnashuvchi plazma faktorlari kiradi.
γ – globulinlar (JgA, JgG, JgM, JgD va JgE) immunoglobulinlardan tashkil topgan. Organizmni virus va bakteriyalardan himoya qiladi. Qonning α va β agglyutininlari γ - globulin turkumiga kiradi.
Globulinlar jig’arda, suyak kumigida, taloqda va limfa tugunlarida hosil bo’ladi.
Fibrinogen – qon ivishida qatnashuvchi plazmaning I omili. Trombin ta’sirida u erimaydigan fibringa aylanadi va qon laxtasini hosil qilishda ishtirok etadi. Fibrinogen jig’arda sintezlanadi.
Oqsil va lipoproteinlar qonga tushgan dorivor moddalarni biriktirib olish xossasiga ega. Biriktirib olingan dorivor moddalar faolligini yo’qotadi va shu moddaning qondagi deposini hosil qiladi. Qon tarkibida dorivor moddalar kontsentratsiyasi ozayganda, u oqsildan ajraladi va faol holatga o’tadi. Organizmga bir vaqtning o’zida bir necha farmakologik moddalar yuborayotganda yuqoridagi holatni hisobga olish zarur. Organizmga yuborilgan keyingi preparat oldin yuborilgan dorivor moddani birikkan holatdan siqib chiqarishi va uning qondagi faol holatini kuchaytirib yuborishi mumkin.
Plazmaning organik tarkibiga oqsil bo’lmagan azot saqlovchi moddalar (aminokislotalar, polipeptidlar, mochevina, siydik kislotasi, kreatin, ammiak) xam kiradilar. Oqsil bo’lmagan azot saqlovchi moddalar qoldiq azot deb ataladi va uning umumiy miqdori 11-15 mmol/l (30-40mg%) ni tashkil qiladi. Buyrak faoliyati buzilganda bu moddalar miqdori qonda ortib ketadi.
Plazmaning tarkibida, shuningdek, azot saqlamovchi organik moddalar ham mavjud: glyukoza 4,4-6,6 mmol/l (80-120 mg%), neytral yog’lar, lipidlar, gidrolitik fermentlar, profermentlar, qon ivishi va fibrinolizda ishtirok etuvchi fermentlar.
Plazmaning anorganik tarkibi 0,9-1% ni tashkil qiladi. Bu moddalarga Na+, Ca2+, K+, Mg2+ kationlari va Cl-, HPO2-4, HCO3- anionlari kiradi. Bu ionlar organizm barcha hujayralari, xususan, ko’zg’aluvchan hujayralar faoliyatini ta’minlaydi, osmotik bosimni yaratadi va rN ni boshqarib turadi.
Plazmada doimo barcha vitaminlar, mikroelementlar, modda almashinuvining oraliq moddalari (sut va pirovinograd kislotalari) mavjud.
Dostları ilə paylaş: |