O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti qo‘lyozma huquqida


I.3.Ko‘ptillilik muhitida o’quvchilarni oilaviy hayotga tayyorlashning mavjud holati tahlili



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə16/22
tarix08.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#126726
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
dissertasiya ishim

I.3.Ko‘ptillilik muhitida o’quvchilarni oilaviy hayotga tayyorlashning mavjud holati tahlili .


O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati konstitutsiyasi - davlatimiz tashqi siyosatining fundamental prinsiplari va strategik ustuvor yo‘nalishlarini, xalqaro maydondagi maqsad va vazifalarini, o‘rta va uzoq istiqbolda O‘zbekiston milliy manfaatlarini ilgari surish tizimlarini belgilab beradigan qarorlarinig yaxlit tizimidir.
Konsepsiya mazmuni va qoidalari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”ga asoslanadi. Shuningdek, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan norma va prinsiplariga, jumladan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Xalqaro huquq prinsiplari to‘g‘risidagi, Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashining Xelsinni yakuniy aktiga va boshqa tegishli hujjatlarga mos kelishi:
Konsepsiya “Umumiy qoidalar” va to‘rtta bo‘limdan iborat:

  1. Hozirgi zamon xalqaro munosabatlar tizimida yuz berayotgan o‘zgarishlarni O‘zbekiston manfaatlari nuqtai nazaridan baholash.

  2. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy maqsadi, prinsiplari va vazifalarini belgilash.

  3. O‘zbekiston respublikasi tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash.

  4. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatini takomillashtirish va amalga oshirish tizimlarini ishlab chiqish.

Yuqoridagi konsepsiya asosida ko‘p tillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarni takomillashtirish borasida, ular bilan millatning kelajagi, jamiyatda tutgan o‘rni, ularni amalga yo‘llari bo‘yicha fikr almashildi. Unda, asosan “Milliy mentalitet”, “Qadriyatlar”, “Umumbashariy tamoyillar”, “Milliy istiqlol g‘oyasi” kabi nazariy tushunchalar bo‘yicha fikrlashdek va ular o‘rtasida munozaralar o‘tkazib, ular shu nazariy tushunchalarga munosabatlari qanday ekanligini aniqladi. Undan oldin yuqorida berilgan tushunchalar bo‘yicha ma’lumot berdik.
Mustaqillik, boshqa xalqlar qatori, o‘zbek xalqi oldida ham o‘z mentalitetini o‘rganish, uni tiklash va boyitish uchun ulkan imkoniyatlar ochib berdi. Bu mentalitetning shakllanish jarayoni deyarli uch ming yillik tarixga egadir.
O‘tmishda xalqimiz butun insoniyatning moddiy va ma’naviy madaniyatini o‘zining bebaho durdonalari bilan boyitgan. Ammo, mustabid tuzum davrida u o‘z tarixini, an’analarini, madaniyatini, urf-odat va qadriyatlarini to‘la-to‘kis o‘rganish imkoniyatidan mahrum edi. Chunki, o‘sha davrda biron-bir millatning tarixi, milliy madaniyatini rivojlantirish hukmron mafkura maqsadlariga tubdan zid edi.
Milliy istiqlol mafkurasi mamlakatimiz fuqarolarining asrlar davomida shakllangan, ma’naviyati, urf-odatlari, an’analari va qadriyatlaridan oziqlanadi. Bu jarayonda Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq faravonligi, komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik g‘oyalarini yurtdoshlarimiz ongi va qalbiga jo qilish ularda zamonaviy mentalitet hosil bo‘lishning asosiy shartlaridan biri ekanligi ilmiy-uslubiy asoslandi. Ana, shunday tushunchalar mentalitet bo‘yicha bayon etilganidan so‘ng, ularni fikrlarini bilish uchun anketa, savol-javob va test-so‘rovlari o‘tkazildi.
Ko‘p tillilik muhitidagi turli millatli fuqarolar uchun oilaviy tarbiyaning bir qismi bo‘lgan milliy istiqlol g‘oyasi bo‘yicha fikr almashish savol berildi va uning mazmuni tushuntirildi.
Bizningcha ota-onalar o’zlarida quyidagi sifatlar bilan o’z farzandlariga namuna bo’lishlari lozim:

  1. Ota-onalarning axloqiy jihatdan shaxsan namuna bo’lishlari.

  2. O’zlariga topshirgan ishni mas’uliyat bilan bajarishlariga.

  3. Bolalar tarbiyasidagi burchlarini mas’uliyat bilan his qilishlariga va bajarishlariga.

  4. Mehnatda shaxsan namuna ko’rsatishlariga.

  5. Barcha farzandlarini teng ko’rishga.

  6. Farzandlarining harakter xususiyatlarini yaxshi bilishga.

  7. Bolalarga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishning turli xil metod, usul va vositalarini yaxshi bilish hamda ulardan oqilona foydalana olishga.

  8. O’z obro’sini oilada doimo saqlashga.

  9. Farzandlarini doimo mehnat topshiriqlari bilan band qilishlariga va talabchanliklariga.

  10. Oila xo’jaligini mohirlik bilan boshqara olishlariga.

  11. Oila tarbiyasini ijtimoiy tarbiya bilan bog’lab olib borishiga.

  12. Ota- ona talablarida birlikning bo’lishiga.

  13. Ota-onalarning oilani iqtisodiy ta’minlashga va hokazo.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin