II.2. Ko‘ptillilik muhitida yuqori sinf o’quvchilarini oilaviy hayotga tayyorlashning lokal-modulli texnologiyasi
Maktabgacha yoshidagi yuqori sinf o’quvchilarini axloqiy jihatdan tarbiyalash vazifasi va mazmuni bolaning ma’naviy dunyosini, uning ongini, axloqiy hislarini, shaxsiy sifatlarini tarbiyalash va rivojlantirish, axloqiy tarbiya mazmunini amalga oshirishdan iborat. Yuqori sinf o’quvchilariga turli xil muhitida oilaviy tarbiya berish axloqiy tarbiya berishning vazifalari quyidagilardan iborat:
Yuqori sinf o’quvchilarida axloqiy tasavvurlar va xatti-harakatlarni tarbiyalash.
Xulq madaniyati va ijobiy munosabatlarni tarbiyalash.
Yuqori sinf o’quvchilarida axloqiy his-tuyg‘ularni tarbiyalash.
Xulqdagi salbiy sifatlarni barham toptirish.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida axloqiy tarbiya berish har xil vositalar yordamida amalga oshiriladi. Birinchi galda yuqori sinf o’quvchilarini har xil faoliyatlar vositasida mashg‘ulotlarda, kundalik faoliyatlarda kattalar mehnati bilan tanishtiriladi. Bayramlar, ijtimoiy hayot voqealari, yuqori sinf o’quvchilari adabiyoti, musiqa, o‘yin materiallari, ommaviy axborot vositalari - televizor, radio va boshqalar yuqori sinf o’quvchilarining axloqiy tarbiyasiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Yuqori sinf o’quvchilari oilaviy axloqiy tasavvur va bilimlarni odobnoma mashg‘ulotlarida yaxshi o‘zlashtirib oladilar. Yuqori sinf o’quvchilari tomonidan o‘zlashtirib olingan axloqiy tasavvurlarni ularga ongli ravishda tushuntirish dastlab mashg‘ulotlarda keyinchalik o‘yin, mehnat jarayonlarida, mustaqil faoliyatlar orqali amalga oshiriladi.
Ko‘ptillilik muhitida oilaviy axloqiy tarbiyaning asosiy tamoyillari va metodlari.
Ko‘ptillilik muhitida oilaviy axloqiy tarbiyaning asosiy tamoyillari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
g‘oyaviy va tarbiyaviy ishning ma’lum maqsadga qaratilgani;
oila va maktab-internatlar tarbiyaviy ta’sirining birligi;
bola shaxsidagi ijobiy sifatlarga suyanish;
bola shaxsining har tomonlama rivojlanishini ko‘zda tutish.
Axloqiy tarbiya tamoyillarini pedagogik shart-sharoit bilan qo‘shib amalga oshirish bolaning axloqiy rivojlanishiga samarali ta’sir etadi.
Yuqori sinf o’quvchilariga axloqiy tarbiya berishda har xil metod va usullarni qo‘llash muhim ahamiyatga ega. Bu metodlar yuqori sinf o’quvchilarining axloqiy tasvvur va bilimlarni egallab olishga qaratilgan faoliyat usulidir. Biz ko‘p tillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarini turli metodlarga bo‘ldik. U quyidagicha: