O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti qo‘lyozma huquqida


II.3 Yuqori sinf o’quvchilarini oilaviy hayotga tayyorlashning shakl metod va vositalari



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə21/22
tarix08.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#126726
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
dissertasiya ishim

II.3 Yuqori sinf o’quvchilarini oilaviy hayotga tayyorlashning shakl metod va vositalari


Ko‘ptillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarini takomillashtirishda ma’naviy tarbiyaning ahamiyati juda kuchli kasbga ega.
Insonning umri o‘z qavmi, xalqi, millati va mamlakati muhitida o‘tar ekan, uning odamlar bilan bo‘ladigan munosabat va muloqoti ona tili orqali sodir bo‘lar ekan, uning ma’naviyatidan tarixiy xotira, rasm-rusum va diniy qadriyatlar o‘rin olar ekan, inson bolasi o‘z ota-onasi, qarindosh-urug‘, qo‘ni-qo‘shnilar bilan aloqador va bog‘liq ekan, bunday ijtimoiy munosabatlar sadoqat, hurmat, ishonch, vijdon va erkinlik singari tassavur va tuyg‘ular bilan muhrlanar ekan, bularning barchasi g‘oyaviy-ma’naviy tarbiya bilan oziqlanuvchi ijtimoiy omillar bo‘lib hisoblanadi.
Sog‘lom bolani milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida shaklantirish va rivojlantirish ma’naviy kamolotni, xususan, g‘oyaviy-ma’naviy tarbiyani talab etadi. Shu bois uni jamiyatimizga mos keladigan milliy mentalitetimiz asosida g‘oyaviy-ma’naviy jihatdan tarbiyalab, kamol toptirish ma’naviy faoliyatimizda eng dolzarb masalalardan biridir. Masalan, milliy axloq-odobimiz, tarbiyamiz natijasi sifatida ko‘zga tashlanadigan hovli-joylarni, ko‘cha va yo‘laklarni qizlarimiz kelinlarimiz tomonidan ozoda, saranjom tutish ma’naviy tarbiyaning asosidir. Bunday faziltalar, albatta, oilalardan o‘tadigan, o‘rgatiladigan an’anaviy milliy tarbiya hisoblanadi. Bo‘yga yetgan qizlarning, kelinlarning tong saharda erta turib, ko‘cha, yo‘lak va hovlilarga suv sepib, supurib, hammayoqni chinniday yaraqlatib, so‘ngra nonushtaga tayyorgarlik ko‘rish va choynak-piyolalarni yuvib, artib qo‘yish va hokazolar xalqimiz g‘oyaviy-ma’naviy tarbiyaning yorqin dalilidir. O‘zbek oilasidagi ana shunday tarbiyaning yoshlar ongiga singdirilishi mehr-muruvvatga, latofatga, nazokatga va hokazo ma’naviy fazilatlarga ega bo‘lishga olib keladi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan barcha islohotlar shaxs manfaatiga, barkamol sog‘lom bolani tarbiyalash va uni ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk va ruhan tetik qilib voyaga yetkazishga qaratildi. Buning uchun milliy qadriyatlarimiz, sharqona axloq-odob va milliy mentalitetimizni inobatga olgan holda jahon sivilizatsiyasi darajasida bilimdon, ma’lum kasb-hunarga ega bo‘lgan yosh avlodni takomillashtirish uchun demokratik tamoyillarga asoslangan tarbiya va ta’lim tizimi isloh qilindi va bu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda sog‘lom bolada sharqona axloq-odob - Vatanga muhabbat, ota-onaga hurmat, insonparvarlik, sharm-hayo, mehr-muhabbat, go‘zallikni sevish va yaratishga bo‘lgan intilish singari g‘oyaviy-ma’naviy tarbiyaqni shakllan-tirishimiz va rivojlantirishimiz jamiyatimizning bosh maqsadidir.
Sog‘lom bolaning g‘oyaviy-ma’naviy trbiya jarayoniga ommaviy axborot vositalari ham ta’sir o‘tkazmoqda. XX - asr oxirlarida, XXI - asr boshlarida fan-texnikaning rivojlanib borishi natijasida televidenie orqali namoyish etilayotgan ko‘plab kinolar bevosita kospyuter texnologiyalari asosida yaratilmoqda. Shu boisdan yaratilayotgan kinolarda milliylik, vatanparvarlik, insonparvarlik, ulug‘vorlik singari ma’naviy qadriyatlar o‘rniga zo‘ravonlik, tajovuzkorlik, munofiqlik, axloqsizlik singari voqealar bilan bog‘liq kinotasma va disklar ko‘plab namoyish etilmoqda. Bunday asarlar insonning sof va nafis tuyg‘ulari shakllanishiga xalal beradi. Uzbekiston respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek: “Bugungi kunda yoshlarimiz nafaqat o‘quv dargohlarida, balki radio-televidenie, matbuot, internet kabi vositalar orqali ham rang-barang axborot va ma’lumotlarni olmoqda. Jahon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda yuqori sinf o’quvchilariimizning ongini faqat o‘rab-chirmab, uni o‘qima, buni ko‘rma, deb bir tomonlama tarbiya berish, ulrning atrofini temir devor bilan o‘rab olish, hech shubhasiz, zamonning talabiga ham, bizning ezgu maqsad-muddaolarimizga ham to‘g‘ri kelmaydi”1.
Bugun biz sog‘lom bolani ilmli, ziyoli, odob-axloqli etib tarbiyalashda Qur’oni karim oyatlari, hadisi shariflar, buyuk alloma va faylasuflarimizning bebaho ma’naviy xazinasidan bahramand etmog‘imiz zarur. Ongi yuksak inson yuksak madaniyat uchun intiladi. Ana shu ong va madaniyatni qo‘lga kiritish uchun har bir yosh avlodning asosiy maqsad va g‘oyalarini tushunib yetish kerak, shuning uchun milliy g‘oya tamoyillarini O‘zbeksiton xalqining ongi va qalbidan mustahkam o‘rin olishlari uchun barcha ma’naviy-tarbiyaviy tizimimiz shunga qartilgan.
Yangi jamiyatda g‘oyaviy-ma’naviy tarbiyaning dolzarbligi xususida yurtboshimiz fikr yuritar ekan: “Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo‘lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuchimiz va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan eknmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi”2, - deydi. Haqiqatan ham, tarbiya sog‘lom bolani haqiqiy shaxs qilib voyaga yetkazuvchi ulkan kuch-qudrat manbai, jamiyat taraqqiyotining muhim ma’naviy tizimi hisoblanadi.
Globallashuv davrida xalqimiz milliy mentalitetidan kelib chiqqan holda azaliy qadriyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimiz, milliy madaniyatimiz boyligini saqlab qolish eng dolzarb g‘oyaviy-ma’naviy tarbiya vzifalardandir.
Globallashuv jarayonining ma’naviy ta’siri bevosita inson ruhiyati orqali amalga oshirladi. Bizda globallashuvning salbiy ta’siriga qarshi kurash va chora-tadbirlar yoshlarning sog‘lom g‘oyaviy-ma’naviy tarbiyasini takomillashtirishga qartilgan. “Bolaga aniq fanlarni, zamonaviy kompyuterlarda ishlashni, xorijiy davlatlarda yoki bu davlatlarning vakillari yordamida o‘rgatish mumkindir, ammo ona yurtga muhabbat, ona zaminni tanish va e’zozlash, uning himoyasi uchun hamisha hozirlik hissini faqat va faqat shu yurtdagina, shu yurt fidoyilari kuchi bilangina takomillashtirish lozimligini isbotlashning keragi yo‘q”1. Chunki bola uchun ma’naviy tarbiya kindik qoni to‘kilgan zamindan boshlanadi. Undan zavq-shavq olib, o‘zining ma’naviyati, axloqiy madaniyatini shakllantirib boradi. Shunday ekan, biz g‘oyaviy-ma’naviy tarbiyamizni ona zaminimizning har bir qarich yerini, elini, madaniyatini qadrlash orqali farzandlarimiz va yoshlarimiz ongiga singdirib borishimiz lozim.
Sog‘lom bolani kamol toptirishda g‘oyaviy-ma’naviy tarbiya bo‘yicha quyidagi amaliy tavsiyalarni berish mumkin:

  1. O‘zbekistonda sog‘lom bolani takomillashtirishga zamonaviy bilimlarni milliylik bilan boyitish, har bir insonni yoshligidan g‘oyaviy-ma’naviy faoliyatga yo‘naltiradigan estetik tuyg‘ularini kuchaytirishga xizmat qiladigan me’yoriy hujjatlar, milliy tarbiya tizimini yaratish lozim.

  2. Ommaviy axborot vositalaridan g‘oyaviy-ma’naviy tarbiyaga doir eshittirish va ko‘rsatuvlar keng o‘rin olishi maqsadga muvofiq.

  3. Sog‘lom bolani takomillashtirishga xizmat qiladigan milliy an’analar va zamonaviy ko‘rinishdagi qadriyatlarni kompleks tadqiq etish darkor. Chunki, milliy-ma’naviy qadriyatlarimizni joylarda bugungi globallashuv sharoitida chuqur o‘rganish dolzarb muammo hisoblanadi.

Ushbu amaliy tavsiyalarni amalga oshirishda ilmiy muassasalar, oliy o‘quv yurtlari, olimlar, mutaxassislar hamda davlat va jamoat tashkilotlari amaliy hamkorligini ta’minlash mazkur vazifalarni bjarish imkoniyatini yaratadi. Zero, ana shu imkoniyatlar mamlakatimizda g‘oyaviy-ma’naviy tarbiyaga doir tadqiqotlarning rivojini ta’minlashda metodologik ahamiyat kasb etdi.
Har bir xalqning ma’naviy boyligi milliy va umuminsoniy qadriyatlarning qanchalik o‘zlashtirilgani bilan belgilanadi. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar - o‘tmishning yutug‘i. Uni o‘rganish va rivojlntirish esa hozirgi avlodlarning vazifasidir. Bugungi globallashuv jarayonlari tezlashgan, mafkuraviy xurujlar kuchaygan, “ommaviy madaniyat” keng tarqalayotgan tahlikali zamonda xlqimizning asrlar mobaynida yaratgan ma’naviy merosi va milliy qdriyatlarini avaylab saqlash va kelgusi avlodlarga yetkazish tadbirlarini ko‘rish, adabiyot va san’atni sevish va rivojlantirish, mamlakatimizda yashovchi boshqa xalqlar madaniyatiga, tiliga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, vijdon va diniy e’tiqod erkinligini qaror toptirish, oilani milliy qadriyatlar asosida mustakamlash, onaga, ayolga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish, ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida umuminsoniy va milliy qadriyatlarning mazmun-mohiyatini chuqur o‘rganishga erishish hamda shu asosda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash kabi vazifalar mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.
Yoshlarimizni turli mafkuraviy va ma’naviy xurujlardan himoya qilish, ularda mafkuraviy immunitetni takomillashtirish asosida jismoniy va ma’naviy yetuk avlodni tarbiyalash mqsadida quyidagi omillarni, vositalarni taklif va tavsiyalarni keltirib o‘tamiz:

  • hozirgi zamon o‘qituvchisi ma’naviy merosimiz, milliy va umuminsoniy qadriyatlardan to‘liq xabrdor bo‘lishi, ma’naviy tahdidlarning kelib chiqish sabablari va zararli oqibatlari haqida tushunchaga ega bo‘lishi, mavzuni yoritishda o‘quvchi tushunmaydigan umumiy gaplardan qochishi, kerakli faktlarni o‘z o‘rnida qo‘llay bilishi kerak;

  • har bir o‘qituvchi o‘z o‘quvchilarini O‘zbekistonda va dunyoda ro‘y bergan yangiliklardan, ijtimoiy-siyosiy voqealardan doimiy xabardor qilib borishi lozim;

  • ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan turli tadbirlarda va dars mashg‘ulotlarida targ‘ibotning audio, vizual, ko‘rgazmali vositalar kabi zamonaviy usullaridan foydalanib, psixologlarning o‘quvchi diqqatini dastlabki 6 daqiqa davomidagina jamlab tura olish mumkinligi haqidagi ma’lumotlarini hisobga olgan holda, tadbir yoki darsning tarbiyaviy maqsadiga erishiish uchun o‘quvchilar bilan faol muloqot o‘rnatish kerak;

  • o‘qituvchi o‘quvchilarni toliqtirmaslik, ularning diqqatini doimiy jalb qilib, faollashtirib turish uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalardan, interfaol usullardan, tarixiy va hayotiy misollardan o‘z o‘rnida foydalanishni bilishi lozim;

  • o‘qituvchi o‘z o‘quvchilarini mustaqilligimizning bebaho ne’matligi, Ona Vatanimizning buyuk kelajagiga ishontira bilishi, ularda Milliy g‘urur, faxrlanish tuyg‘ularini uyg‘ota olishi kerak. buning uchun o‘qituvchining o‘zida yuksak ishonch bo‘lishi va shu bilan o‘quvchilarga o‘rnak bo‘lishi eng muhim vosita hisoblanadi. Agar o‘qituvchining o‘zi ishonchsiz ohangda gapirsa, o‘z o‘quvchilarini ishontira olmaydi. Ishontirishda hayotiy misollardan foydalanish o‘quvchini fikrlashga undaydi;

  • o‘qituvchi targ‘ibotning preventiv (oldini oluvchi, ogohlantiruvchi), parallel (voqea sodir bo‘lishi bilan boshlanuvchi) va voqeadan keyin boshlanuvchi turlarini to‘liq o‘zlashtirgan bo‘lishi va amalda tezkor qo‘llay bilishi kerak;

  • o‘qituvchi o‘z o‘quvchilaridagi motivlarni aniqlab, ularning manfaatlariga mos keladigan usullarda (ko‘nglini ko‘tarish, fikrini o‘zgartirish, vatan va millat oldidagi burchini tushuntirish kabi) ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borib, ularda vatan va millat manfaati yo‘lidagi mas’uliyat hissini tarbiyalash lozim;

  • ba’zi ta’lim muassasalari rahbarlari ortiqcha tashvish orttirishni xohlamasdan, nosog‘lom oilaviy muhitida voyaga yetayotgan, maktab sharoitida tarbiyalashning imkoni yo‘q, tarbiyasi og‘ir o‘quvchini tarbiyalash choralarini ko‘rmasdan, mendan ketguncha qabilasidagi qarashlardan, xaspo‘slashlardan voz kechishi shart;

  • o‘qituvchi texnokartik madaniyat tarqalishining oldini olish maqsadida ota-onalar va keng jamoatchilik bilan hamkorlikda o‘quvchilarda internetdan foydalanish madaniyatini takomillashtirish lozim;

  • o‘quvchi-yoshlarda kitob o‘qishga nisbatan havas va qiziqishni kuchaytirish har bir o‘qituvchi va ota-onaning eng muhim vazifasi hisoblanadi;

  • o‘quvchilarni qiziqishlari bo‘yicha turli to‘garak mashg‘ulotlariga keng jalb etish orqali ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish;

  • “oila - umum ta’lim maktab-ta’lim muassasasi hamkorligi”ni mustahkam ta’minlash asosida oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni takomillashtirish hamda shu orqali sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash.

Xullas, bugun ona vatanimiz va jamiyatimiz yangicha fikrlaydigan, yuksak ma’naviyatli komil insonlarni tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifani ado etishda birinchi navbatda o‘qituvchi va murabbiylarga tayanmoqda. Ana shunday ulug‘ nomlarga munosib bo‘lish uchun, barkamol avlodni tarbiyalashdek mashaqqatli vazifani ado etish yo‘lida hormay-tolmay, chin yurakdan mehnat qilish har bir o‘qituvchi va murabbiyning Vatan va xalq oldidagi burchiga aylanishi lozim.
Oila har bir xalqning, millatning davomiyligini saqlaydigan, milliy qadriyatlarning rivojini ta’minlaydigan, yangi avlodni dunyoga keltirib, ma’naviy va jismonan barkamol qilib tarbiyalaydigan, jamiyatning asosiy negizi hisoblanuvchi muqaddas maskandir. Shaxs sifatida shakllanish jarayoni ham aynan ana shu qadrdon oilasida tarkib topgan qadriyatlar zaminida ildiz otadi.
Ma’lumki, oila, jamiyat va davlat bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan va ular bilan bir vaqtda rivojlanib boradigan ijtimoiy makon. U nafaqat axloviy, balki demografik, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa muhim funksiyalarni bajaradi. Shuning uchun ham jamiyat va davlat oilaning faravon bo‘lishidan manfaatdor bo‘ladi. Shuningdek, oila a’zolari bir-biri bilan umumiy turmush, o‘zaro iqtisodiy-mulkiy, huquqiy, ruhiy aloqalar bilan bog‘lanadi.
O‘zbekona oila o‘ziga xosdir va u boshqa xalqlar oila modelidan farqlanadi. Unda avlodlar davomiyligi oila ichida yangi oilaning barpo bo‘lishi, ya’ni muayyan tarbiyaviy, ijtimoiy tajribaga ega bo‘lgan oila negizida amalga oshiriladi.
Oila tarkibida qariyalar va oilaning a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarning ma’naviy-axloqiy jihatlari farzand tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatadi va farzandga namunaviylik imkoniyatlarini oshiradi.
Bunday murakkab oila modeliga nafaqat ota-ona, balki buva va buvi, amma, amaki va boshqalar oila a’zolarining ham ma’naviy yetukligi farzand tarbiyasiga ta’sir o‘tkazadi.
Oila - mustahkam qo‘rg‘on. Biz ana shunday takrorlanmas, qiyosi bo‘lmagan oila institutidan o‘z oldimizga qo‘ygan huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini takomillashtirish kabi ulug‘vor maqsadlarimiz yo‘lida samarali foydalanishimiz lozim. Buning uchun O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti ta’kidlaganidek: “Mamlakatimizda oila institutini rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha yangidan qabul qilinadigan qonunlarda bugungi va ertangi kunimiz talablari aks etishi, amaldagi qonun hujjatlariga zarur o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, bu masalaga jamiyatimiz e’tiborini yanada kuchaytirish”1 zarur bo‘ladi.
O‘zbekistonda oila institutini amalda mustahkamlash borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilgan. Bularga oila va nikoh munosabatlarini takomillashtirishning qonuniy bazasi yaratilgani, “Oila Kodeksi”ning qabul qilinishi, O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolik kodeksi”da “Mehnat kodeksi”da, “Uy-joy kodeksi”da oila a’zolarining mulkiy munosabatlari, ularning ulushlari, merosxo‘rlik, vorislik huquqlarining kafolatlanganligi bu boradagi ishlarning ijobiy natijasidir.
Oilaning jamiyat hayoti va taraqqiyotidagi ahamiyati haqida Abdurauf Fitrat shunday degan edi: “Har bir oilaning saodati va izati, albatta, shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog‘liq. Tinchlik va totuvlik esa shu millat oilalarning intizomiga tayanadi, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va tartibli bo‘ladi. Agarda bir mamlakatning axolisi axloqsiz va johillik bilan oilaviy munosabatlarni zaiflashtirib yuborsa va intizomsizlikka yo‘l qo‘ysa, shunda bu millatning saodati va hayoti shubha ostida qoladi”2.
Oilada hayotning asosiy maqsadi avlodlarni davom ettirish va yuqori sinf o’quvchilari tarbiyasidir. Har qanday tarbiyaning bosh maktabi esa, ota-onaning o‘zaro munosabatidir. Oilaviy munosabat madaniyatining takomillashishi yosh avlodning moddiy olam, ijtimoiy hayot haqidagi tasavvurlari, nuqtai-nazari, tushunchalari, dunyoqarashlari va sharqona axloq qoidalariga ularga rioya etishning yo‘llarini ko‘rsatadi. Yosh avlodning ma’naviy qiyofasi, ularning xatti-harakati, xulqtvori dastlab oilaviy munosabat madaniyati ta’sirida shakllanadi va o‘zining his-tuyg‘usini, ichki tug‘yonini, orzu umidlarini shu munosabat jarayonida ifodalaydi. Shuning uchun ham, jamiyat taraqqiyotida inson shaxsining shakllanishi, ularning bir-birlari bilan munosabatida, hamkorligida vujudga keladi.
Demak, barkamol avlodning ma’naviy va madaniy yuksalishida mustahkam va barqaror oila zarur. Chunki jamiyatning yomonlik va buzg‘unchilikning barcha turlaridan xoli bo‘lish avvalo oilaning tinchligi, totuvligi, ahilligiga bog‘liq. Oiladagi tinchlik, xotirjamlik, saodatini ta’minlash oilaning har bir a’zosi o‘z mas’uliyatini to‘liq his qilishshi, bajarishi bilan barqaror va mustahkam bo‘ladi.
2016 yilning “Sog‘lom ona va bola yili” deb e’lon qilinishi bu boradagi vazifalarni yana davom ettirishning aniq rejasini belgilab beradi, desak, mubolag‘a emas.
Shundan kelib chiqib, birgina maktabgacha yoshdagi yuqori sinf o’quvchilari ta’lim-tarbiyasiga qaratilayotgan e’tibor haqida to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, bu borada ham katta ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturining 66 (22)-bandida keltirilganidek:

  • 2015-2020 yillarda yuqori sinf o’quvchilarini ayniqsa, qishloq joylarda maktabga tayyorlashni yaxshilashga yo‘naltirilgan maktabgacha ta’lim tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha Davlat dasturi loyihasi ishlab chiqildi;

  • yuqori sinf o’quvchilarini qamrab olishning past ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan aholi punktlarida maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini bosqichma-bosqich mustahkamlash, mukammal ta’mirlash va jihozlash, shuningdek, yangi muassasalar qurish;

  • yuqori sinf o’quvchilarini maktabgacha ta’lim bilan 45 foizgacha qamrab olishni ta’minlash uchun mavjud quvvatlardan foydalanish koeffitsientini ko‘paytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish

Bola maktabgacha ta’limni uyda, ota-onalarning mustaqil ravishda ta’lim va tarbiya berishi orqali yoki doimiy faoliyat ko‘rsatadigan maktabgacha ta’lim muassasalariga jalb qilinmagan yuqori sinf o’quvchilari uchun yuqori sinf o’quvchilari bog‘chalarida, maktablarda, umum ta’lim maktablarda tashkil etilgan maxsus guruhlar va markazlarda oladi. Bu yerda ular haftada 2-3 marta shug‘ullanishadi.
68 (24)-bandida ham mktabgacha ta’limga qamrab olinmagan yuqori sinf o’quvchilari uchun 1220 ta qisqa muddatli guruhlar tashkil etish ko‘zda tutilganki, bu yuqori sinf o’quvchilarini maktabga tayyorlash darajasini oshiradi.
Davlat dasturining 67-(23)-bandida maktabgacha ta’lim muassasa-larini yuqori sinf o’quvchilari intellekti, mantiqiy fikrlashi barvaqt rivojlanishiga ko‘maklashuvchi va harakatlanishni rivojlantiruvchi ko‘rgazmali qo‘llanmalar, didaktik materiallar, mantiqiy o‘yinlar va o‘yinchoqlar bilan ta’minlash vazifalari belgilandiki, bu yuqori sinf o’quvchilarini maktab ta’limiga tayyorlashning sifat va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Ayniqsa, maktabgach yoshdagi yuqori sinf o’quvchilarini maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha 5 nomdagi rangli kitoblar chop etilib, maktab kutubxonalariga yetkazildi va undan ota-onalar farzandlarini maktab ta’limiga tayyorlashda keng foydalanmoqdalar.
Davlat dasturining 69(28)-bandida maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim metodistlari, maktabgacha ta’lim muassasalari defektologlari va umumta’lim maktablari boshlng‘ich sinflar logopedlarining asosiy vazifalari va funksiyalarini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish, ularning faoliyatini baholash mezonlarini tanqidiy baho bergan holda qayta ko‘rib chiqish; metodistlar, defektologlar, logopedalarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini, muassasalarning ular bilan ta’minlanganligini yaxshilash shu jumladan, ushbu lavozimlarni joriy etish normativlarini qayta ko‘rib chiqish va ulrni moddiy rag‘batlantirish choralarini ko‘rish vazifalari belgilb olindiki, bu kelgusi avlodlarni benuqson, kamchiliklarsiz, sog‘lom voyaga yetkazishga qaratilgan ta’sirchan choralardan biridir.
Davlat dasutrini bandma-band o‘rganib chiqish, tegishli bandlari bo‘yicha aniq tadbirlar belgilash:

  • har bir xodim tomonidan unga topshirilgan vazifalar va qo‘shimcha imkoniyatlari doirasidagi tadbirlarni rivojlantirishga erishish;

  • keng ko‘lamli chora-tadbirlarniamalga oshirishdan ko‘zlangan maqsad va vazifalar, ularning mazmun-mohiyati va tamoyillrini belgilash;

  • amalga oshirilgan va oshirilishi ko‘zlangan tadbirlar yuzasidan pedagogik jamoa, ota-onalar, o‘quvchilar, mutasadi hamkor tashkilotlar, keng jamoatchilikka Dasturning ma’naviy-ma’rifiy, g‘oyaviy-tarbiyaviy xususiyatlari va unga bog‘liq siyosat masalalarida tushuntirish, targ‘ibot, tashviqot ishlarini olib boorish;

  • ota-onalar ishtirokidagi davra suhbatlari, o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan tarbiyaviy soatlarda tushuntirish ishlarini tashkil etish;

  • “Sog‘lom oila va bola - baxtli oilaning asosi, baxtli oila esa gullab, yashnayotgan davlatning asosi” degan muhim hayotbaxsh qadriyat va ezgu g‘oyaning jamiyatda mustahkamlanishida ta’lim tizimining salmoqli hissasini qo‘shish hamda o‘rni beqiyos ekanini fuqarolar ongiga singdirish;

  • har bir belgilangan tadbir va vazifalarning sifatli va samarali bo‘lishi hamda natijaviyligiga erishish;

  • belgilangan tadbirlarning amalga oshirilishini tizimli nazorat qilish hamda axborotlarni o‘rgatilgn tartibda o‘z muddatida taqdim etish va boshqalar.

Demak, oilada inson kamoloti uchun eng muhim bo‘lgan omillarning barchasi mvjud. Ya’ni bu yerda sog‘lom muhit bor, u o‘zining ma’naviy tayanchlariga ega, boshqacha aytganda, yaxshilik va yomonlik, ezgulik va yovuzlikni farqini anglab turadigan qadriyatlar mavjud. Shuningdek, oilada do‘stlik, inoqlik, mehr-oqibat, ustoz-shogirdlik muhiti mavjud. Bu yerda barcha bir-biriga tayanch va suyanch bo‘ladi, hamma bir-birini qadrlaydi.
Davlat dasturlari doirasida nafaqat jismonan sog‘lom, balki m’naviy barkmol shaxs tarbiyasi masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan. 2016 yil “Sog‘lom ona va bola” Davlat dasturining 39-bandida oilada o‘zaro hurmat, mehr va muhabbat, yuksak ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarni saqlash, yoshlarga sog‘lom turmush tarzini singdirish maqsadida:

  • “Orasta qizlar davrasi” tanlovi hududiy bosqich g‘oliblari o‘rtasida “12 yillik majrubiy ta’lim mening saodatim uchun” shiori ostida “Mhallaning eng orasta qizlari” nomli Respublika forumini tashkil etish;

  • 15 may Xalqaro oila kuniga bag‘ishlangan “Oilaning oltin qo‘rg‘oni” nomli telemarofonini o‘tkazish;

  • “Ma’naviyat oiladan boshlanadi” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini o‘tkazish;

  • Umum ta’lim maktablarda “Mehribon qaynona” tanlovini o‘tkazish;

  • Akademik litsey va kasb-hunar kollej o‘quvchi qizlari o‘rtasida ularning onalari, opalari hamda kelinlar ishtirokida “Gulshan aro gulchehralar” nomli ko‘rik tanlovlarni tashkil etish kabi masalalar maqsadli amalga oshirilishi aniq belgilab qo‘yilgani fikrimizning dalilidir.

Farzand tarbiyasida oiladagilarni bir-birini yaxshi tushunishi, qo‘llab-quvvatlshi, o‘zaro yaxshi muomalada bo‘lishi eng muhim omillardan biridir.
Yuqori sinf o’quvchilarining ma’naviy barkamol va jismoniy sog‘lom bo‘lishlari uchun ota-onalar quy idagilarni amalga oshirishlari tavsiya etiladi:

  • oilada sog‘lom ijtimoiy muhitni yaratish, milliy ruh va turmush tarziga asoslangan holda farzandlarda ota-ona va Vatanga muhabbat tuyg‘ularini takomillashtirish;

  • farzandlarning chuqur dunyoviy bilim olishlarini ta’minlashda ota-onalarning o‘z ustida ishlashi;

  • yuqori sinf o’quvchilarini mustaqil fikrlashga o‘rgatish, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda ota-onalar o‘z bilim darajalarini oshirib borishlari;

  • oilada bir-birini doimiy ham ma’naviy, ham ruhan qo‘llab-quvvatlash, turli muammoli vaziyatlarni oqilona hal etishda ularni muloqot madaniyatiga o‘rgatib borish;

  • ota-ona va farzand o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni mustahkamlashda turli mavzularda suhbatlar uyushtirish;

  • ota-ona farzandlarining xatti-harakatlari uchun javobgar ekanliklarini his etishlari;

  • farzandlarini oilaviy hayotga tarbiyalashda ular ongiga ajdodlardan o‘tib kelayotgan ma’naviy meros, axloq-odob, an’analarni bugungi kun bilan uyg‘unlashtirgan holda singdirib borish.

Har qanday ijtimoiy tarbiya qanchalik samarali bo‘lmasin, oila o‘rnini bosa olmaydi. Demak, jamiyat hmma sohada oilaga uning o‘lmas an’analariga tayangani kabi mafkura va ma’naviyatni yosh avlod qalbiga singdirishda ham unga suyanadi. Shuning uchun bugungi kunda yurtimizja oila, sog‘lom avlod to‘g‘risida qilinayotgan g‘amxo‘rlik o‘z ma’no-mohiyati bilan jamiyat mafkurasini yangicha qarashlar bilan boyitadi va takomillashtirib boradi.
Globallashuv jarayonlari tufayli dunyoda oila-tanazzuli boshlangan, dunyoning ko‘pgina qudratli davltalarida ma’naviy tubanlik, erkin muhabbat, bir jinsli nikohlar, ajralishlar, axloqiy buzuqlik, xiyonat, erta turmush va ertatug‘ruq, xudbinlik muammolari ko‘payib borayotgan bir paytda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab yurtimizda oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofza qilish masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangani, keng ko‘lamlik umummilliy dasturlar doirasida ulkan ishlar amalga oshirilayotganini barchamiz yaxshi bilamiz.
Sohaga oid dunyoning eng nufuzli tashkilotlari, xususan, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST), BMTning Yuqori sinf o’quvchilari fondi (YuNISEF), BMT Aholishunoslik fondlari O‘zbekistonda oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish borasida olib borilayotgan siyosatni butun dunyoga namuna qilib ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston “Yuqori sinf o’quvchilarini asraylik” xalqaro tashkiloti tomonidan tuzilgan jahon reytingida yuqori sinf o’quvchilari salomatligini mustahkamlash borasida katta g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotgan eng ilg‘or yetakchi o‘n mamlakat qatoriga kiritilgan.
Bu borada indeks 10 ming aholiga xizmat ko‘rsatayotgan tibbiyot xodimlari soni, mamlakatning barcha hududlarida tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari va ularning samaradorlik darajasi kabi qator muhim ko‘rsatkichlarga asoslangan. Shuningdek, yuqori sinf o’quvchilarining muntazam emlashga qamrab olinishi darajasi, ayollarga tug‘ish paytida sifatli tez tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatlari kabi omillar ham e’tiborga olingan. Mamlakatimiz ana shu ko‘rsatkichlarning barchasi bo‘yicha reytingda to‘qqizinchi o‘rinni egallagan.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bu ulkan ishlar hozirdanoq o‘z samarasini berib, kelajakda buyuk davlat qurish poydevorini yaratmoqda. Taqqoslash uchun 2014 yil - “Sog‘lom bola yili”da amalga oshirilgan jami moliyaviy harajatlar 4 509,2 milliard so‘m, 302,9 million AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2016 yil - “Sog‘lom ona va bola yili” uchun 7 483,3 milliard so‘m va ekvivalentda 194 million AQSh dollari ajratilishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2016 yil 9 fevral kuni oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollar mnfaatlarini himoya qilish, sog‘lom bolani tarbiyalash yo‘nalishida yana bir tarixiy hujjat “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi to‘g‘risidagi PQ-2487-son Qarori qabul qilindi.
Mazkur tarixiy hujjatda quyidagi vazifalar o‘z ifodasini topgan:

  • oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollar manfaatlarini himoya qilish, sog‘lom bolani tarbiyalashda ularning rolini oshirish, kuchli, barqaror va ravnaq topayotgan davlatning negizi sifatida oila institutini mustahkamlashga yo‘naltirilgan qonunchilik va normativ-huquqiy bazani yanda takomillashtirish;

  • olis va chekka qishloq tumanlarida yashayotgan aholi, ayniqsa, ayollar uchun zarur ijtimoiy, maishiy va tibbiy nuqtai nazardan zarur shart-sharoitlar yaratish, qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosidagi zamonaviy uy-joylar, ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini barpo etish, qishloq aholisini toza ichimlik suv, tabiiy gaz bilan ta’minlash, xizmatlar ko‘rsatish va servis darajasini yuksaltirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish;

  • tibbiyot muassasalarining, jumladan, perintal va skrining markazlarining moddiy-texnika bazasini va kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlash, oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarining ish samaradorligini oshirish, ptronaj tibbiyot hamshiralarining sonini ko‘paytirishni ta’minlash, akusher-ginekologlar va yuqori sinf o’quvchilari shifokorlari malakasini oshirish;

  • nikohga kirayotgan shaxslarning nikohdan oldin to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlash uchun tibbiyt xodimlarining mas’uliyatini kuchaytirish, shu asosda tug‘ma va irsiy kasalliklar sonini kmaytirish hamda ushbu maqsadlarda poliklinikalarni zamonaviy tashxis uskunalari bilan jihozlash, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, mustahkam oila qurish va sog‘lom farzand tug‘ilishi uchun nikohdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tishning muhimligini aholi keng qatlamlari ongiga singdirishga qaratilgan keng qamrovli tushuntirish ishlarini olib borish;

  • aholining tibbiy mdaniyatini oshirish, sanitariya va gigiena, homilador ayollarning sog‘lig‘ini saqlash va psixofiziologik ahvolini yaxshilash, yosh onalar va yuqori sinf o’quvchilarini tegishli tarzda prvarish qilish sohasidagi ishlarni kuchaytirish, ularning ovqatlanish ratsioni sifati va kaloriyasi yaxshilanishini ta’minlash;

  • yoshlar orasida jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashtirish, yoshlarni, ayniqsa qishloq joylarda qizlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishiga jalb etish, yangi sport ob’ektlarini qurish, ishlab turganlarining moddiy-texnika bazasini mukstahkamlash, ularni zamonaviy sport uskunalar va anjomlari bilan jihozlash, yuqori malakali trener kadrlar va murabbiylar bilan ta’minlash;

  • mamlakatimizda tinchlik, osoyishtalik va faravonlikni yanada mustahkamlashning muhim sharti sifatida oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni, xususan, o‘zaro hurmat-ehtirom, er-xotin o‘rtasida, ota-onalar bilan farzandlar, qaynona-kelin o‘rtasida, qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasida mehr-oqibat ruhini takomillashtirish;

  • qiz yuqori sinf o’quvchilarini - bo‘lajak onalarni - jismonan sog‘lom va intellektual rivojlangan tarzda voyaga yetkzish, ularning akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida albatta ta’lim olishini, zamonaviy bilimlar va kasb-hunarlarga ega bo‘lishlarini ta’minlash, ularning hayotda munosib o‘rin egallashlarida, kelajakda sog‘lom va mustahkam oila qurishlarida asosiy shart hisoblangan hayotga bo‘lgan mustahkam nuqtai nazarni va mustaqil fikrlashni takomillashtirish;

  • sog‘lom bolani voyaga yetkazishda ta’lim tizimining rolini kuchaytirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini yanada rivojlantirish, yuqori sinf o’quvchilarini maktabga tayyorlash darajasini tubdan oshirish, ilg‘or pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etgan holda boshlang‘ich ta’limning yuqori sifatini ta’minlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish tadbirlarini amalga oshirish.

Mazkur tarixiy hujjat talablaridan kelib chiqib, oilalarimiz jamiyat va mamlakatimiz taraqqiyoti uchun quyidagilarni amalga oshirishlari lozim:

  • farzandlarimizni barkmol inson etib tarbiyalash, xususan, ona-Vatanga sadoqat tuyg‘ulari, fidoyi vatanparvarni voyaga yetkazish va tarbiyalash;

  • oilalarda farzandlarga shaxs sifatida qarash, sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaratish, zamonaviy ta’lim va tarbiya olishlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berish;

  • farzandlarimizni qiziqishi, iqtidori va ehtiyojlarini inobatga olib, to‘g‘ri yo‘naltirish;

  • farzandlarimizni turli ma’naviy tahdidlar, xususan, diniy ekstremizm, xalqaro terrorizm, “ommaviy madaniyat” va giyohvandlik ta’sirlaridan (ayniqsa, hozirgi kunda tobora tezlashib, ommalashib borayotgan informatsion: OAV, mobil, kompyuter va internetning salbiy xurujlaridan) asrash.

Xulosa qilib shuni aytish lozimki, O‘zbekistonda istiqlolning dastlabki kunlaridan boshlab amalga oshirib kelinayotgan sog‘lom, barkamol avlodni tarbiyalash masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlridan biriga aylandi. Xalqimiz, jamiyatimiz, mamlakatimiz uchun Sog‘lom ona, sog‘lom farzand masalasi bundan keyin ham eng dolzarb ustuvor masala bo‘lib qolaveradi.
Ko‘p tillilik muhitida oilaviy tarbiyani takomillashtirish munosabatlari boshqa millat insonlari o‘zlarini fikrlari so‘ralganda, ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri, biz yashayotgan jamiyatning ustuvor qonunlari, qoidalariga munosabatimiz yuqori darajada, hech bir narsadan kamchiligimiz yo‘q, tinch yashamoqdamiz degan munosabatlar bildirib, bu jamiyatdan xursand ekanligini bildirdi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin