milliy qadriyatlar - millat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bog‘liq qadriyat shakllari, milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, ma’naviyati hamda madaniyati bilan uzviy bog‘liq holda namoyon bo‘ladi.
milliy mentalitet. (lot. Meng - aql, idrok, zehn, fahm-farosat) - millatning tarixan shakllangan tafakkur darajasi, ma’naviy salohiyati, yashash va fikrlash tarzi, muayyan ijtimoiy sharoitlarda kamolga yetgan qobiliyati va ruhiy quvvati. Bu tushuncha millatga xos an’analar, rasm-rusmlar, urf-odatlar, diniy e’tiqodni ham o‘z ichiga oladi. O‘z navbatida u muayyan millatga mansub kishining turmush tarzi, fikrlashi, dunyoqarashini ham bir qadar belgilaydi, gohida uni baholash uchun asos bo‘ladi, chunki oilaviy tarbiya munosabatlarini takomillashtirish texnologiyasi nazariy va amaliy jihatidan Surxondaryo viloyatidagi, tumalardagi va hududlarda hamda umum ta’lim maktablarda 50 dan ortiq yashab turgan millat vakillari bilan olib borilgan davra suhbatlari, anketalar va test-savollari shuni ko‘rsatadiki: russiy zabon oilalarda, qozoq oilalarda o‘tkazilgan suhbatlarida do‘stlik, birdamlik, mehr-oqibat kabi tarbiyaviy savollar bilan suhbatla-shildi, ularni o‘zbek xalqiga bo‘lgan munosabatlari yaxshi ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Ko‘p tillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarini takomillashtirish texnologiyalarini o‘rganish tarbiyaning milliy sifatlari mazmun-mohiyati, maqsad vazifalari quyidagi asosiy sifatlar omili bilan cheklanadi:
insonlar ongida tarixiy xotirani uyg‘otish, o‘tmishdan saboq olish va o‘zlikni anglash mezonini ishlab chiqilishi;
xalqimizni tub maqsadlari irodasi va jamiyat a’zolarini birlashtiruvchi g‘oyaviy bayroq vazifasini anglab yetish;
inson qalbi va ongiga ijobiy ta’sir etadigan tushuncha va tuyg‘ular, go‘zal va hayotiy g‘oyalar tizimini o‘zida mujassam etmog‘i lozim;
har bir millat va fuqarolik ezgu niyatlarini ro‘yobga chiqarishiga imkon beradigan eng maqbul yo‘lni ko‘rsata olish omillari;
millat, xalq va jamiyatni birlashtiruvchi kuch, yuksak ishonch-e’tiqodning manbai bo‘lishi kerak;
O‘zbekiston yashovchi barcha xalq, millat, elat, ijtimoiy qatlam va din vakillariga birday taalluqli bo‘lishi zarur;
Mamlakatimiz aholisi va boshqa millatlar ongida va qalbida “O‘zbekiston - yagona Vatan” degan tuyg‘uni yuksak darajada takomillashtirishga xizmat qilinishi;
turli millat, qatlam, din vakillari, siyosiy partiya va ijtimoiy guruhlar mafkurasidan ustun turadigan sotsial fenomen-ijtimoiy hodisa mazmuniga ega bo‘lmog‘i darkor;
biror-bir dunyoqarashni mutlaqlashtirmaslik yoki biron-bir kuch, partiya yoki guruh qo‘lida siyosiy qurolga aylanmaslik;
har qanday ilg‘or g‘oyani o‘ziga singdirishi va har qanday yovuz g‘oyaga qarshi javob olishi mumkin;
sub’ektivizm, vamonterizm kabi illatlardan xoli va jamoatchilikning xolis fikriga tayanuvchi ob’ektiv mafkura bo‘lishi zarur;
so‘z bilan ishni, nazariya bilan hayotni birlashtirish olishi imkon qadar maqsadga muvofiq bo‘lishi kerak;
davr o‘zgarishlariga qarab, o‘zi ifodalaydigan g‘oya, manfaat, maqsad-muddolarni amalga oshirishning yangi-yangi vositalarini tavsiya eta olish, ya’ni yangicha vaziyatga tez moslashadigan hozir javob va ijodiy asoslanishi kerak;
milliy sifatlar mafkurasi ana shu qayd etilgan sifatlarni ko‘p tillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarni takomillashtirishga ega bo‘lgan taqdirdagina jamiyat hayotida yetakchi ma’naviy-ma’rifiy omilga aylanishi va kutilayotgan muhim vazifalarni bajara olishi mumkin bo‘lgan e’tiqodga ega bo‘ladi.
Shuningdek, viloyat va tumanlardagi umum ta’lim maktab hamda millat madaniyat markazlari orasida milliy istiqlol tamoyillari to‘g‘risida o‘tkazilgan munosabatlar tamoyillari haqida fikrlar, suhbatlar, anketa, test-so‘rovnomalarini o‘tkazish uchun tamoyillarni to‘liq mazmuni, ular orasida ifodalandi. Bunda milliy istiqlol mafkurasi O‘zbekistonda millatlar ozod Vatan, erkin va faravon hayot yaratishga qaratilgan umummilliy, umuminsoniy hodisa sifatida quyidagi bir qator o‘ziga xos amal qilish tamoyillariga ham ega ekanligi asoslandi:
bunda davlatimizning hududiy yaxlitligi va sarhadlari dahlsizligini ta’minlashda yordam berishligi;
doimo, qonun ustuvorligigini ta’minlash;
bizda, demokratiya va o‘z o‘zini boshqarishning hayotda mustahkam o‘rin egallashiga asoslanishi;
zaruriyat bo‘lganda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uyg‘unligiga tayanish;
xalqimizni udumlari, an’analari xalqaro huquq va qoidalariga mos kelishi;
iqtisodiy imoralizm va xilma-xil mulkchilikning erkin shakllanishini ta’minlash;
dunyo miqyosida davlatning bosh islohotchi ekanligi va mamlakatda ijtimoiy barqarorlikning ta’minlanganligiga tayanish;
bizda doimo vijdon erkinligi va fikrlar rang-barangligi muhitini takomillashtirish tamoyili;
milliy istiqlol o‘tish davrida aholining ijtimoiy himoyalanganligi, jamiyat hayoti barcha sohalarining erkinlashuvi, islohatlarning tadrijiyligi jarayonlariga xizmat qilish tamoyili.
Mazkur tamoyillarningbarchasini ko‘p tillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlari orqali taxlil qilganimizda, rus, qozoq, qirg‘iz millatlari, bu tamoyillarning barchasi bir-biri bilan chambarchas aloqada va bog‘liqlikda namoyon bo‘ladi. Biz bunday munosabatlarga qo‘shilamiz, bevosita o‘zimizning millatlarimiz orasida foydalanish imkoniyatiga bo‘lamiz, degan fikr bildirdilar.
Tojik va afg‘on millatlari bunday tamoyillar bizning davlatimizda ham mavjud, ammo mazmuni, tuzilishi qisman bo‘lsada farq qiladi, lekin bunday tamoyillar bizning davlatimizda bo‘lsa yaxshi bo‘lar edi.
Turkman millati vakillari esa, bunday tamoyillarga to‘liq qo‘shila olmasligini bildirib, bizning udumlarimiz, urf-odatlarimiz, an’analarimiz, boshqachadir, lekin bunday tamoyillar bizga ham yoqadi. Demak, o‘z navbatida, ularning respublikamizda yashovchi barcha millat va elat vakillarining umumiy manfaatlarini, xalqimizning asrlar mobaynida intilib kelgan orzu-ideallarini, olijanob maqsad - muddaolarini o‘zida mujassam etishi bilan belgilanadi.
O‘tkazilgan tajriba-sinov sifatida, ko‘p tillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarini takomillashtirish xususiyatlariga oid bo‘lgan, milliy istiqlol g‘oyasining asosiy xususiyatlari bo‘yicha suhbatlar, muloqotlar, anketa, test-savollari o‘tkazilganida, ularga milliy xususiyatlar bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar berildi:
Bunda asosan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, demokratik tamoyillariga asoslanadi. Binobarin, u qonuniylikka, umume’tirof etilgan talablarga, umumbashariy tamoyillarga va milliy manfaatlarga mos kelishi;
asosan xalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma’naviyat, an’ana va udumlari, ulug‘ bobokalonlarimizning o‘lmas merosidan oziqlanadi. Bu milliy mafkuramizning chuqur tarixiy va boy ma’naviy asosga ega ekanligidan dalolat beradi;
davlatimizda adolat va haqiqat, erkinlik va mustaqillik g‘oyalari hamda xalqimizning ishonch va e’tiqodini aks ettiradi. Bilamizki, bu ulug‘ g‘oyalar istiqlol sari intilgan har bir xalqning ezgu maqsadi, ishonch va e’tiqodi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi;
biz uchun, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq faravonligini ta’minlashga xizmat qiladi. Bu tamoiyil uning jamiyat a’zolarini aniq maqsad sari safarbar qiluvchi, ularni bu yo‘lda uyushtiruvchi ma’naviy omil sifatida mohiyatga ega ekanini ifodalanadi;
turli millat jamiyat a’zolarini, aholining barcha qatlamlarini O‘zbekistonning buyuk kelajagini yaratishga safarbar etadi. Bu olijanob maqsadlarga erishish fuqarolarning hamjihatligiga, o‘zimizning burchimizni qay darajada anglashimiz, ertangi kunga bo‘lgan ishonchimizga ko‘p jihatdan bog‘liqligi ma’lum bo‘ldi;
bizning mamlakatimizda kimligidan qat’iy nazar millati va dinidan qat’i nazar, mamlakatimizning har bir fuqarosi qalbida ona-Vatanga muhabbat, mustaqillik g‘oyalariga sadoqat va o‘zaro hurmat tuyg‘usini qaror toptiradi. Bu qoida har bir fuqaro ongiga Vatanning muqaddasligini oshirishga xizmat qiladi.
Millatimizdagi jamoatchilik qalbi va ongiga fikrlar xilma-xilligi, vijdon erkinligi kabi demokratik tamoyillariga rioya qilgan holda ma’rifat yo‘l bilan singdiriladi.
Yuqorida bayon etilgan milliy g‘oya tafakkuri xususiyatlari bilan o‘tkazilgan ilmiy-uslubiy munozaralar, ko‘p tillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlari orasida, juda qiziqish, turli fikrlar, g‘oyalar, munosabatlarni keltirib chiqardi. Barcha, turli millatga mansub vakillariga milliy istiqlol g‘oyasi xususiyatlari maqul bo‘ldi. Iloji bo‘lsa bizning jamiyatimizda - Vatanimizda ham, ana shunday xususiyatlar ishlab chiqilsa, xalqimizning kelajagi, yangi jamiyat qurish uchun yangi dastur, yo‘llanma bo‘lar edi, degan fikrlarini bildirishdi. Bundan ma’lum bo‘ldiki, milliy istiqlol mafkurasi yaxlit intizom bo‘lganidan uning barcha xususityalari o‘zaro aloqadorlikda va uzviy bog‘liqlikda millatlar orasida namoyon bo‘ladi.
Demak, ko‘ptillilik olib borilgan munosabatlar, shuni bildiradiki mamlakatimizda yashayotgan turli fuqarolar kimligidan, qaysi millatdan qat’i nazar, shu davlatni konstitutsiyasi qonunlari asosida hayot kechirmoqda. Buni esa, bizni ko‘p tillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlari orqali ilmiy-uslubiy jihatdan asosladik. Olib borilgan ilmiy tadqiqot ishimiz pedagogik-psixologik jihatdan ilmiy-nazariy asoslanganligi bilan ahamiyatga ekanligida amalga oshirilmoqda.