O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti qo‘lyozma huquqida


Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə12/22
tarix08.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#126726
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
dissertasiya ishim

Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi.
Millatlararo ko‘ptillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarini takomillashtirishda olib borilgan tajriba-sinov natijalarini ilmiy-uslubiy jihatdan asoslanganligi
Ko‘ptillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarini takomillashtirish texnologiyalarini rivojlanganlik darajasini aniqlashga xizmat qiladigan mezonlarga oid taklifnomalar va uslubiy metodlar qo‘llanilgan (oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 iyundagi 89-03-1967-son ma’lumotnomasi) asosida, ko‘p tillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabat-larini, o‘zbek, tojik, qozoq, qirg‘iz, rus, turkman va afg‘on millatlaridagi tarbiyaviy, axloqiy, tinch-totuvlik munosabatlarini ilmiy-uslubiy asoslashga oid o‘ziga xos bo‘lgan takliflar, tavsiyalarni berilganligi; millatlararo munosabatlarda, ular orasida “Men kimman”, “Mening oilam”, “Men yashab turgan Vatan” texnologiyalari vositasida ma’naviy tafakkurni tarbiyalash modelini o‘zaro integretiv uyg‘unlashtirishga oid takliflari ishlab chiqilganligi.
Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Mazkur tadqiqot natijalari 5 ta xalqaro, 11 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarda muhokamadan o‘tkazilgan.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi.
Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 17 ta ilmiy ish, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan doktorlik dissertatsiyalarning asosiy natijalarini chop etish uchun tavsiya etilgan nashrlarda 5 ta, 5 tasi Respublika va 5 tasi xorijiy jurnallarda nashr etilgan.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.
Dissertatsiya kirish, 3 bob, 8 paragraf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat. Dissertatsiyaning umumiy hajmi 120 bet.


  1. BOB. KO‘PTILLILIK MUHITIDA YUQORI SINF O‘QUVCHILARINI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASHNING ILMIY-NAZARIY SOSLARI.


Sharqda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga qadimdan jiddiy ahamiyat berilgan. Jumladan Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Kaykovus, Alisher Navoiy, Rizouddin Ibn Faxriddin kabi allomalar bu masala yo’zasidan o’zlarining durdona fikrlarini tarixda qoldirib ketganlarki, ular hozirgacha o’z ahamiyatini yuqotmagan. Ular «Nasixatnoma», «Pandnoma», «Xikmatnoma» tarzida bizgacha yetib kelgan. Bu manbaalarda qizlarni hayotga tayyorlashda, ularda birinchi navbatda insoniy fazilatlar shakllangan bo’lishi, oila muqaddas, uni avaylab asrash aynan uy bekalariga bog’liq ekanligi xaqida turli tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan xodisalar xikoya qilinadi. «Kaykovus Unsurulmaoni – 63 yoshida o’g’liga atab «Qobusnoma» yozib, unda o’zining bola tarbiyasi, oilaviy hayot, shaxs kamoloti masalalarini bayon etdi. Vasila Karimova “Oila ma’rifati” ushbu risola muallifining “Oila ma’rifati” ruknida chop etilayotgan risolalarining dastlabkisi bo’lib, bu bevosita oilaviy hayot bo’sag’asida turgan yoshlar hamda endigina nikox qurib, yaxshi niyatlar bilan turmush qurgan kuyov va kelinchaklarga mo’ljallangan. Unda asosiy e’tibor oila ilmining mazmun mohiyati, oila ma’rifatini tashkil etuvchi omillar va baxtli hayot kechirishni aslida hammaga ma’lum bo’lgan, lekin amalda har doim ham egallash oson bo’lmagan jihatlarga qaratilgan. Muallif “Oila ma’rifati”ga erishish, ya’ni kelin-kuyovlar, yoshlar hamda ularning ota-onalar savodxonligini oshirish orqali, oilaviy muhitda ma’naviy qadriyatlarni barqarorlashtirishga erishishni ko’zda tutgan. A.Avloniy “Tarbiya biz uchun yo hayot yo mamot, yo najot- yo halokat, yo saodat- yo falokat” masalasidir degan fikri o’zbekning kun tartibidan tushmasligi lozim. Chunki avvalgiga o’xshab qariyalar keksalar yoshlarni odob axloqqa chaqirib yoshlar esa ularni xurmatlab, ularning o’gitiga amal qilish udumi yo’qolib bormoqda. Har kim o’zi bilan ovora birovning gapi birovga yoqmaydi. Kovolyov S.V. o’smir va qizlarda oila va nikoh tushunchalari haqidagi taasavvurlarga ega bo’lishlari juda muhimdir deydi. Nikoh va sevgi tushunchalari 13-15 yoshli bolalarda qarama-qarshi tushunchalar ekanligi bilan ko’zatiladi, ya’ni ular sevgi va nikoh bir-biriga teskari tushunchalar ekan deb tushunadilar. Talabalarda umr yo’ldosh tanlashda sevgi tushunchasi faqat 4 o’rinda, ya’ni xurmat qilish, ishonch, bir-birini tushunish kabi xislatlardan keyin turadi. Yoshlar oilani jiddiy qabul qilmaydilar. Natijada juda ko’p xatoliklarga yo’l qo’yib, keyinchalik oilaning muhimligini psixologik tan oladilar. Bizning asosiy vazifamiz shuki, o’smirlarda oilaning qadrini, sevgi, nikoh oiladagi sevgini ro’li muhimligini va u uzoq va baxtli hayot garovi ekanligini o’qtirishdir. Zapepin V.I. ning ta’kidlashicha talabalar bilan bo’lgan natijalarda shu narsa ma’lum bo’ldiki, ularning tasavvurlaridagi umr yo’ldoshi real hayotdagi insonlarda katta farq qiladi va ularning talablariga umuman javob bera olmaydi. Sisenko V.Aning oilaviy hayotga tayyorlashni asosiy yo’llanmalari. 1.Psixologik “Oilaviy hayotga kerak bo’ladigan bilimlar” 2. Pedagogik bolalarni tarbiyalashdagi qo’llanmalar. 3. Sanitar gigiyenik tarbiya “Oila hayot gigiyenasi” 4.Ekonomik va maishiy xizmat. 1.2. Ijtimoiy psixologiyada yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash muammosining yoritilishi. Oila ijtimoiy jamiyatning kichik bo’g’ini sifatida muayyan xalq, millat yoki elatning milliy xususiyatlari, shuningdek, mavjud tuzum mazmunini o’zida namoyon etadi. Oilalarning mustahkaml bo’lishi, ularning totuvlik va farovonlikka erishuvi u mansub bo’lgan ijtimoiy tuzumning iqtisodiy, ma’naviy rivoji, jamiyatda amal qilinayotgan ma’naviy-axloqiy me’yorlar, olib borilayotgan davlat siyosat mazmuni bilan belgilanadi. O’z navbatida jamiyat ma’naviy qiyofasi oilalarda tashkil etilayotgan ijtimoiy tarbiyaning natijasi, samarasiga bog’liqdir. Shu bois asrlar davomida har qanday geografik makon va ijtimoiy zamonda ham yangi oilalarning shakllanishi, oilaviy hayotning yo’lga qo’yilishi, farzandlar tarbiyasini tashkil etish hamda sulola an’analarini davom ettirish masalalariga alohida e’tibor berib kelingan. Oilalarning ijtimoiy jamiyatdagi muhim o’rni hamda oila tarbiyasining shaxs kamolotini ta’minlashdagi roli xususida O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni qayd etib o’tadi: “Oila bizning xalqimiz uchun millatning ko’p asrlik an’analari va ruxiyatiga mos bo’lgan g’oyat muhim hayotiy qadriyatlardan biridir. Respublikada oilalar asosan ko’p sonli bo’lib, ularda turli avlod vakillari birga yashashadi va birga xo’jalik yuritishadi. Bu esa bolalarni tarbiyalash, ularni umuminsoniy qadriyatlardan, an’analardan baxramand qilish, bilim darajasini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratadi. Xuddi ana shunday oilalarda odamlar bolalik chog’laridanoq mehnatsevarlikni, kattalarga hurmatni, bilim egallashga intilishni, vatanparvarlikni o’rganadilar”. Darxaqiqat, oila muhitida shaxsning har jihatdan barkamol bo’lib voyaga yetishi uchun zarur bo’lgan omillar, chunonchi, oila xo’jaligini boshqarish jarayonida oila a’zolari o’rtasida yuzaga keluvchi xuquqiy, iqtisodiy, psixologik, ekologik, estetik va xokazo mazmundagi oilaviy munosabat, muomala aloqa aralashuvi uning ijtimoiylashuvi, ya’ni, ijtimoiy munosabatlarni yuritish jarayonida erkin, mustaqil harakat qilish layoqatini, qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiluvchi omillar mavjuddir. Shu bois O’zbekiston Respublikasining mustaqilligi sharoitida, ijtimoiy jamiyatda yangilanish, keskin o’zgarishlar yuz berayotgan, bozor iqtisodiyoti munosabatlari, shuningdek, ijtimoiy raqobat qaror topayotgan o’tish davrida mustahkaml oilalarni shakllantirish har qachongidan ham dolzarblik kasb etmoqda. Sharq xalqlarida qiz bolalarning tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilgan, moddiy ta’minoti yuqori bo’lgan oilalar pokiza, oqila, dono, katta hayotiy tajribaga ega ayollarni o’z qizlari uchun enaga etib tayinlagan va ularga qizlarining tarbiyasini ishonib topshirganlar. Oila boshliqlari bo’lgan erkaklar oilaning moddiy ta’minotini yaratish ishi bilan band bo’lganliklari bois, ona doimo farzandlari yonida bo’lib, ularning tarbiyasi bilan shug’ullangan. Shu sababdan ona farzandlarning kamoloti uchun javobgar, mas’ul shaxs hisoblangan. Oilada qizlar tarbiyasini tashkil etishda qizlarda ana shu mas’uliyatli vazifani bajarish, shuningdek, ro’zg’or hamda oila xo’jaligini yuritish, oilaning boshqa a’zolariga nisbatan g’amxo’rlik ko’rsatish borasidagi muayyan ko’nikma va malakalarni shakllantirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Xalqimiz oilada yoshlar tarbiyasini tashkil etish borasida asriy tajribaga ega. Mazkur tajriba mazmuni sharqona odob - axloq, xayo - ibo, pokizalik xissi bilan yo’g’rilgan pand - nasixatlar, mutafakkirlarning qarashlari, ilmiy - nazariy va amaliy g’oyalardan tashkil topgan. Uzoq yillar davomida oilaviy munosabatlarni yo’lga qo’yishda ana shu tajribaga tayanib ish ko’rildi. Ilm-fan, texnika va texnologiya taraqqiyotining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi oilada qizlar tarbiyasini tashkil etish ishi mazmuniga nisbatan yangidan-yangi talablarni qo’ymoqda. Zero, yoshlarning ijtimoiy mavqieni oshirish, ularning ijtimoiy faolligini ta’minlash, tafakkur doirasi va dunyoqarashini kengaytirish muammolari ijtimoiy munosabatlarning chuqurlashuvi va murakkablashuvi sharoitida har qachongidan ham dolzarb ahamiyatga ega. Manfaatlar to’qnashuvi, bashariyatning ma’naviy-axloqiy me’yorlarga nisbatan ziddiyatli yondoshuvi, axborotlarning tezkor almashuvi sharoitida oila tarbiyasini yo’lga qo’yishda samaradorlikka erishish, yoshlarda erkin, mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik, tashkilotchilik qobiliyatlarini shakllantirish milliy o’zlikni saqlab qolish, barkamol avlod tarbiyasini yo’lga qo’yish, oila mustahkamlligini ta’minlash, uning farovonligini oshirish, oilada sog’lom ma’naviy muhitni qaror toptirishning eng muhim omillaridan biridir.Mustahkam oilalarni shakllantirishning eng muhim shartlaridan biri bu yoshlar, xususan, qizlarni oila qurish, mustaqil oilaviy hayotni tashkil etish, oilada sog’lom ruxiy muhitni qaror toptirish, farzandlar tarbiyasini samarali tashkil etish jarayoniga muvaffaqiyatli tayyorlashdir. Mazkur jarayonning moxiyati quyidagilarda namoyon bo’ladi: birinchidan, yoshlarda nikox hamda oilaviy hayot, shuningdek, ikki jins o’rtasidagi munosabatlar moxiyati borasida to’g’ri tushunchalar hosil bo’ladi; ikkinchidan, ularni nikox hamda oilaviy hayotni tashkil etish jarayoniga ruxiy jihatdan tayyorlaydi; uchinchidan, yoshlarda nikoxga kirishish hamda oilaviy hayotni tashkil etish (oila a’zolari o’rtasida ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish, oila a’zolari (qaynota, qaynona, qaynsingil va qaynog’alar) bilan muloqotni yo’lga qo’yish, oila xo’jaligini boshqarish, pazandalik hamda bichish - tikish ishlarini yuritish, biologik qovushish, farzandlar tarbiyasini olib borish va xokazo jarayonlarni tashkil etish borasida amaliy ko’nikma hamda malakalarni shakllantiradi. Oilada qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash murakkab pedagogik jarayon sanalib, mazkur jarayonning samarali tashkil etilishi bu boradagi muayyan kamchilik va muammolarning bartaraf etilishi bilan belgilanadi. Ayni vaqtda esa oilada qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash borasida bir qator muammolar mavjud bo’lib, ular quyidagilardan iboratdir: 1. Ota-onalarning oilada yoshlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash jarayonining moxiyati xususida to’la ma’lumotga ega emasliklari. Milliy etnopsixologik xususiyat (Ota-onalarning o’z farzandlari bilan ma’lum masalalarda ochiq oydin muloqotda bo’la olmasliklari, ichki kechinmalarini atrofdagilarga oshkor qilavermaslik lozimligi, oilani moddiy jihatdan ta’minlash erkak kishining burchlaridan biri ekanligi, farzandlar tarbiyasi uchun mas’ullik keksa avlod zimmasiga yuklangan asosiy vazifalardan biri ekanligi borasidagi qarashlar, shuningdek, kelin va kuyov munosabatlarining mazmunini ularga anglatish vazifasini qizning yanga (kelin oyi) lari, yigitning oshnalari zimmasiga yuklash an’analarining mavjudligi ota-onalarda oila sharoitida yoshlar, chunonchi, qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash jarayonining moxiyatini to’la tushunmasliklariga sabab bo’lmoqda. 2. Ota-onalar tomonidan yoshlar, shu jumladan, qizlarni oilada mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash borasidagi nazariy va amaliy bilimlarni o’rganish imkonini beruvchi manbalarning yetarli darajada mavjud emasligi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillik yillarida milliy qadriyatlarni qayta tiklash, o’tmish meros va unda ilgari surilgan g’oyalarni o’rganish, yosh avlodda milliy ma’naviy qadriyatlar hamda milliy madaniy merosni o’rganishga nisbatan qiziqish va extiyojni qaror toptirish, ularga nisbatan xurmat uyg’otish, ularni asrash hamda boyitish borasida muayyan mas’ullikni shakllantirishga qaratilgan ijtimoiy harakatning yo’lga qo’yilishi natijasida necha ming yillar davomida yaratilgan va oila, uni tashkil etish, oilaviy munosabatlar moxiyati, farzandlar tarbiyasini olib borish masalalari to’g’risida fikr yurituvchi asarlarning fors, arab, shuningdek, qadimiy turkiy tillardan tarjima qilinishi, zamondosh pedagog, psixolog va fiziolog olim (mutaxassis)lar tomonidan so’z yuritilayotgan muammo doirasida tadqiqot ishlarining olib borilishi tufayli ayni vaqtda muayyan manbalar majmuasiga ega bo’ldik. Biroq ushbu manbalar majmuasi mustaqil oilaviy hayot bo’sag’asida turgan yoki o’smirlik hamda o’spirinlik yosh davrini o’z boshlaridan kechirayotgan qizlar xissasiga nisbat bo’la olmayapti. Bizga ma’lumki, O’zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi axoli sonining qariyib 50 foizdan ortig’i (demak, ushbu ko’rsatkich umumiy raqamlarda ifoda etilsa, taxminan 12,5 mln. nafar kishiga to’g’ri keladi) ni yoshlar tashkil etadi. Respublikaning yetakchi kutubxonalarining fondi bilan tanishish oila, uning vujudga kelishi, oilaviy munosabatlar mazmuni, oila xo’jaligini yuritish, farzandlar tarbiyasini tashkil etish, oilaviy muammolar, oilaviy ajrimlar hamda ularni keltirib chiqaruvchi omillar, ularni bartaraf etish, shuningdek, yoshlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash masalalarini yorituvchi adabiyotlar soni taxminan 500 ta (o’zbek va rus tillarida chop etilgan adabiyotlar) dan oshmasligini ko’rsatdi. Oddiy matematik xisob-kitob asosida mazkur ko’rsatkichlar nisbatini topishga harakat qilaylik, ya’ni, 12.500.000-500. Ushbu xolatda nisbat 25.000 ga teng bo’ladi. Bundan ko’rinib turibdiki, Respublika kutubxonalarida mavjud bo’lgan, oila mavzusida yaratilgan adabiyotlarning har biri 25.000 nafar yosh (yigit qiz) ga bittadan to’g’ri keladi. Ota-onalarning ijtimoiy mehnat bilan bandligi, oilaviy munosabatlarning ayrim jihatlari xususida ota-onalar hamda farzandlar o’rtasida erkin muloqotning tashkil etilish imkoniyatining chegaralanganligi, ta’lim muassasalarida oilaviy hayotning barcha qirralari to’g’risida ma’lumotlar berish mumkinligi xaqiqatdan yiroq ekanligini xisobga olsak, 25.000 nafar yosh yigit - qizlarning 0,2 foizigina maxsus adabiyotlar orqali oilaviy hayot, uni tashkil etish, oilaviy munosabatlarning tub moxiyati, ularni samarali yo’lga qo’yish, ota - ona hamda farzandlar o’rtasida samimiy, o’zaro ishonchga asoslangan munosabatni o’rnatish, oilaviy muammolarni ortiqcha xissiyotlarsiz, janjallarsiz xal etish, oilaviy ajrimlarning oldini olish shartlari to’g’risida ma’lumotlar olish imkoniyatiga ega bo’lar ekanlar. 3. Oila, shuningdek, ota-onalarga ijtimoiy tashkilotlar, ta’lim muassasalari hamda muayyan mutaxassislik yo’nalishlarida faoliyat yurituvchi idoralar tomonidan ko’rsatilayotgan nazariy va amaliy yordamning ijtimoiy extiyojlarga nisbatan proporsional emasligi. Bizga yaxshi ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi axolisining qariyib 70 foizdan ortig’i qishloq va ovullarda istiqomat qiladilar. Mustaqillik sharoitida olib borilayotgan ijtimoiy o’zgarishlarning sezilarli samaralar berayotganligiga qaramay, qishloq axolisining turmush darajasini yaxshilash, ularga maishiy xizmat ko’rsatish sifatini oshirish borasidagi jiddiy muammolarni to’la to’kis bartaraf etishga muvaffaq bo’linmadi. Ushbu xolat bozor iqtisodiyoti munosabatlarining qaror topishi bilan bog’liq ravishda yuzaga kelgan muammolar tufayli o’z kuchini saqlab qolmoqda. Ya’ni, axolining ish o’rni bilan yetarli darajada ta’minlanmaganligi, oylik maoshlarni ishchi xizmatchilarga doimiy ravishda va muddatida yetkazib berishdagi o’zilishlar, ayrim jamoa xo’jaliklaridagi iqtisodiy tanglik, muayyan ishlab chiqarish korxonalarining sanasiyaga tushirilishi (bankrot deb e’lon qilinishi) va xokazo xolatlar mazkur joylarda faoliyat olib borayotgan xizmatchilarni ijtimoiy axvolining yomonlashuvini ta’minlovchi obyektiv omillar bo’lib qolmoqda. Ijtimoiy tashkilotlar, ta’lim muassasalari hamda muayyan mutaxassislik idoralari oldida turgan ichki muammolar ham axoli, xususan, qishloq axolisi o’rtasida o’zluksiz, izchil va tizimli ravishda maishiy, tibbiy va ijtimoiy yordamlarni ko’rsatish imkonini bermayapti. Eng achinarlisi, oila va ta’lim muasssasalari o’rtasida bir necha o’n yillar davomida shakllangan hamda yoshlar ta’limi va tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish borasida muayyan an’ana va tajribaga ega bo’lgan “Oila va ta’lim muassasasi” hamkorligi barham topmoqda. Bugungi kunda ular o’rtasida olib borilayotgan hamkorlik turli bosqichdagi ta’lim muassasalarining ichki muammolari (ta’lim muassasasi binolarini ta’mirlash, ularda sanitariya xolatini saqlash, o’quvchilarni muayyan darajada rag’batlantirish va xokazo kabi extiyojlarni qondirish) ni ijobiy xal etish maqsadida pul mablag’larini yig’ishdangina iborat bo’lib qolmoqda. Oila sharoitida yoshlar, shu jumladan, qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash muammosi doirasida qishloq axolisi o’rtasida olib borilayotgan tadbirlarning o’zluksiz, tizimli hamda izchilligi ta’minlanmayapti. Ma’lum vaqtda bu boradagi tadbirlarning o’tkazilishiga katta miqdordagi kuch va mablag’ sarflangani xolda ayrim vaqtlarda mazkur mavzuning mutlaqo unutilishiga yo’l qo’yilmoqda. 4. Ommaviy axborot vositalari orqali oila moxiyati, oilaviy hayotni tashkil etish, farzandlar tarbiyasini muvaffaqiyatli olib borish, oilaviy munosabatlar mazmuni, shuningdek, oilaviy nizo va ajrimlarni keltirib chiqarayotgan sabablar va ularni bartaraf etish chora tadbirlari xususida namoyish (yoki chop) etilayotgan ko’rsatuv, eshittirish yoki chiqishlar saviyasining yuqori emasligi. Oila muammosiga doir mavzularda vaziyat yoki xolatlarni chuqur taxlil etishga asoslanib tayyorlanayotgan ko’rsatuv, eshittirish yoki chiqishlarning yo’qligi, mavjud ko’rsatuv, eshittirish yoki chiqishlar mazmunining bir yoqlamalik kasb etayotganligi ota-onalarning yoshlar, shu jumladan, qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash borasida ma’lum ma’lumotlarga ega bo’la olmayotganligiga ham sabab bo’lmoqda. 5. Respublikada yo’z berayotgan ijtimoiy iqtisodiy o’zgarishlar axoli ma’naviy axloqiy qarashlarining yangicha mazmun kasb etishiga olib keldi. Ayni vaqtda axoli ruxiyatida ro’y berayotgan kechinmalarning aksariyat qismini moddiy extiyojlarni qondirish ishtiyoqi egallagan bo’lib, bu xolat o’z-o’zidan ma’naviy extiyojlarni qondirish istagidan ustun mavqye egallashiga sabab bo’lmoqda.To’g’ri organizmning yashovchanlik qobiliyatini ta’minlash, tiklash va qayta tiklash manbai bo’lgan moddiy manbalarga ega bo’lmasdan turib, muayyan ishlab chiqarish yoki yaratuvchanlik faoliyatni olib borish mumkin emas. Biroq ana shu faoliyat mazmunini ezgu g’oyalar bilan boyitmay turib, ko’zlangan maqsadga ham erishib bo’lmaydi. Insonni ijtimoiy jamiyat, atrofdagi kishilar yoki o’zi uchun foydali bo’lgan xatti harakatni tashkil etishga yo’llovchi omillardan biri bu uning oilasi muhitidagi tinchlik, osoyishtalik, oila a’zolari o’rtasidagi o’zaro hamjihatlilik va hamkorlik xisoblanadi. Oilaviy tinchlik, osoyishtalik, oila a’zolari o’rtasida o’zaro hamjihatlilik va hamkorlikni qaror toptirishning kafolati esa yoshlar, shu jumladan, qizlarni mustaqil oilaviy hayotga puxta tayyorlash, ularda ma’lum oilaviy qiyinchilik va muammolarni bartaraf eta olish layoqatini shakllantirish sanaladi. Bizning nazarimizda, yuqorida qayd etilgan muammolarning ijobiy yechimini quyidagi faoliyatlarni yo’lga qo’yish orqali ta’minlash mumkin bo’ladi: 1. Ota-onalar o’rtasida oila sharoitida yoshlar, shu jumladan, qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash muammosining nazariy va amaliy jihatlarini to’laqonli yoritib berishga xizmat qiluvchi targ’ibot va tashviqot ishlarini samarali, tizimli va o’zluksiz tarzda yo’lga qo’yish lozim. Ota-onalarda oila sharoitida yoshlar, shu jumladan, qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash ularning porloq kelajagi va baxtli hayotlarini kafolatlovchi omil ekanligi to’g’risidagi tushunchani xosil qilish, bu boradagi nazariy va amaliy bilimlarni chuqur egallashga bo’lgan ichki extiyoj va rag’batni shakllantirish tadqiqot muammosining ijobiy yechimini ta’minlashga yordam beradi. 2. Respublika “Oila” ilmiy - amaliy Markazi raxbarligida oila muammolari bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan yetakchi olimlar, pedagog, psixolog, fiziolog, shuningdek, turli yo’nalishdagi ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan, katta hayotiy tajriba va pedagogik maxoratga ega o’qituvchilarning ijodiy kuchidan samarali foydalanish, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish, zarur vaziyatlarda ular tomonidan bildirilayotgan tashabbuslarni qo’llab quvvatlash, shuningdek, ular mehnatining ma’naviy jihatdan rag’batlantirilib borishiga erishish maqsadga muvofiqdir. 3. Oila sharoitida yoshlarlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash borasida oila, ta’lim muassasalari va ijtimoiy tashkilotlar o’rtasida mustahkaml aloqani yuzaga keltirish ular o’rtasida doimiy ravishda axborot almashuvining yo’lga qo’yilishi, xususiy muammolarni xal etishda ularning bir birlarini qo’llab quvvatlashlariga erishish, shuningdek, bir-birlariga nisbatan ishonch xissini qaror toptirish oilaviy ajrimlar sonining ortib borishini oldini olishga yordam beradi. 4. Ommaviy axborot vositalari orqali chuqur ilmiy taxlil hamda metodik tavsiyalarni berishga asoslangan oila moxiyati, oilani shakllantirish, oila a’zolarining o’rtasida o’zaro ishonch, ularning xis tuyg’u, kechinma va o’y fikrlarning xurmat qilinishiga asoslangan munosabatni qaror toptirish, farzandlar tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish, oila xo’jaligini samarali boshqarish va xokazo mavzulardagi ko’rsatish, eshittirish hamda chiqishlarning berib borilishi birinchidan, oilaviy muammolarning bartaraf etilishiga zamin xozirlasa. ikkinchidan, oila hamda ijtimoiy tashkilotlar o’rtasida axborot almashuvining yo’lga qo’yilishiga imkon beradi. 5. Ota-onalarda moddiy extiyojlarnigina emas, balki ma’naviy extiyojlarning ham birdek qondirilishi ro’y berilishi mumkin bo’lgan ijtimoiy ziddiyatlarning oldini olishga yordam berajagi borasidagi qarashni shakllantirish lozim. Insoniyat tomonidan to’plangan asriy hayotiy tajriba moxiyatiga ko’ra qayerda insonlar ma’naviy extiyojlarning qondirilishini asosiy o’ringa qo’ygan bo’lsalar, o’sha yerda moddiy ishlab chiqarish ham tez sur’atlar bilan rivojlangan. Bu esa insonlarning farovon turmushini yaratilishiga asos bo’lib xizmat qilgan. 1.3. Oilada yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash muammolari Hozirgi zamon o’zbek oilalaridagi bolalarni tarbiyalashning xususiyatlari A.S. Makarenko ta’kidlashicha «bir oiladagi tarbiyaviy ish ammo boshqa oiladagi xudi shunday ishning aniq kopiyasi bo’lmasligi lozim» Hozirgi zamon taraqqiyoti har bir shaxsdan voqelikni to’g’ri tushunishni, tahlil qilishni, xulosa chiqarishni, axloqiy poklikni va hissiy asabiychi damlilmkni hamda jamiyatimiz hayotining barcha jabhalarida faol bo’lishni talab qilmoqda. Ma’lumki yuqoridagi sifatlarni shaxsga oila asos soladi, shakllantiradi. Inson hayotining porloq bo’lishi hozirgi kunda biz tarbiyalayotgan yoshlarga bog’liq. Bunday ulkan vazifani amalga oshiruvchi, moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratuvchi asosi oiladir.Oila jamiyatning boshlang’ich ijtimoiy bo’g’ini sifatida murakkab tarkibga, mazmunga ega bo’lib, u o’z faoliyatida oila a’zolari faoliyatining maqsad va vazifalarinigina emas, balki tarbiyaviy faoliyatini ham o’zida aks ettiradi. Oilaning murakkab, ko’p qirrali faoliyatining hayotiyligi ikki tomonlamadir: - birinchidan, oila jamiyatning kichik bir qismi bo’lib, undagi o’zgarishlarni o’ta sezgirlik bilan o’zida aks ettiradi. Shunga asoslanib oilaviy tarbiyani ijtimoiy tarbiyaning bir tarkibi deb hisoblash lozim. - ikkinchidan, oilaning murakkab, ko’p qirrali faoliyati uning vazifalari, tuzilishiga, umumiy turmush tarziga, oila a’zolarining ehtiyojlari, qiziqishlari, munosabatlariga va ijtimoiy faoliyatlariga bog’liqligini hisobga olish kerak. Oila tarbiyasining o’ziga xosligi shundan iboratki, u bolalarga otaonalarning ota- onalik, qon- qarindoshlik singari ko’plab kerak xislatlarni o’zatib oilada tarbiyalanayotgan shaxsning ko’plab insoniy sifatlarini rivojlantirib, axloqiy kamolotini ham o’stiradi. Shu sababli oila tarbiyasi doimo mavjud, ko’rsatmali va serqirraligi bilan ajralib turadi. Ota – onalar ma’naviy boy, e’tiqodli va yuqori ma’lumotga ega va ma’naviy boy bo’lsalar, shu darajada takomillashgan uslub orqali o’z farzandlarini tarbiyalaydilar. Yoki aksincha, bularning barchasi oila tarbiyasining o’ziga xosligini ko’rsatadi. Ular faqat tarbiyalashning turli usullari ya’ni tushuntirish, maslahat berish, ma’qullash, jazolash, rag’batlantirish bilangina emas, balki shaxsiy namuna, birga ishlash orqali ham tarbiyalaydilar. Ota - onalarning bolalar faoliyatida ishtirok etishi, ularga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishning samarali usulidir. Masalan: Har tomonlama moddiy ta’minlangan oilada tarbiyalanayotgan bolalar tarbiyasi, qashshoq, bechora hol oilada tarbiyalanayotgan bolalar tarbiyasi o’z mazmuniga ega. Birinchi oilada bolalar moddiy ne’matlarning Qadriga yetmagan bo’lsalar, ikkinchisida esa oila ta’minotini hisob- kitob, aql bilan tashkil qilishni bilishmaydi. Bu singari xususiyatlar oila tarbiyasining murakkabligini ko’rsatadi. Ota - onalarning umumiy, madaniy, ma’lumot saviyalarining o’sib borishi va faolligining qaror topishi oila tarbiyasining mazmuniga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Agar maktab oilaviy tarbiyashunosligiga ijobiy munosabat bilan yondashsa, uning tarbiyaviy imkoniyatlarini yaxshi o’rgansa, ya’ni: ota – onalar obro’si, shaxsiy namunasi, bolalar hayotini tashkil qilish, o’z - o’zini tarbiyalashni nazorat qilish, o’zaro yordam, hamkorlik, ittifoqlik, hamjihatlik hamda oila tarbiyasining o’ziga xos xususiyatlaridan maqsadli foydalana olsa, oila tarbiyasining takomillashuviga erishadi. Hozirgi zamon oilalari mavjud jamiyat bilan o’zviy bog’langandir. Shahar, qishloqlarning o’sishi, yashash sharoitlarining yaxshilanishi, xalqning madaniy va turmush saviyasining oshishi bolalarni barkamol hamda oila tarbiyasi mazmuniga o’zgartirishlar kiritishni talab qilmoqda. Tarbiya masalasiga yondashadigan bo’lsak, kam bolali oilalarga nisbatan ko’p bolali oilalarda bolalar tarbiyasi ancha yengil kechadi. Chunki ko’p bolali oilalardagi bolalar, ota –onalarning xatti- harakatlarini, aka va opalarining ular to’g’risidagi g’amxo’rliklarini, ayniqsa bir-birlariga bo’lgan do’stona munasabatlarini, uydagi har xil vazifalarni sitqidildan bajarishlarini, kichiklarning kattalarga odob bilan munosabatda bo’lishlarini tabiiy holda ko’radilar, ko’zatadilar. Ota-onalarning bolalarga g’amhurligi teng taqsimlanadi. Kam bolali oilalarda esa buning aksi bo’ladi. Katta oilada bola yoshligidan jamoaga moslashadi, o’zaro aloqalar tufayli ijobiy, zaruriy ko’nikmalar to’playdi. Kam bolali oilalarga nisbatan ko’p bolali oilalarda bolalar o’zaro narsalarni teng bo’lishda adolat tarozisi asosida taqsimlashga odatlanadilar. Konstitusiyaning 64-moddasida «Ota - onalar o’z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar» va 66- moddasida «Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o’z ota- onalari haqida g’amxo’rlik qilishga majburdirlar» deb ta’kidlanadiKattalarga hurmat va bo’ysinish o’zbek oilalaridagi an’anaviy tarbiya uslublaridan biridir. Oilada bolalarni to’g’ri tarbiyalash, ota- onalarning va katta yoshdagi barcha kishilarning namunasi bola shaxsini shakllantiruvchi, uning dunyoqarashiga, xulq- atvoriga, jamoa orasida o’zini tuta bilishga o’rgatuvchi omildir. Aynan oila bolani qadam qo’ydiradi, uning o’ziga xos xususiyati va ma’naviy qiyofasining shakllanishiga asos soladi. Oilaviy tarbiyaning tub maqsadi, mazmuni bolalarni umuminsoniy xulq mezonlariga rioya qilgan holda ularni bo’lajak mehnat faoliyatiga tayyorlashdan iboratdir. Bulardan tashqari ularning g’oyaviy-siyosiy, madaniy oqartuv soHadagi qiziqishlariga e’tibor beriladi. Bu sohada turli oilalarda berilayotgan tarbiyaning bir-biridan farqi borligini ham unutmaslik kerak. Bizningcha, o’zbek oilalarida mehnat tarbiyasi berish va kasbga yo’naltirish quyidagi to’zilish va mazmunda olib boriladi deyish mumkin: (Buning ham o’ziga xos milliy xususiyatlari mavjud) 1. Bolalarga mehnatga iloji boricha ertaroq jalb qilish. 2. Bolalarni mehnat ko’nikmalariga o’rgatish, qurollantirish 3. Kasbga yo’naltirish (Ustoz- shogirdlik) 4. Bolalarni mustaqil mehnat faoliyatiga tayyorlash 5. Murabbiylik qilish: a) oilada, b) mehnat jamoalarida. Buyuk mutafakkir A.R.Beruniy «Har bir kishining qadr – qimmati o’z ishini qoyil qilib bajarishidir»- degan. «Insonning asosiy burchi, vazifasi mehnat qilishidadir, chunki istalgan narsaga mehnat tufayli erishadi». Yozuvchi G.Nikolayeva «Bola qalbi – oilaning fotosuratidir. Fotosuratgina emas, balki rengen ko’chirmasidir. U hamma vaqt oilaning ichki mohiyatini aks ettiradi. aga rota-onalar mansabparast, meshchan, ichi qora kishilar bo’lsalar, o’zlaridagi bu xususitlarni hammadan yashirishlari mumkin, lekin o’z farzandlaridan yashira olmaydilar», - degan edi. Axloq-odobga oid hadislarning birida «Har bir ota o’z farzandlariga hulquodobidan buyukroq meros berolmaydi», - deb ta’kidlagan Hech narsa bolalarga namuna kuchidek ta’sir ko’rsata olmaydi. Namuna, taqlid uchun asosli manba rolini o’ynaydi. Shaxsiy namuna esa tarbiya olib sifatida o’sib kelayotgan yosh avlodning ongi va xulqiga ta’sir ko’rsatuvchi katta yoshdagi kishilarning xatti-harakatlari va boshqa faoliyatlari yig’indisidir. Atrofimizni o’rab turgan barcha narsalar bilan tanishishda bola kattalarning yordamiga ehtiyod sezadi. Yetarli darajala bilim, tajriba yo’qligi sababli ular kattalarning muomala va xatti-harakatlariga taqlid qila boshlaydi. Namuna sifatida katta yoshdagi kishilarning obro’si va kishilar bilan muomalalari bolalar xulqi hamda harakterlarining shakllanishiga juda kuchli ta’sir ko’rsatadi. Oila tarbiyasida otalarning roli nihoyatda ulkan. chunki oilada er hamma vaqt bolalarining, turmush o’rtog’ining tayanchi bo’lib kelgan. Shu sababli oilada o’g’il doimo otasiga o’xshashga intilgan, uning xatti-harakatiga taqlid qilgan. Oilada ota-onalar namunasi bolalar uchun hayot darsi hisoblanadi. Otaning onaning, ona mehnatiga jamiyatga, jamiyat a’zolariga bo’lgan munosabati bola qalbida yaxshilik yoki yomonlik, ma’qul va noma’qul ishlar haqidagi dastlabki tushunchalarni vujudga keltiradi. Oila muhiti – bu qandaydir tarbiya vositasi emas, balki ota-onalarning va katta yoshdagi kishilarning har taraflama olib boradigan tarbiyaviy ish natijalari, oila a’zolarining o’zaro yuksak axloqiy munosabatlarning yig’indisi va niHoyat kattalarning bolalarga ijobiy ta’sir ko’rsatish namunasidir. Maqsadga muvofiq muhit ota-onalari bilan noto’g’ri munosabatda bo’lmaydigan, bir-birlarini tushunmaydigan, hurmat qilmaydigan, bolalarning to’g’ri tarbiyalanishini doimo nazorat qiladigan hamda bolalariga shaxsiy namuna bo’la oladigan oilalarda tashkil topadi. Bolalarga ota-onalarning xatti-xarakatlarigina emas, balki gapirilayotgan gaplar, o’zaro savol-javoblari uyga kelgan kishilar va qo’shnilar bilan bo’ladigan muomala hamda bevosita ta’sir ko’rsatadi. Masalan, amaldor kishi yoki oddiy kishi bilan ota-onaning muomalasi va o’zini ular oldida qanday tutishi, xarakatlari va hokazolar. So’z qudrati kuchga ega. Bizningcha ota-onalar o’zlarida quyidagi sifatlar bilan o’z farzandlariga namuna bo’lishlari lozim: 1. Ota-onalarning axloqiy jihatdan shaxsan namuna bo’lishlari. 2. O’zlariga topshirgan ishni mas’uliyat bilan bajarishlariga. 3. Bolalar tarbiyasidagi burchlarini mas’uliyat bilan his qilishlariga va bajarishlariga. 4. Mehnatda shaxsan namuna ko’rsatishlariga.
5. Barcha farzandlarini teng ko’rishga.
6. Farzandlarining harakter xususiyatlarini yaxshi bilishga.
7. Bolalarga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishning turli xil metod, usul va
vositalarini yaxshi bilish hamda ulardan oqilona foydalana olishga.
8. O’z obro’sini oilada doimo saqlashga.
9. Farzandlarini doimo mehnat topshiriqlari bilan band qilishlariga va
talabchanliklariga.
10. Oila xo’jaligini mohirlik bilan boshqara olishlariga.
11. Oila tarbiyasini ijtimoiy tarbiya bilan bog’lab olib borishiga.
12. Ota- va ona talablarida birlikning bo’lishiga.
13. Ota-onalarning oilani iqtisodiy ta’minlashga va hokazo.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin