O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti qo‘lyozma huquqida


Dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə9/22
tarix08.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#126726
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
dissertasiya ishim

Dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Tadqiqot ishi Termiz davlat universitetining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalariga muvofiq OT-F1-002 raqamli “Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni takomillashtirishning psixologik tizimlari”, hamda “ Kuptillilik muhitida yuqori sinf o’quvchilarini oilaviy hayotga tayyorlashning pedagogik tizimini takomillashtirish” mavzusidagi millatlararo ilmiy loyiha doirasida bajargan (2019-2022 yy.).
Tadqiqotning maqsadi. Ko‘ptillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarini takomillashtirish texnologiyalari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqot vazifalari:
1. Mavzuga oid ilmiy-pedagogik, psixologik, falsafiy manbalarni tahlil qilish asosida ko‘ptillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarini takomillashtirishning nazariy va amaliy asoslarini o‘rganish.
2. Ko‘ptillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarini takomillashtirish omillari, shakl va mezonlarini aniqlash, nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash tamoyillarini ishlab chiqish.
3. Ko‘ptillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarini takomillashtirish yo‘l va metodlarini tavsiflash.
4. Ko‘ptillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar yaratish va ularning samaradorlik darajasini aniqlash.
Tadqiqot ob’ekti. Ko‘ptillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarini takomillashtirish uchun tajriba-sinov ishlariga Surxondaryo, Toshkent va Buxoro viloyatlaridagi 506 nafar o’quvchilari jalb etildi.
Tadqiqot predmeti. Ko‘ptillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarini takomillashtirishning, usullari, shakllari, metodlari hamda vositalari aniqlandi.
Tadqiqot usullari. Ilmiy tadqiqot ishini bajarishda o‘quv-metodik adabiyotlarni o‘rganish psixologik-pedagogik taxlil, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy, me’yoriy-huquqiy hujjatlarni, an’anaviy va innovatsion o‘rganish, loyihalashtirish, modellashtirish, ko‘p tillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlari, pedagogik kuzatuvlar, anketa, suhbat, test, intervyu, pedagogik tajriba-sinov va boshqa ma’lumotlar, matematik-statistik ishlov berish usullaridan foydalandik.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin