O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti qo‘lyozma huquqida


Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə8/22
tarix08.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#126726
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
dissertasiya ishim

Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Dissertasiya tadqiqoti fan va texnologiyalarni rivojlantirishning I.“Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy–ma’rifiy rivojlantirish, innovasion iqtisodiyotni rivojlantirish” ustuvor yo‘nalishi doirasida bajarilgan.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Ko‘ptillillik muhitida yuqori sinf o’quvchilarini oilaviy hayotga tayyorlashning pedagogik tizimini takomillashtirish bo‘yicha sharq mutafakkirlari Ibn Sino, Beruniy, Farobiy, Maxmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Amir Temur, Alisher Navoiy, Abduraxmon Jomiy, A.Shoshiy, Mirzo Ulug‘bek, va Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdulla Avloniy asarlarida bu masala o‘z ifodasini topgan.
Respublikamiz olimlari M.Ochilov, S.Rajabov, I.Kadыrov, K.Zaripov, Yu.Maxmudov, X.Xudoyqulov, O.Musurmonova, O.Xayitov, E.Goziev B.Shoumarov, A.Munavvarov, V.Karimova, M.Mirqosimov, N.Sog‘inovlarning ilmiy-ijodiy ishlarida ma’naviy-ma’rifiy tafakkurni, ko‘ptillilik muhitida munosabatlarni tarbiyalash va uni millatlararo takomillashtirish texnologiyalari to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirib, bunday millatlar orasida tinch-totuvlik, bag‘ri kenglik to‘g‘risida fikrlarni asoslaganlar.
Shuningdek, mazkur muammoning turli jihatlari MDH davlatlari olimlaridan A.Burov, Ye.Kvyatovskiy, Z.A.MAlkova, B,Lixachev, G.Bolxovskaya, O.Bogdanova, N.Zaridskaya, O.Ivansenkolarning tadqiqot ishlarida o‘z aksini topgan. Shuningdek ma’naviy tafakkurni ko‘ptillilik muhitida oilaviy munosabatlarni tarbiyalashni takomillashtirish masalasi xorijlik E.Eisner, A.Smith, R.Shusterman, P.Parrish, H.Fairdank, M.Holrer, A.Gulla, M.Juyugeniy, A.Umyar, B.Ahmad, D.Knish va boshqa olimlarning ilmiy-uslubiy yo‘llarida ko‘ptillilik muhitida oilaviy munosabatlarni shaklantirish texnologiyalarini ko‘rish mumkin.
Ko‘ptillilik muhitida oilaviy munosabatlarni tarbiyalash takomillashtirish asosan, ilmiy-tadqiqot ishimizda: ruslar, qozoqlar, qirg‘izlar, turkman, tojiklar va afg‘onlarni tashkil etadi.
Haqiqatan ham, har bir shaxs dastlab oilada shakllanadi va o‘zi tarbiya topgan oila an’analari uning hayotida jamiyat taraqqiyotida o‘z o‘rniga ega bo‘lishida katta ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham oilani mustahkamlash, yuqori sinf o’quvchilarini tarbiyalash davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan muammolardan hisoblanmoqda. Zero, oila har bir xalqning an’analari, milliy qadriyatlarini avloddan-avlodga yetkazib, ularning rivojlanishiga yordam beradigan, avlodlar uzviyligini ta’minlaydigan, unda kamol topayotgan har bir yoshni zamon talabi darajasida barkamol etib tarbiyalaydigan ijtimoiy institutdir. Oilada kamolga yetayotgan har bir shaxsni mustaqil fikr yuritadigan, aql-idrok sohibi qilib yetishtirish muhim hisoblanadi. Haqiqatan ham, mustaqil insongina har qanday qiyinchiliklarga bardosh berib, hayotda o‘ziga to‘g‘ri yo‘l topa oladi va boshqa oila a’zolarining ham haqiqiy yuksak inson bo‘lib yetishishiga zamin yaratadi. Lekin oila va oilaviy tarbiyaga doir barcha olib borilayotgan ishlar maktabgacha va maktab yoshidagi o‘quvchilarga qaratilgan bo‘lib, asosan balog‘at yoshiga yetgan o’quvchi-yoshlar nazardan chetda qolayapti. Aynan ularning oilaviy hayotga tayyor bo‘lishlari bu davrda oilaviy hayot haqidagi mavjud bilimlari hamda tarbiyalanganlik darajalariga bog‘liq bo‘lib, bu bilim va tushunchalarni rivojlantirish, mustahkamlash zarur. Chunki, aynan o’quvchilik yillarida g‘oyaviy-mafkuraviy sohada ham yoshlarning moslashuvchanligi, o‘ziga yo‘l topa olishga intilishi ko‘proq namoyon bo‘lib, ular ongiga yot g‘oya va mafkura ta’sir etishi mumkin. Yoshlarni bu davrda oilaviy hayotga tayyorlash ularning oiladek muqaddas dargohga, bu orqali o‘z Vataniga sodiq bo‘lish, har qanday yot ta’sirlarga berilmay, g‘oyaviy mustahkam inson bo‘lib shakllanishiga olib keladi Zero, oila - mafkuraviy tarbiyaning eng muhim ijtimoiy omillaridan biridir. Chunki oila-jamiyat negizi bo‘lib, ko‘p asrlik mustahkam ma’naviy tayanchlarga ega. Milliy mafkuramizga xos bo‘lgan ilk tushunchalar, avvalo oila muhitida singadi. Bu jarayon ajdodlarimiz tajribasini o‘zlashtirish orqali amalga oshadi. Oiladagi sog‘lom muhit – milliy mafkurani takomillashtirish manbaidir. Jamiyatda har bir oilaning mustahkamligi, farovonligi, o‘zaro hurmat va ahillikni ta’minlash – milliy mafkurada ko‘zda tutilgan maqsadlarni amalga oshirishda tayanch bo‘ladi. Ma’lumki, keyingi yillarda mamlakatimizga kirib kelgan «vahhobiylik», «hizbut tahrir» kabi zararli oqimlar yoshlarni chalg‘itish, ularning ongi va qalbini zaharlab, o‘z ta’sirlariga olish uchun harakat qildilar (20;42). Ba’zi yoshlar bu ta’sirga berilganligining sabablaridan biri ko‘pchilik ota-onalar bu zararli oqimlarga qarshi bo‘la turib, uning mohiyatini o‘z farzandlariga tushuntira olmaganlar. Chunki farzand tarbiyasi har doim jamiyat ijtimoiy hayotidagi muhim masalalardan biridir. Ota-ona farzandlarining kelajakda jamiyatda tutadigan o‘rnini aniq his eta olsa, uni to‘g‘ri tarbiyalashga harakat qiladi. Jamiyatdagi o‘zgarishlar oilaviy hayotni ham chetlab o‘tmaydi. U farzandlar tarbiyasiga ham ta’sir etib, uning shakllanishi, kerak bo‘lganda Vatan ravnaqi, oila sha’ni uchun kurashib, illatlarga murosasiz, mard va jasur insonlar bo‘lib yetishishiga imkoniyat yaratadi. Ana shunda farzandlar tarbiyasida ota-onalarning xalq pedagogikasiga tayanishlari maqsadga muvofiqdir. Ma’lumki, xalq pedagogikasi ildizlari qadim-qadimlarga borib taqaladi va o‘zida inson, oila hamda yosh avlodning tarbiyasi haqidagi tajribalarini aks ettiradi. O‘zbek xalqi ham boshqa xalqlar kabi avloddan-avlodga o‘tib kelgan o‘ziga xos tarbiya tizimiga ega. Xalq pedagogikasi xalq donishmandligining yosh avlod ta’lim-tarbiyasida qo‘llanib kelingan usul, vosita, ko‘nikma va malakalar majmuidir. Bu malaka va ko‘nikmalar xalqning urf-odatlari va an’analarida sayqallana borib, uning eng yaxshi orzu-umidlari namunasida ta’lim-tarbiya beradi. Shu jihatdan xalq pedagogikasi yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda o‘ziga xos tamoyillarga tayanadi. Tadqiqotchilar bu tamoyillarni: oilaning muqaddasligi; oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarning mehr-muhabbat va sadoqatga asoslanganligi; bolajonlik va serfarzandlik; yuqori sinf o’quvchilarini yoshlikdan oilaviy mehnat muhitida tarbiyalash; ota-ona va boshqa katta yoshlilarga hurmat kabilardan iborat deb ko‘rsatadilar. Mazkur tamoyillar oila a’zolarining qon-qoniga singib ketgan va vatanparvarlik g‘oyasi bilan uyg‘undir. Bundan tashqari oilalarda o‘zaro bir-biriga, keksalar, qarindoshlar, beva-bechoralarga mehr-oqibat, muruvvat ko‘rsatish farzandlar ongiga singib ketgan. Ayniqsa, sog‘lom turmush tarzi: haromdan hazar qilish, oila sha’ni uchun kurashish, o‘z farzandlarini halol luqma bilan boqish ham bolalikdan singdiriladi.
Yosh avlodni oila va oilaviy hayotga tayyorlash muammosiga doir qator tadqiqotlar olib borilgan. Bu borada Z.F.Mirtursunov, A.Q.Munavvarov, G‘.B.Shoumarov, V.M.Karimova, O.Musurmonova, M.O.Inomova, X.K.Karimov, M.Xolmatova, D.Xoliqov va boshqalarning tadqiqotlari diqqatga sazovor.
Xususan, A.Q.Munavvarov o‘z tadqiqotlarida oilaviy tarbiya samaradorligini oshirishda xalq pedagogikasining tarbiyaviy ahamiyati, o‘zbek oilalarida tarbiya imkoniyatlari, metod va usullarini yoritadi. Shuningdek, oilalarning tarbiya imkoniyatlari va ta’sir ko‘rsatish vositalarini, hozirgi zamon o‘zbek oilalarida tarbiya samaradorligini oshirish yo‘llari va vositalarini tadqiq etgan (115).
Z.F.Mirtursunov ta’lim-tarbiya, odob-axloq sohasida qudratli vosita bo‘lib xizmat qilgan xalq pedagogikasi, uning tarbiya metodlari, an’analarining ahamiyatini tadqiq etgan (118). V.M.Karimova esa o‘zbek oilasi to‘g‘risidagi ijtimoiy tasavvurlarning turli guruh vakillarida namoyon bo‘lishini empirik jihatdan o‘rgangan. Empirik tadqiqot jarayonida oilaviy-ijtimoiy tasavvurlarning turli yosh va jins vakillarida o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘lishi hamda ularning shaxs va guruhlarning hayot tarzi, ma’lumot darajasi, kasb-kori va hayotiy tajribasiga bog‘liqligi asoslangan. Unda birinchi marta o‘zbek ayollari va erkaklarining oiladagi ijtimoiy-psixologik mavqei, er-xotin munosabatlarining yuqori sinf o’quvchilari tarbiyasi va oila muhitiga ta’siri, yoshlarda to‘g‘ri, maqbul oilaviy-ijtimoiy tasavvurlarning shakllanish shart-sharoitlari va psixologik omillari aniqlangan (101). G‘.B.Shoumarov oila munosabatlarida ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi bog‘liqlik, o‘zbek oilalarining o‘ziga xos xususiyatlari, er-xotin o‘rtasidagi kelishmovchiliklarning asosiy sabablari va uni hal etish yo‘llari, o‘smir-yoshlarni oilaga tayyorlashning psixologik, jinsiy, axloqiy jihatlari, oiladagi axloqiy-psixologik muhit, qaynona-kelin, qaynona-kuyov o‘rtasidagi kelishmovchiliklar va ularning oldini olish kabi muhim muammolarni tadqiq etgan (217). M.Xolmatova oilaviy munosabatlar madaniyatini takomillashtirish va sog‘lom avlodni tarbiyalash muammolari, yosh avlodni oilaviy hayotga tayyorlashning axloqiy, jismoniy, estetik, ma’naviy, ruhiy, jinsiy jihatlari, ularni oilaga tayyorlashda milliy va umuminsoniy qadriyatlar, sharqona urf-odatlardan oydalanish, oila qurish omillarini ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan tadqiq etadi (204). O.Musurmonova oila maqomi milliy g‘urur va iftixor darajasiga ko‘tarilishi munosabati bilan mustaqillik sharoitida uning kamoloti, tinchligi va farovonligi,haq-huquqlarini himoyalash muammolarini o‘rganadi (122). M.O.Inomova oilada yuqori sinf o’quvchilarini ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashni muhim pedagogik muammo sifatida tadqiq etar ekan, mustaqillik sharoitida oilada yuqori sinf o’quvchilarini ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda milliy qadriyatlardan foydalanish masalalari, oilaviy tarbiyada milliy tarbiya tajribalari, xalq pedagogikasining tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlaydi hamda oilada yuqori sinf o’quvchilarini ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning maqsad va vazifalari, uning o‘ziga xos xususiyatlari, mazmun-mohiyati, shakl va metodlarining bir butun tizimini belgilab beradi (92). D.Xoliqov esa yuqori sinf O’quvchilarini oilaviy hayotga tayyorlashda xalqimiz urf-odatlari, an’analaridan jinsiy tarbiyada foydalanish yo‘llari, shakl va metodlarini tadqiq etadi (199). O‘zbek oilalarida nikohning o‘ziga xos talablari hamda ajralish va kelishmovchiliklarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini N.A.Sog‘inov, hamda o‘zbek oilalarida er-xotin munosabatlarida nizolarning yuzaga kelish sabablari ijtimoiy-psixologik, mintaqaviy va milliy xususiyatlarini X.K. Karimovlar o‘rganganlar. MDH davlatlarida Yu.P.Azarov, A.E.Izmaylov, I.V.Grebennikov, B.T.Lixachev, I.Arabov, X.Rahimov, I.X.Karimova va boshqalarning tadqiqotlari diqqatga sazovor. A.P.Azarov, B.T. Lixachevlarning ilmiy-tadqiqot ishlarida oilaviy tarbiyaning nazariy jihatlari o‘z ifodasini topgan bo‘lsa, A.E.Izmaylov esa Markaziy Osiyo xalqlarining oilada yuqori sinf o’quvchilarini tarbiyalash tajribalarini keng va har tomonlama yoritish bilan birga, hozirgi davrda xalqlarimizning ana shu tajribalari asosida yosh-avlodni tarbiyalash metod va usullarini ham o‘rgangan. Oilaviy tarbiyaning ilmiy-amaliy sohalari, jumladan yosh avlodni oilaviy hayotga tayyorlashning axloqiy jihatlari I.V.Grebennikov, I.Arabov, X.Rahimov, I.X.Karimov va boshqalarning ilmiy tadqiqot ishlarida har tomonlama tadqiq etilgan (73, 49, 100). Oilaviy tarbiya muammolari xorijiy mamlakatlar olimlarining ham diqqat e’tiboridan chetda qolmagan. Xususan, amerikalik olim Benjamin Spok oilada yuqori sinf o’quvchilarining mehnat iste’dodi, fuqarolik va insoniylik hamda insonparvarlik pedagogikasining tarafdori sifatida ota-ona mehri, bolaning erkinligi, uning ijodiy faoliyatini qo‘llagan holda yaxshi oila boshlig‘i va yaxshi fuqaroning kamol topishi uchun demokratik omillarni keng rivojlantirish va insoniylikni tarbiyalash tarafdori bo‘lib chiqadi. Italiyalik olima Ada Della Torre ham oilada yuqori sinf o’quvchilarining tarbiyasi, ularni mehnatsevar qilib tarbiyalash, ota-onalar obro‘si va ular bilan farzandlar o‘rtasidagi ziddiyatlarning oldini olishda insonparvarlikni takomillashtirish va eng muhimi, oila va jamiyat o‘rtasidagi bog‘liqlik masalalariga e’tibor beradi (32). Polyak olimasi Mariya Zemska esa oilaning ijtimoiy me’yorlari va qadriyatlari, oila-nikoh munosabatlarida jamiyat talablari, ajralishlarning asl mohiyati va uning oldini olish, oilaga psixologik yordamning samaradorligini oshirish masalalarini tadqiq etadi (85). Ingliz olimi E.Le Sham ham har bir oilada yuzaga kelgan ota-ona va bola o‘rtasidagi ziddiyatlar, kelishmovchiliklarning oldini olishda bolaning o‘ziga xos xususiyatlari, uning sabablarini aniqlash va ularga to‘g‘ri munosabatning psixologik jihatlari, shuningdek ota-onalarning ajralish sabablari, ularda oila, yuqori sinf o’quvchilari uchun mas’uliyat masalalariga e’tiborni qaratadi (110).

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin