O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti qo‘lyozma huquqida


-guruh. Axloqiy ongni, axloqiy tasavvur va bilimlarni takomillashtirishga qaratilgan metodlar. 2-guruh



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə20/22
tarix08.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#126726
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
dissertasiya ishim

1-guruh. Axloqiy ongni, axloqiy tasavvur va bilimlarni takomillashtirishga qaratilgan metodlar.
2-guruh. Madaniy hulq-atvor, ijobiy munosabatlarni takomillashtirishga qaratilgan metodlar.
3-guruh. Axloqiy his-tuyg‘ular va munosabatlarni rag‘batlantirishga qaratilgan yordamchi metodlar.
Yuqorida keltirilgan hamma metodlar orqali yuqori sinf o’quvchilariga axloqiy norma va qoidalar, ijtimoiy hayot voqealari o‘rgatiladi. Ularda axloqiy tasavvur va tushunchalar shakllantiriladi. Birinchi guruh metodlariga asosiy talablar quyidagilar: yuqori sinf o’quvchilarining yaxshilik, yomonlik to‘g‘risidagi tasavvurlarini e’tiborga olish, axloqiy xulq-atvor normalarini muhokama qilish uchun maxsus yaratilgan vaziyatda yuqori sinf o’quvchilarining o‘zlarini faol qatnashtirish, har bir bolaning his-tuyg‘usiga ehtiyotlik bilan munosabatda bo‘lish. Bolani noo‘rin tanqid qilish, uning ustidan kulish, unga nisbatan e’tiborsizlik qilish qat’iyan man qilinadi.
Hamma metodlardan izchillik bilan kompleks ravishda foydalaniladi.
Tushuntirish ko‘pincha yuqori sinf o’quvchilariga yangi axloqiy tushuncha, norma, qoida bayon qilib berilayotganda ishlatiladi. Tushuntirish kattalarning jonli so‘zi va namunasiga asoslanadi. Masalan, ro‘parada kelyotgan tanish kishiga xushmuomalalik bilan salom berish uchun biroz to‘xtab, u kishining yuziga qarab, kulimsirab “Assalomu alaykum” deyish, keyin yo‘lda davom etish kerak. tushuntirish va ko‘rsatish tabiiy bo‘lmog‘i lozim. Axloqiy mavzulardagi suhbatni yuqori sinf o’quvchilarining hamma sinflarida qo‘llash mumkin. Mazmuni yorqin, tushunarli bo‘lib, yuqori sinf o’quvchilarining his-hayajoniga yetarlicha ta’sir etishi kerak. Bu metodning asosiy vazifasiga quyidagilar kiradi:

  • yuqori sinf o’quvchilarida ijobiy axloqiy hislarni qo‘zg‘ata olish, asar qahramonlariga hamdardlik bildirish; yutug‘idan quvonib, muvaffaqiyatsizligiga birgalashib achinish;

  • yuqori sinf o’quvchilariga tushunarsiz bo‘lgan ayrim axloq qoidalarining mazmunini ochib berish;

  • axloqiy mavzulardagi hikoyalardan mashg‘ulotlarda, sayrlarda, yuqori sinf o’quvchilarining o‘z hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan joylarda ham foydalanish.

Axloqiy mavzulardagi suhbatlar orqali yuqori sinf o’quvchilari axloq normalari va qoidalarini, ijobiy xulq shakllarini egallabgina qolmay, shu bilan bir qatorda, ularda axloq qoidalari va normalariga nisbatan talab yuzaga keladi.
Yuqori sinf o’quvchilarining axloqiy tajribalarini kegaytirib borish, xulqning axloqiy sabablarini aniqlab berish kerak. suhbat vaqtida yuqori sinf o’quvchilari o‘z fikr-mulohazalarini aytishlariga keng imkon beriladi. Shunda ular har bir xatti-harakatini ongli ravishda, axloq normalari va qoidalari doirasida bajarishga urinadilar. Badiiy adabiyotni o‘qib berish, san’at asarlari va amaliy san’at buyumlarini tomosha qilish, musiqa va ashula eshitish yuqori sinf o’quvchilarida estetik hisni uyg‘otadi, shu bilan bir qatorda, axloq qoidalari va normalarini singdirib boradi.
Ikkinchi guruh metodlariga amaliy va o‘yin metodlari kiradi. Bular: o‘yin-mashqlar, mashqlar, muammoli vaziyatlar, izlanuvchanlik faoliyati, pedagogik masalalarni yechish, didaktik va harakatli, sahnalashtirilgan o‘yinlar, inssenirovkalardir; yuqori sinf o’quvchilarining hamma faoliyatiga rahbarlikni ham shu metodlarga kiritish mumkin. Hamma metodlar axloqiy tasavvur va tushunchalarni mustahkamlashga, yuqori sinf o’quvchilarida axloqiy tajribani to‘plashga, axloq normalari va qoidalarini ongli ravishda egallab olishlariga yordam beradi.
Mashq axloqiy xulq va odatlarni tarbiyalashning eng ta’sirli usulidir. Unga qoidalarni mashq qildirish, foydali odatlarni qaytarish kiradi. Eslatish - o‘rgatilgan tajribani yangilash, nazorat - o‘rgatilgan odatning to‘g‘ri va samarali ekanini tekshirishdir. O‘z-o‘zini nazorat qilish, bolani faollashtiruvchi shaxsiy gigiena qoidalarini, ovqatlanish madaniyatini, ko‘chada, maktab-internatlarda xulq madaniyatini egallashni mashq qildirish bunga misol bo‘la oladi.
Axloqiy tarbiya berishda uchinchi guruh metodlari ham muhim rol o‘ynaydi. Bu guruh metodlaridan tarbiyachi yuqori sinf o’quvchilarida ijobiy axloqiy sifatlarni mustahkamlash, bola hulqidagi salbiy tomonlarni yo‘qotish maqsadida foydalanadi. Bunda tushuntirish, ishontirish, suhbat shakllari qulay bo‘ladi. Tushuntirish yuqori sinf o’quvchilarini xulq qoidalari bilan tanishtirishda keng qo‘llaniladi va ko‘pincha ko‘rsatish bilan bog‘lab olib boriladi. Ishontirish tarbiyachining faoliyatida katta yordam beradi. Rag‘batlantirish va jazolash axloqiy tarbiyaning qo‘shimcha metodi bo‘lib, u asosiy metodlarga ta’sir etishning o‘ziga xos vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Tarbiyachi ijobiy hulqni qo‘llab-quvvatlash, bunday xatti-harakatni faollashtirish yoki bo‘lmasa, bolani yomon qiliqlardan qaytarish uchun rag‘batlantirishdan foydalanadi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin