O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakul’teti


modul. Texnologiya fanini bo’limlar bo’yicha darslarni tashkil etish o’qitish metodikasi



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə65/270
tarix23.06.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#134573
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   270
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi t

5 modul. Texnologiya fanini bo’limlar bo’yicha darslarni tashkil etish o’qitish metodikasi.


20-Mavzu:Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi bo’limini o’qitish metodikasi
Reja:

        1. Xalq hunarmandchiligida ishlatiladigan materiallarni o'rgatish metodikasi.

        2. Xalq hunarmandchiligida ishlatiladigan asbob - uskunalar.

        3. Xalq hunarmandchiligi usullarini o’rgatish va buyum tayyorlash.



Tayanch iboralar: Hunarmandchilik,Xalq hunarmandchiligi,Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi.Xalq hunarmandchiligida ishlatiladigan asbob –uskunalar. Xalq hunarmandchiligi usullari. Buyum tayyorlash.

Respublikamizda xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini rivojlantirish borasida yaratilayotgan imkoniyatlar natijasida hunarmandchilik faoliyati kundan kunga rivojlanib, ularning mahsulotlari yeksportga chiqarilmokda. 1997 yil 31 martda qabul qilingan “Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini yanada rivojlantirishni davlat yo’li bilan qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni bu boradagi ulkan o’zgarishlarda muhim dasturilamal bo’lmoqda. Mazkur farmonga muvofiq tashkil etilgan “Hunarmand” uyushmasi xalq amaliy san’atining asriy an’analari asosida faoliyat ko’rsatayotgan musavvirlar, xalq ustalari va hunarmandlarni birlashtirdi. olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar samarasida yurtimizda xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ati ham izchil rivojlanmoqda. Davlatimiz rahbarining 1997 yil 31 martda qabul qilingan “Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini yanada rivojlantirishni davlat yo’li bilan qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni bu boradagi ulkan o’zgarishlarda muhim dasturilamal bo’lmoqda. Mazkur farmonga muvofiq tashkil etilgan “Hunarmand” uyushmasi xalq amaliy san’atining asriy an’analari asosida faoliyat ko’rsatayotgan musavvirlar, xalq ustalari va hunarmandlarni birlashtirdi. o’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 30 martdagi «Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini rivojlantirishni yanada qo’llab-quvvatlash to’g’risida»gi PF-4210-sonli farmonida uy sharoitida xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ati buyumlarini ishlab chiqarish bo’yicha «Hunarmand» uyushmasi a’zolari - yakka tartibdagi tadbirkorlarga belgilangan qat’iy soliqni to’lash bo’yicha soliq imtiyozining amal qilish muddati o’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi PF-4399-sonli farmoniga asosan 2014 yilning 1 yanvariga qadar uzaytirildi.


Oliy ta’limning asosiy vazifasi mehnat bozorining uzluksiz ravishda o’sib borayotgan ehtiyojlariga muvofiq shuningdek, mutaxassisning aniq kasbiy malaka darajasiga yuqori talablar qo’yuvchi bozor iqtisodiyotiga o’tilishini hisobga olib, yuqori malakali va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.
Bugun o’zbek ustalarining ijodiy ishlari yurtimiz va xorijdagi ko’plab nufuzli ko’rgazmalarda muntazam namoyish etilib, ko’plab xalqaro mukofotlarga sazovor bo’lmoqda. Bularning barchasi davlatimiz tomonidan milliy hunarmandchilikni rivojlantirish borasida yaratilgan ulkan shart-sharoitning amaliy natijasidir. Bunyodkorlik – ulug’ ajdodlarimizdan meros qadriyat. Shahar va qishloqlarimiz ko’rkiga-ko’rk qo’shib turgan muhtasham imoratlarning qad rostlashi, tarixiy obidalarning qayta tiklanishi va muqaddas qadamjolarning obod etilishida mamlakatimiz hunarmandlarining ham munosib hissasi bor. Ular yaratgan milliy va zamonaviy san’at uyg’unligidagi bezak, naqsh va miniatyuralar bugun xorijiy mehmonlarni hayratga solsa, yurtdoshlarimiz qalbidagi faxru iftixorni oshiradi. o’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 28 martdagi «Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PF-3588-sonli farmoni bilan tasdiqlangan hunarmandchilikning asosiy quyidagi 25 ta faoliyat turi ro’yxati asosida qo’llaniladi.
1. Ganch o’ymakorligi;
2. Yog’och o’ymakorligi;
3. Suyak o’ymakorligi;
4. Tosh o’ymakorligi;
5. Yog’ochdan xalq hunarmandchiligi buyumlari yasash;
6. Metall va tunukadan buyumlar yasash;
7. Qilich, xanjar va pichoq yasash;
8. Zarb, o’yma tasvir (chekanka) usulda yasalgan buyumlar;
9. Chinni (farfor), sopol va ganchdan buyumlar yasash;
10. Qimmatbaho metallardan zargarlik buyumlari yasash;
11. Qo’lda gilam to’qish;
12. Qo’lda gazlama va to’qma buyumlar to’qish;
13. Shisha buyumlar tayyorlash;
14. Zardo’zlik buyumlari tikish;
15. Kashtachilik, kashtado’zlik;
16. Matoga gul bosish va chokli buyumlar tikish;
17. Milliy xalat (chopon) va bosh kiyimlar tayyorlash;
18. Musiqa asboblari yasash;
19. Miniatyurali, rasmli (tasvirli), ornamentli (naqshli) va sirli bezaklar berish;
20. Hajmli va figurali (shakldor) qolipli (andozali) quyma buyumlar yasash;
21. Kichik haykalchalar yasash;
22. o’yinchoqlar yasash;
23. Novdalardan buyumlar to’qish;
24. Teridan buyumlar va oyoq kiyimlari tikish;
25. Sovg’a (suvenir) yesdalik buyumlari tayyorlash;
Kishilik jamiyati shakllanganidan buyon insonlar o’zlarining hayotiy mehnat tajribalarini yosh avlodiga o’rgatib keladi. Qulay yashash uchun boshpanalar tayyorlash, tosh, suyak, bronza (jezdan) keyinchalik esa, temir (po’lat) dan turli xil mehnat qurollari, moslamalari tayyorlash, chorvachilik va dehqonchilikning rivojlanishi ham turli maqsadli faoliyatlarning, ya’ni, kasb-hunarlarining taraqqiy etishiga sabab bo’ladi. Kichik qabilalarining kengayib, yirik xalqlarga, yelatlarga aylanishi, mayda davlatlarning turli hududlar uchun qo’shni mamlakatlarga hujum qilishlari urush harakatlarining kelib chiqishiga sabab bo’ldi. Urush harakatlarida esa hujum va himoya qurollari, moslamalari, qurilmalari, jang qurollarining, askarlar va lashkarboshilarning kiyimlari, jihozlarining ko’plab tayyorlanishiga va qullanishiga xilma-xil ehtiyojlarni keltirib chiqardi. Tarixning ko’hna sarvaraqlarida turli mehnat qurollari, urush anjomlari, hujum va himoya jihozlarini mohir hunarmandlar, kasb-hunarlar sulolalari vakillari tayyorlaganlar. Xalq hunarmandchiligining hozirda 150-180 xildan ziyod turlari saqlanib qolgan va rivojlanayotgan bo’lsada, sovutchilik, nalchilik, rextagarlik kabi turlari deyarli yo’qolib bormoqda. Hunarmandchilikning kulolchilik, temirchilik, sandiqsozlik, beshikchilik, turli xil milliy matolar (beqasam, adras, atlas va boshqa) to’quvchilik, pichoqchilik, ko’nchilik, kashtachilik, zardo’zlik kabi ko’plab sohalari uzoq davrlardan buyon rivojlanib kelgan va hozirda ham taraqqiy etmoqda. Ushbu hunarlarning rivojlanishida ustoz-shogirdlik tizimining o’rni, ahamiyati katta bo’lib, bu tizim asrlar davomida shakllangan va rivojlangan. Ustoz hunarmand o’z tajribalarini, hunarlar sir-asrorlarini nisbatan uzoq vaqt mobaynida (10-14 yil) shogirdlariga o’rgatib borganlar, bu ishda ularga tajribali shogirdlari-xalfalar yordam berganlar. Ota-onalar, vositalar o’z farzandlarini ustaga “eti sizniki, suyagi bizniki” degan naql asosida belgilangan vaqt davomida shogirdlikka olib kelib berganlar. Bunday ustoz-shogirdlik tizimida o’rgatishni va o’rganishning asosiy uslublari shaxsiy namuna ko’rsatish, tinimsiz mehnat (mashq) qilish bo’lgan. Ulug’ mutafakkir allomalar ham o’zlariga ilm yo’lida shogird tanlashlarida avvalo, bo’lg’usi shogirdning biror kasb-hunari bor-yo’qligini, surishtirganlar. Agar bo’lg’usi shogird hunar sohibi bo’lsa, uni shogirdlikka qabul qilinganlar, agar hunari bo’lmasa, avvalo “hunar o’rgangach, so’ngra ilm o’rganasan, chunki, hunar hayot borliq tashvishi, ilm esa abadiyat, oxirat ramzidir” deganlar. Juda ko’p mutafakkirlar, allomalar kasb-hunar egalari bo’lganlar, masalan, Pahlavon Mahmud-po’stindo’z, shoir Javhariy-sovungar, shoir mavlono Xavofiy-tikuvchi, shoir mir Arg’un Hamado’z-chodirdo’z, mavlono Qobuliy Gazalfurush-kalavachi, mavlono Kamardo’z-tasmado’z, Bisotiy Samarqandiy-bo’yrado’z bo’lganlar. Chunki, ular kasb-hunar orqali halol mehnat qilib, ro’zg’orini boqsalar, ilm, tariqat, tafakkur orqali abadiyat sari qadam tashlaganlar. So’fiylik tariqatining asoschilaridan hisoblangan Bahouddin Naqshbandiy hazratlari “Dil-ba yoru, dast-ba kor” (qo’ling mehnatda-yu, qalbing Ollohda bo’lsin) deb ta’kidlaganlar. Sharq xalqlarining qadimiy yodgorliklaridan hisoblangan “Avesto” da “Yaxshilik va yezgulik yaratish uchun kishi, mehnat qilishi, o’z qo’llari bilan moddiy ne’matlar yaratmog’i lozim” deyiladi. Jumladan, islom dinining muqaddas kitobi hisoblangan “Qur’oni Karim” da ham, uning oyatlarini, suralari mohiyatini xalq orasida targ’ib qilish uchun yaratilgan hadisi shariflarda ham halol mehnat, kasb-hunarlarni egallash afzalligi uqtirilgan. Jumladan, buyuk muhaddis (hadisshunos) Xoja Ismoil, Imom al Buxoriyning “Al-jomi’ as-sahih” (Ishonarli to’plam) asarining “Savdo-sotiq kitobi”da shunday deyiladi: “Oysha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: Rasulloh salallohu alayhi vassallam: “Mening sahobalarim o’z kasblari (mehnatlari) bilan tirikchilik qilurlar”-debilar Shuningdek, ushbu to’plamning 2-qismida 19-bob go’sht sotuvchi va qassob haqida, 26-bob bo’yoqchi haqida, 27-bob temirchi haqida, 29-bob to’quvchi haqida 30-bob duradgor haqida kitoblari mavjuddir. Mehnat va kasb-hunarlarni o’rganish afzalligi, tamoyillari, tartib-qoidalari to’g’risida juda ko’plab mutafakkir, donishmandlarning tarixiy asarlarida, me’roslarida bayon etilgan. Uzluksiz ta’lim tizimining barcha ta’lim muassasalarida, oilada, mahalla jamoatchilikda, barcha sohalarda yoshlarga kasb-hunarlar aqidalarini o’rgatib borish zarur bo’ladi. Kasb-hunarlar risolalari hunar kishisi fazilatlari, tartibi, odobi majmuasi pirlari, mashoyixlari, muqaddas qoidalari to’g’risida tinimsiz izlanishlar olib borish, tadqiqotlar natijalarini yoshlarga o’rgatib singdirib borish har bir ustoz, murabbiyning hozirgi davrdagi dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin