Ijtimoiy psixologiya – odamlarning jamiyatdagi birgalikdagi ish faoliyatlari natijasida ularda xosil bo‘ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tikodlar, xissiy kechinmalar va xulk atvorlarini o‘rganadi.
Mehnat psixologiyasi – kishining mehnat faoliyati psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jixatlarini o‘rganadi.
Muxandislik psixologiya – avtomatlashtirilgan boshkaruv sistemalari operatorlarining faoliyatini, «odam – texnika» orasidagi funksiyalarni taksimlash va muvofiklashtirishning xususiyatlarini o‘rganadi.
Yuridik psixologiya – xukuk sistemasining amal kilishi bilan bog‘liq masalalarning psixologik asoslarini o‘rganadi.
Xarbiy psixologiya – kishilarning xarbiy xarakatlar sharoitida namoyon bo‘ladigan xulk – atvorini, boshliklar bilan ijrochilarorasidagi munosabatlarning psixologik jixatlarini o‘rganadi.
Savdo psixologiyasi – jamiyatda tijoratning psixologik sharoitlari, extiyojning individual, yoshga oid, jinsga oid xususiyatlarini, xaridorga xizmat ko‘rsatishning psixologik omillarini aniklaydi, modalar psixologiyasi kabi masalalarni ko‘radi.
Tibbiyot psixologiyasi – shifokor faoliyati psixologiyasini, bemor xulk – atvorining psixologik jixatlarini o‘rganadi.
Metodlar – fan predmetining moxiyatini yoritish va materiallar tuplash uchun foydalaniladigan maxsus usullar va vositalar.
Tashki kuzatuv – moxiyatan kuzatiluvchi xulk – atvorini bevosita tashkaridan turib kuzatish orkali ma’lumotlar tuplash usuli.
O‘z – o‘zini kuzatish – odamning o‘zida kechayotgan biror uzgarish yoki xodisani shaxsan o‘rganish maksadida ma’lumotlar tuplash va kayd etish usuli.
Standartlashtirilgan kuzatuv – kachon, Kim va kimni kuzatish kat’iy belgilanadi va maxsus dastur doirasidan chikmay, kuzatuv olib boriladi.
Ichkaridan kuzatuv – kuzatuvchi shaxs o‘rganilyapgan gurux xayotiga tabiiy ravishda kushiladi va zimdan kuzatish ishlarini olib boradi.