O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə220/223
tarix02.01.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#46809
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   223
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

 
7-ILOVA  
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI 
28.07.2017 y.  PQ-3160 
MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISH VA SOHANI 
RIVOJLANTIRISHNI YANGI BOSQICHGA KO‘TARISH TO‘G‘RISIDA 
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda jamiyat hayotining ma’naviy-ma’rifiy asoslarini mustahkamlash, 
milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tushuncha va tamoyillarini hayotga joriy etish, yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh 
avlod qalbida Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun daxldorlik va mas’uliyat hissini oshirish, yot g‘oyalarga qarshi 
mafkuraviy  immunitetni  kuchaytirishga  yo‘naltirilgan  targ‘ibot  tizimi  shakllandi.  Bu  jarayonda  Respublika 
Ma’naviyat targ‘ibot markazi, uning joylardagi tuzilmalari hamda Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi 
tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilganini qayd etish lozim. 
Bugungi kunda dunyoda globallashuv jarayonlari kuchayib, tinchlik va barqarorlikka qarshi yangi tahdid 
va xatarlar tobora ko‘payib bormoqda. Bunday murakkab va tahlikali vaziyat sohada amalga oshirilgan ishlarni 
tanqidiy baholab, uning faoliyatini zamon talablari asosida takomillashtirishni taqozo etmoqda. 
Xususan,  oila,  mahalla  va  ta’lim  muassasalarida  yoshlar  tarbiyasi,  chekka  hududlar  va  mahallalarda 
uyushmagan  yoshlar  bilan  maqsadli  g‘oyaviy-tarbiyaviy  ishlarning  yuzaki  tarzda  olib  borilayotgani, 
jinoyatchilik,  diniy  ekstremizm  va  terroristik  harakatlarga  adashib  qo‘shilib  qolish,  milliy  qadriyatlarga 
e’tiborsizlik, erta turmush qurish, oilaviy ajralishlar kabi salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot 
ishlarining aksariyat hollarda kutilgan natijani bermayotgani bu masalalarga jiddiy e’tiborni talab etmoqda. 
Mamlakatimizda qabul qilingan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida, eng avvalo, davlat boshqaruvi organlarining quyi 
bo‘g‘inlari faoliyatini tubdan yaxshilash, ularning xalq bilan muloqot qilishini ta’minlash, bu borada samarali 
ijtimoiy hamkorlik mexanizmini mustahkamlash ustuvor vazifa sifatida belgilab qo‘yilgan. 
Ana shu maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarining mazmun-
mundarijasini tubdan yaxshilash, ularning ko‘lami va miqyosini kengaytirish, tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan 
soha  xodimlarining  bilim  va  malakasini  izchil  oshirib  borish,  tuman  (shahar)  darajasidagi  xodimlar 
mehnatiga  haq  to‘lashning  barqaror  tizimini  yo‘lga  qo‘yish,  sohada  faoliyat  olib  borayotgan  muassasa  va 
tashkilotlar ishini muvofiqlashtirish va ularning samarasini oshirish maqsadida: 
1.  Respublika  Ma’naviyat  va  ma’rifat  kengashining  Respublika  Ma’naviyat  targ‘ibot  markazi  hamda 
Milliy  g‘oya  va  mafkura  ilmiy-amaliy  markazini  birlashtirish  yo‘li  bilan  ularning  negizida  Respublika 
Ma’naviyat va ma’rifat markazini (keyingi o‘rinlarda - Markaz deb ataladi) qayta tashkil etish haqidagi taklifi 
ma’qullansin. 
2. Markaz faoliyatini tashkil etishda quyidagi asosiy vazifalarga alohida e’tibor qaratilsin: 
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, 
davlat  dasturlarining  mazmun  va  mohiyatini  aholining  keng  qatlamlariga  yetkazishga  qaratilgan  targ‘ibot 
ishlarini  tizimli  va  izchil  amalga  oshirish,  bu  borada  keng  jamoatchilik,  olimlar,  mutaxassislar,  ijodkor 
ziyolilardan iborat "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyatini shakllantirish hamda uning faoliyatini doimiy asosda 
yo‘lga qo‘yish; 
dunyoda  yuz  berayotgan  murakkab  geosiyosiy  va  g‘oyaviy-mafkuraviy  jarayonlarning  mazmun-
mohiyatini har tomonlama chuqur yoritib borish, terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, separatizm, odam 
savdosi, "ommaviy madaniyat", narkobiznes va boshqa tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish; 
jamiyatimizning barqaror rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan ichki tahdidlar - el-yurt taqdiriga loqaydlik, 
mahalliychilik,  urug‘-aymoqchilik,  oilaviy  qadriyatlar  va  yoshlar  tarbiyasiga  e’tiborsizlik  kabi  holatlarga 
barham berishga qaratilgan kompleks tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish; 
milliy  g‘oyani  yurtimizda  yashayotgan  barcha  millat  va  elatlar,  ijtimoiy  toifa  vakillari  o‘rtasida  keng 
targ‘ib  etish,  bunyodkorlik  ruhini  yalpi  ijtimoiy  harakatga  aylantirish,  ertangi  kunga  ishonch  tuyg‘ularini 
kuchaytirish; 


targ‘ibot-tashviqot ishlarida aholining hududiy, kasbiy hamda yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda 
mutanosib, maqsadli va mazmunli yondashuvni joriy etish; 
ma’naviy-ma’rifiy 
targ‘ibot 
ishlari 
samaradorligining 
ilmiy 
asoslangan 
monitoringini 
ta’minlashga qaratilgan sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazishni muntazam yo‘lga qo‘yish; 
yoshlarda  sog‘lom  dunyoqarash,  jumladan,  kitobxonlik  ko‘nikmasini  shakllantirish,  internet,  axborot-
kommunikatsiya  texnologiyalaridan  oqilona  foydalanish  madaniyatini  oshirish,  ularda  g‘oyaviy  va  axborot 
xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish; 
mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan ishlash, ushbu toifani ijtimoiy-iqtisodiy faollashtirishda jamoat 
tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; 
xalqimizning  tarixiy  merosi,  urf-odatlari  va  milliy  tarbiya  an’analarini  asrab-avaylash,  keng 
aholi  qatlamlari, ayniqsa,  yoshlarimiz  o‘rtasida dinlararo bag‘rikenglik, millatlararo  totuvlik  va  o‘zaro  mehr-
oqibat muhitini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va joriy etish. 
3. Belgilab qo‘yilsinki: 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashiga, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tumanlar (shaharlar) hokimlari tegishli 
ravishda hududiy kengashlarga jamoatchilik asosida raislik qiladilar. 
4.  Qayta  tashkil  etilayotgan  Markaz  Respublika  Ma’naviyat  targ‘ibot  markazi  hamda  Milliy  g‘oya  va 
mafkura  ilmiy-amaliy  markazining  barcha  huquq  va  majburiyatlari  bo‘yicha  huquqiy  vorisi  hisoblanishi 
inobatga olinsin. 
5.  Respublika  Ma’naviyat  va  ma’rifat  kengashining  tashkiliy  tuzilmasi,  Respublika  Ma’naviyat  va 
ma’rifat  markazining  tuzilmasi,  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  bo‘limlari  va 
tuman (shahar) bo‘linmalarining namunaviy tuzilmalari 1 - 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 
6. Markaz rahbariga uning tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar 
kiritish huquqi berilsin. 
7. Belgilab qo‘yilsinki: 
Markaz  va  uning  hududiy  bo‘limlari  hamda  bo‘linmalari  faoliyatini  moliyalashtirish  O‘zbekiston 
Respublikasi  Davlat  budjeti  mablag‘lari,  shuningdek,  qonun  hujjatlarida  taqiqlanmagan  boshqa 
manbalar hisobidan amalga oshiriladi; 
Markaz rahbari maqomi, maishiy ta’minoti, tibbiy va transport xizmatidan foydalanish shart-sharoitlariga 
ko‘ra  -  vazirga,  Markaz  rahbarining  birinchi  o‘rinbosari  va  o‘rinbosari  -  tegishli  ravishda  vazirning  birinchi 
o‘rinbosari va o‘rinbosariga tenglashtiriladi; 
Markaz xodimlariga davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun belgilangan ish haqi, mukofotlash va 
moddiy yordam ko‘rsatish shartlari tatbiq etiladi. 
8. Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish 
va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasiga Markaz hamda "Tafakkur" va "Ma’naviy hayot" jurnallari tahririyatini joylashtirish uchun bino 
ajratish bo‘yicha taklif kiritsin. 
9. Markaz bir oy muddatda o‘z Ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Respublika Ma’naviyat va 
ma’rifat kengashiga kiritsin. 
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: 
ushbu  qarorni  amalga  oshirish  bilan  bog‘liq  sarf-xarajatlarni  moliyalashtirish  uchun  zarur  bo‘lgan 
mablag‘larni 2017 yilda Ijtimoiy soha bo‘yicha tasdiqlangan budjet parametrlari doirasida ajratsin, 2018 yildan 
boshlab esa - O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin; 
Markazga 5 ta avtotransport vositasini, jumladan, 3 ta xizmat ko‘rsatadigan, 1 ta navbatchi va 1 ta maxsus 
avtobusni  saqlab  turish  uchun  hamda  Markazning  hududiy  bo‘limlariga  jami  14  ta  xizmat  ko‘rsatadigan 
avtotransport vositasini saqlab turish uchun limit ajratsin. 
11.  Respublika  Ma’naviyat  va  ma’rifat  markazi  O‘zbekiston  Respublikasi  Bandlik  va  mehnat 
munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Markaz, hududiy bo‘limlar va 
bo‘linmalar xodimlarining mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha yagona tarif setkasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 
12. Markaz manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda "Ma’rifat" targ‘ibotchilar 
jamiyati lektorlari faoliyatini moliyalashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqsin hamda Respublika Ma’naviyat 
va ma’rifat kengashiga kiritsin. 
13.  O‘zbekiston  Respublikasi  Axborot  texnologiyalari  va  kommunikatsiyalarini  rivojlantirish  vazirligi 
Markazni zarur telekommunikatsiyalar, internet axborot tarmog‘iga kirish va telefon aloqasi, jumladan, hukumat 
telefon aloqasi bilan belgilangan tartibda ta’minlasin. 
14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tumanlar 
(shaharlar) hokimlari ikki oy  muddatda Markazninghududiy bo‘limlari  va bo‘linmalarini belgilangan tartibda 
zarur  xizmat  xonalari,  mebel  jamlamasi,  kompyuter  texnikasi,  aloqa  vositalari  va  internet  tarmoqlari  bilan 
ta’minlash choralarini ko‘rsin. 


15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 avgustdagi "Milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-
ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida"gi PQ-451-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan, deb hisoblansin. 
16.  Respublika  Ma’naviyat  va  ma’rifat  markazi  manfaatdor  vazirlik  va  idoralar  bilan 
birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan bir oy 
muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 
17.  Mazkur  qarorning  ijrosini  nazorat  qilish  O‘zbekiston  Respublikasining  Bosh  vaziri  A.  Aripov  va 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari X. Sultonov, R. Komilov zimmasiga yuklansin. 
 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   223




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin