Tadbirni tayyorlash (axborot hajmini aniqlash, oldindan tadqiq qilish, so‘roq rejasini tuzish).
So‘roq anketasini tayyorlash (test savollarni tuzish, testlarni tarqatib, kuzatuv o‘tkazish).
So‘rovnoma o‘tkazish usulini tanlash (ommaviy yoki tanlanma guruhlar ichida so‘rovnoma o‘tkazish, qaysi iste’molchilar guruhida so‘rovnomani o‘tkazish).
Kuzatuv va tekshiruv usullarini amalga oshirishning asosiy vositasi bo‘lib anketa (savolnoma) o‘tkazish va mexanik qurilmalar, masalan, odamlar sonini hisoblagichlar, kino, videokameralar hisoblanadi.
Savolnoma – biron-bir ma’lumot olish uchun yaratilgan so‘rov varaqasidir. Savolnoma odatda uch qismdan: kirish, rekvizit qismi va asosiy qismdan iborat bo‘ladi.
Kirish qismining asosiy vazifasi – so‘ralayotganlarni so‘rovda ishtirok etishga ko‘ndirishdir. Unda olib borilayotgan so‘rovning maqsadi va so‘ralayotgan shaxs so‘rovda ishtirok etib qanday foyda olishi ko‘rsatilishi lozim.
Rekvizit qismida so‘ralayotgan shaxsga tegishli axborot: yoshi, jinsi, kasbi, oilaviy holati va h.k. keltiriladi.
Asosiy qismidagi savollarning mazmuni tadqiqotchilar qo‘yilgan savollarga olingan javoblar natijasida aynan nimalarni bilishni istayotganligiga bog‘liq. Quyidagi savol turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
Ochiq savol so‘ralayotganga o‘z so‘zlari bilan javob berish, o‘zini erkin tutish imkonini beradi.
Yashirin savol barcha mumkin bo‘lgan barcha javob variantlarini o‘z ichiga oladi, so‘ralayotgan ulardan birini tanlab oladi.
Axborot pochta yoki intervyu olish yo‘li bilan ham to‘planishi mumkin.
Birlamchi axborotlarning keng tarqalgan usullari bu savolnomalar tarqatib iste’molchilarning tovar va xizmat turlari haqidagi fikrini bilish, kuzatuv ma’lumotlari, tajriba va laboratoriya kuzatuvlaridir.
Savolnomalar orqali so‘roq va intervyu olishjuda keng tarqalgan. Bu usullar bilan birlamchi axborotlarni to‘plash qimmatga tushadi. Shuning uchun bunday axborotlarni yirik firma, korporatsiyalar, kompaniyalar o‘z faoliyatlarining strategik rejalarini tuzish maqsadida o‘tkazadilar. Shuni ta’kidlash joizki, marketing tadqiqotlari juda ko‘p vaqt va sarfxarajat talab etuvchi jarayon bo‘lib, hozirda firmalar raqobatbardosh bo‘lishini ta’minlash, bozor ulushini egallash, tashqi bozorlarni o‘rganish orqali eksport faoliyatini rivojlantirish uchun tadqiqotlar o‘tkazishga qiziqadilar. Samarali o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi albatta, o‘z foydasini beradi va tez orada xarajatlar qoplanadi.
Birlamchi axborot ochiq dala marketing tadqiqotlari, deb nomlangan kuzatuv, tekshiruv, tajriba va imitatsiya yo‘li bilan olinadi.
Kuzatuv – tanlab olingan insonlar guruhi xatti-harakatini turli vaziyatlarda ularning amallarini yozib borish orqali birlamchi axborotlarni yig‘ish hisoblanadi, masalan xaridorlarning do‘kondagi xatti-harakatlari.
Dostları ilə paylaş: |