127
oʻzgarishiga, qayrilishiga olib kelgan, yaʼni keyingi savdo sessiyalarida bozorda
“buqalar” hukmron boʻlishgan. Investor esa sotib olgan aksiyalarini 3-raqamdagi
savdo sessiyasida sotishi kerak, aks holda katta zarar koʻrishi mumkin.
Sham chizigʻi ochilish va yopilish bahosi, maksimal va minimal koʻtarilish
baholariga bogʻliq holda turli xil koʻrinishlarda namoyon boʻladi.
Yapon shamlarining turlari va modellarini bilish va oʻrgansh investor uchun
fond bozorida mavjud risklarni xedjirlashi yoki qimmatli qogʻozlar
oldi-sotdisida
koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni oldini olishi mumkin.
Anʼanaviy yapon shamlari keng qoʻllanilishi bilan birga quyidagi turlari
mavjud:
Marubozu – bu yapon shami turida oʻsuvchi tendensiyani saqlagan holda,
bozorda “buqalar” ning kuchli namoyon boʻlishi.
Uzun tanli sham – bu yapon shami turida savdo sessiyasida qimmatli
qogʻozning ochilish va yopilish narxlari oʻrtasidagi anchagina farqni koʻrishimiz
mumkin.
Doji – savdo sessiyasida qimmatli qogʻozlarni ochilish va yopilish
narxlarining bir xil boʻlishida kuzatiladi. Boshqa yapon shamlarining turlari bilan
kombinatsiyasida uning ahamiyatini koʻrishimiz mumkin, lekin asosiy ahamiyatli
yapon shamlari turlariga kiradi. Bundan tashqari, doji ahamiyatli sham modellari
tarkibiga kiradi. Doji bozor ishtirokchilari xarakatidagi
ishonchsizlik xolatlarini
koʻrsatadi, shuningdek, bozordagi narxlarning qayrilishini, oʻzgarishini bildiradi.
Doji xar doim xam fond bozorlarda uchramaydi, shuning uchun oʻz ahamiyatini
yoʻqotmaydi, agar fond bozorlarda tez-tez uchraydigan boʻlsa, doji oʻz ahamiyatini
yoʻqotadi.
Dojining quyidagi turlarini mavjud:
1. Qimmatli qogʻozning maksimal va minimal nuqtalari boʻlmagan doji turi.
2. Dojining eng koʻp uchraydigan turi.
3. Uzun oyoqli doji – uzun maksimal va minimal nuqtalarga ega. Agar
dojining maksimal nuqtasi qanchalik uzun boʻlsa, uning shunchalik “ayiq” trendi
imkoniyati kuchli boʻladi.
Uzun oyoqli dojining ahamiyati, oʻsuvchi tendensiyada bu doji turining
namoyon boʻlishi narxlarning qayrilishiga, yaʼni
pasayuvchi tendensiyaga
oʻzgarishiga olib keldi. Fond bozori ishtirokchilari uchun foyda koʻrish yoki
zararni oldini olishda katta ahamiyatga ega.
Doji “qabr toshi” - uning minimal nuqtasi boʻlmagan doji, lekin maksimal
nuqtga ega, yaʼni savdoning ochilish va yopilish bahosi tahlil etayotgan
vaqtimizdagi minimumga toʻgʻri keladi.
Dojining bu turi ham uzun oyoqli dojiga oʻxshab uning “buqalar” trendida
paydo boʻlishi keyingi savdolarda “ayiqlar” trendi imkoniyatlarini oshirayapti,
yaʼni keyingi savdolarda fond bozorida “ayiqlar” trendi xukmron boʻladi. Investor
uchun bu doji turining ahamiyatli tomoni shundaki, “qabr toshi” dojini bozorda
namoyon boʻlishi bilan investor oʻz aksiyalarini sotishga tushadi va keyingi
savdolarda aksiyalarni yanada arzon baxodan sotib olishga xarakat qiladi.
128
Doji “ninachi” – “qabr toshi” ning teskarisi: bu dojida yuqori maksimal
nuqtaga
mavjud emas, lekin uzun minimal nuqtaga ega. Xisoblanadiki, doji
“ninachi” qanchalik uzun minimal nuqtaga ega boʻlsa, shunchalik bozor
ishtirokchilari optimistik kayfiyatda boʻlishadi.
Doji “ninachi” ning ahamiyati doji “qabr toshi” ning teskarisi, faqatgina doji
“ninachi” pasayuvchi trendda namoyon boʻlib narxlarning qayrilishi, burilishiga
sabab boʻladi, yaʼni oʻsuvchi trendga oʻzgarishiga.
Fond bozori professional qatnashchilari, investorlar qimmatli qogʻozlar oldi-
sotdisida ishtirok etishar ekan, ularning maqsadi katta foyda olish bilan bogʻliq.
Shuning uchun, bu bozor qatnashchilari qimmatli qogʻozlar narxlarining
kelajakdagi oʻzgarishini prognoz qilishi uchun yapon shamlaridan foydalanishadi.
Lekin faqat doji turlari bilangina fond bozori xolatini tahlil qilish mumkin emas,
xamda investor doji turlarini oʻrganish orqali fond boorida oʻz strategiya va
taktikalarini
bajara olmaydi, ammo doji yapon shamlari modellarida ham
ahamiyatli hisoblanadi.
Shunday ekan, yapon shamlarining modellarini bilish va oʻrganish fond
bozorining bugungi va kelajakdagi xolatlarini prognoz qilishda katta ahamiyatga
ega. Yapon shamlari modellarining quyidagi turlari mavjud:
1.
Yutish (qoʻshib olish) modeli.
2.
Tongi va tungi yulduz modellari.
3.
Uch qora qargʻa modeli.
4.
Uchta oq askar modellari va boshqalar.
Yutish (qoʻshib olish) modeli “buqalar” va “ayiqlar” turlariga ajraladi.
Yutish modeli ikkita sham orqali shakllanayapti. Bunda 2-shamning tanasi
1-shamnikidan uzun boʻlib uni yutib yuborayapti, yaʼni 2-shamda savdolar hajmi
oshgan, shuning uchun savdolarning ochilish va yopilish baxolari oʻrtasida katta
farq mavjud va bu xolat 2-sham tanasiga taʼsir qilgan. ”Buqalar” modelida 2-
shamning namoyon boʻlishi va 1-shamning yutib yuborilishi qimmatli qogʻozlar
savdolaridagi trendning pasayuvchidan oʻsuvchi trendga oʻzgarishiga olib keladi.
Investor esa, 1-shamda, yaʼni pasayuvchi trendda aksiyalarni xarid qiladi ikkinchi
va undan keyingi shamlarda, yaʼni oʻsuvchi trendda sotadi. “Ayiqlar”
modeli
“buqalar” modelining teskarisi.
Yapon shamining tongi va tungi yulduz modellari oʻsuvchan hamda
pasayuvchan tendensiyada shakllanadi.
Fond bozorida may oyigacha qimmatli qogʻozning narxlari “ayiqlar”
trendiga boʻysungan boʻlib, kichik oq tanali va uzun minimal nuqtasiga ega
boʻlgan shamning paydo boʻlishi (savdo hajmlarining kichik boʻlishi) aksiya
narxlarning burilishiga, yaʼni “buqalar” trendiga oʻzgarishiga olib keldi. May
oyining oxirigacha oʻtkazilgan savdolarda bozor oʻsuvchi tendensiyaga
boʻysungan. Bu modelning namoyon boʻlishi orqali investorlar “ayiqlar” bozoridan
“buqalar” bozorida xarakat qilishlari mumkin.
Uch qora qargʻa modeli baland narx atrofida paydo boʻlsa yoki uzoq muddat
davom etgan oʻsuvchan tendensiyadan soʻng narx tushushini oʻlchab beradi. Uch
qora qargʻada narxning yopilishi minimal narx atrofida yoki ularning yaqinida
129
boʻlishi kerak. Har bir shamda narxning ochilishi bundan oldingi sham tanasining
“ichida” boʻlishi kerak. Uchta qora shamning ketma-ket namoyon boʻlishi keyingi
savdolarda fond bozorida toʻla-toʻkis “ayiqlar” trendining xukmronligini
koʻrsatayapti. Investorlar bu modeldan oʻz manfaatlari uchun foydalanishi
mumkin, yaʼni ular qimmatli qogʻozlar juda arzon baxodan
sotib olishga xarakat
qilishadi va maʼlum savdo kuni oʻtkanidan keyin yoki bozor tendensiyasi
“buqalar” trendiga oʻzgarganida qimmat narxda sotishadi.
Yapon shamlarining boshqa modellari ham fond bozoridagi narxlarning
muayan yoʻnalishini oʻrganishda, yaʼni qiimatli qogʻozlar trendining oʻsishini yoki
pasayishini oʻrganishda, oldindan bilishda foydalaniladi.
Xulosa qilib shuni aytish joizki, qimmatli qogʻozlar bozorida sekʼyurimetrik
tahlil usulini qoʻllanilishi bu fond bozori infratuzilmasini rivojlanishiga,
qatnashchilar sonining oshishi, bilimli mutaxassislarni ish bilan taʼminlanishi,
yangi texnologik majmualarni qoʻllanilishi, bozor volatilligining oʻsishi kabi ijobiy
xolatlarga olib kelishi mumkin. Bu rivojlanish oʻz navbatida mamlakatimizning
yalpi ichki mahsulotining oʻsishiga katta taʼsir koʻrsatadi.
Dostları ilə paylaş: