123
10.4-rasm. Aksiya narxi trendi yoʻnalishi
Tahlilchi narx har bir oʻzgarishini qayd qilib boradi. Agar narx bir pogʻona
oʻssa, u holda diogrammaga X belgisi qoʻyiladi. Keyingi narx oʻsishida
yuqoriga
yana bir X belgisi qayd qilinadi. Agar narx bir pogʻona pasaysa, u holda oʻng
tomondan yangi ustun ochiladi va shu ustundan 0 belgisi bilan belgilanadi.
Texnik tahlil mazmunan har qanday moliyaviy aktivning bozor narxini
moliya bozori obyektiv baholaydi, degan fikrdan kelib chiqadi. Bu usul umuman
olganda aksiyalar bozori kurslari konʼyunkturasini konkret kompaniya aksiyalari
kurslari dinamikasiga prognoz berish uchun oʻrganadi. Bunda avval kurslar
dinamikasida sikllar (davrlar) yoki qaytariladigan
tendensiyalarni aniqlash
maqsadida oldinggi davrlar uchun bozor kurslari tadqiq qilinadi. Keyin esa avvalgi
davrlarda aniqlangan tendensiyalarga oʻhshash joriy tendensiyalarni aniqlash
maqsadida vaqtning ohirgi davri uchun aksiyalar kurslari tahlil qilinadi. Tahlilning
ohirida hozirgi mavjud va avvalgi aniqlangan aksiyalar kurslari tendensiyalari
oʻzaro solishtiriladi. Bunda narx trendlari davriy qaytariladi deb qabul qilinadi.
Shunday qilib, analitik koʻrilayogan aksiyalar boʻyicha avvalgi va joriy
bozor
tendensiyalarini aniqlagan holda, kurslarning kelajakdagi dinamikasini yetarlicha
aniq prognoz qilishga ishongan holda tahlil qiladi.
Texnik tahlil yordamida fond bozoridagi narxlar
dinamikasini iqtisodiy
hodisalarning mazmuniga kirmasdan tadqiqini amalga oshirsa boʻladi. Uni yana
grafik tahlil (grafiklar, gistogrammalar, nuqtali diagrammalar, narxlar harakati,
indekslar usuli) ham deyiladi. Bunda fond indekslari bozor holatini yaxshiroq
ifodalaydi.
Texnik tahlilni amalga oshirishga quyidagi muhim tahminlarga asoslaniladi:
- tashqi omillarning har qanday oʻzgarishlari qimmatli qogʻozlarni bozor
narxlari (kurslari) dinamikasida oʻz aksini topadi;
- fond bozoridagi narxlar dinamikasi oldindan idrok qilinadigan maʼlum
qonuniyatlarga boʻysunadi, bunday qonuniyatlar barqaror boʻlishi mumkin;
300
400
500
600
Цена
акции (руб.)
Дни
х
о
х
о
х
о
х
х о х о х о х
х о х о х о х
х о х о о х
х
о х
х
о х
х
о
х
о
124
- qimmatli qogʻozlar kurslarining avvalgi va joriy bozor tendensiyalarini
oʻrganish asosida ularning kelajakdagi oʻzgarish dinamikasini prognoz qilish
mumkin.
Grafik tahlil quyidagi uch asosiy masalani yechishda qoʻllaniladi – fond
bozoridagi narxlar
darajasini prognoz qilish; qimmatli qogʻozlarni sotish va sotib
olish vaqtining optimal momentini topish; fundamental tahlil natidalarining
toʻliqligi va toʻgʻriligini tekshirish.
Hozirda har ikkala usul bir-birida farqlansada, oʻzlarida bir-birlarining u
yoki bu komponentlarini qoʻllaydilar. Bundan
tashqari ular boshqa tahlil
nazariyalari unsurlarini ham oʻz ichiga olishgan, masalan, “effektiv bozor”
modellarini, “ehtimoliy asosda behosdan qilingan tanlov” konsepsiyasini. Bunga
qaramasdan har ikala usul ham hozirda fond bozorlarini tahlil qilishda bosh
mavqega ega boʻlib kelmoqda. Lekin, bu usullar yangi yondashuvlarni paydo
boʻlishi evaziga takomillashib bormoqda. Masalan, I.Fisherning foiz stavkalar
nazariyasini, Uilyamsning kapital aktivlarni
baholash nazariyasini, Naytning aniq
boʻlmagan omillar va risklarni sifat tahlili metodini, Markovisning (keyinchalik
Sharp, Tobin, Lintner, Mossin, Blek, Shoulzlarning) optimal portfelni tanlash
nazariyasini, SARM modellarini, Elliotning toʻlqinlar nazariyasini, Sorosning
refleksiv nazariyasini, Rossning ART modellarini, Molilyani va Millerning
nazariyalarini, va h.k. nazariyalarni keltirish mumkin.
Taʼkidlash joizki, texnik tahlil usuli barcha mutaxassislar tomonidan oson
qoʻllanilishi mumkin, fundamental tahlil usulini esa har qanday mutahassis
tomonidan oson qoʻllashi qiyinroq kechadi. Chunki fundamental tahlil ancha qiyin
ish boʻlib, yetarli maʼlumotlar bazasini shakllantirishni va mos ravishda
moliyalashtirilishni talab qiladi.
Sekyurimetrik tahlil yordamida bozordagi qimmatli qogʻozlarning
ekvivalentlilik potensiali darajalari asosida fond bozorining
potensialini baholash
mumkin. Bunda ekvivalentlilik potensialini natijaviy vektorning miqdoriga
(natijaviy yoʻnaltirilgan kuch sifatida) koʻpaytmasi qimmatli qogʻozning quvvati
kuchini, bu quvvatlarning yigʻindisi esa qimmatli qogʻozlar bozori muhitining
quvvati kuchini bildiradi.
Dostları ilə paylaş: