Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Yüklə 2,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/128
tarix30.07.2023
ölçüsü2,26 Mb.
#138018
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   128
O zbеkiston rеspublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t

1. Stress-test usuli. 
Stress-testlar alohida moliyaviy institutni yoki butun 
tizimni makroiqtisodiy yoki makromoliyaviy oʻzgarishlariga nisbatan qanchalik 
zaifligini baholashga xizmat qiladi. Stress-testlar boshqa usullardan farqli tarzda 
tizimli riskni vujudga kelishi ehtimolligini emas, balki agar oʻzgarish (shok) roʻy 
bersa, oqibatlar qanaqa boʻlishini aniqlaydi. Stress-test oʻtkazilishida odatda bir 
yoki bir nechta (pozitiv, oʻrta, negativ) ssenariylardan foydalaniladi. Ular dastlabki 
shok kattaligi, prognozlash gorizonti, risk omillarini stress-test obyektining 
barqarorligiga salbiy taʼsirining darajasi kabi parametrlar boʻyicha farqlanishadi.
Stress-testning quyidagi yoʻnalishlari mavjud: 
- pastdan tepaga usuli. Masalan banklar oʻzining yoʻqotishlar darajasini har 
bir ssenariy boʻyicha mustaqil aniqlashadi va umumlashtirish uchun yuqori 
turuvchi megaregulyator (Markaziy Bank)ga taqdim qilishadi.
- tepadan pastga usuli. Masalan Markaziy Bank tomonidan yagona 
metodologiya boʻyicha butun tizim (tijorat banklari)ni testdan oʻtkazilishi. 
Pastdan tepaga usulda har bir bank oʻzining riski va yoʻqotishlari tizim yoki 
kontragentlarga taʼsiri yoki oʻzaro taʼsirini emas, balki oʻz faoliyatiga taʼsirini 
baholaydi. 
11.1-jadval 
Stress-test kamchiliklari va afzalligi 
Kamchiliklar 
Afzallik 
Statistik maʼlumotlarni toʻplashda 
yoʻqotishlar kuzatilishi; 
Stress sharoitida banklar chiziqli 
harakatlanmasligi (har bir bank 
oʻzgacha reaksiya koʻrsatishi). 
Nazorat organiga murakkab tizimli 
modellarni ishlab chiqishi uchun 
moliyaviy institularda toʻplangan 
riskning konsentratsiyasi va koʻlami 
haqida dastlabki maʼlumot berishi. 
2. Tizimli riskni erta aniqlash indikatorlari. 
Ushbu usulning mohiyati 
tizimdagi risk darajasini taqriban aniqlaydigan iqtisodiy indikatorlar aniqlagan 
chegaraviy qiymatdan yuqori boʻlgan davrlarni aniqlaydi va bu inqiroz 
boshlanishiga xabar vazifasini bajaradi. Inqiroz boʻyicha erta xabar berish tizimiga 
misol tariqasida Xalqaro Valyuta Fondi tomonidan qoʻllaniladigan moliyaviy 
barqarorlik koʻrsatkichlari majmuini keltirsa boʻladi.
46
Ushbu tizim ikkita 
indikatorlar guruhiga boʻlinadi: 
1. CAMELS
47
indekatorlari moliyaviy inqirozning mikroiqtisodiy tarkibini 
xarakterlaydi. U asosiy kapital darajasi, aktivlar sifati, boshqaruvning ishonchliligi, 
foydalilik, likvidlilik va bozor riskiga taʼsirchanlik kabi koʻrsatkichlardan tarkib 
topadi.
2. Makroiqtisodiy indikatorlar. Ularga iqtisodiy oʻsish surʼati, toʻlov balansi 
holati, inflyatsiya darajasi, foiz stavkasi va valyuta kursi kabi makroiqtisodiy 
koʻrsatkichlar kiradi. 
46
Indicators of financial stability. Compilation Guide – Washington, DC, USA: International Monetary Fund, 2007 
47
CAMELS индекаторлари гуруҳининг номи унинг таркибига кирувчи индикаторларнинг бош ҳарфидан 
тузилган аббревиатура ҳисобланади, яъни Capital adequacy, Asset quality, Management, Earnings, Liquidity, 
Sensitivity каби молиявий кўрсаткичлардан иборат. 


135 
Erta xabar berish indekatorlari usuli boʻyicha tanqidlar shundan iboratki, ular 
inqirozdan keyingi siljishlar taʼsirini, yaʼni inqiroz boshlanganidan keyingi 
koʻrsatkichlar oʻzgarishini inobatga olmaydi.
48
Shuningdek hech bir kafolat yoʻqki 
oldingi yil qayd qilingan qonuniyatlar kelgusi yilda ham oʻz kuchida qolishiga. 

Yüklə 2,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin