O zbеkiston rеspublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t
Qimmatbaho metallar bozori ishtirokchilari Bunda qimmatbaho metallar qazib oluvchi korxonalardan kelib tushadi.
Ularning bozorga taʼsir koʻrsatishi yetkazib berayotgan mahsulot hajmiga bevosita
bogʻliq hisoblanadi. Qazib olingan qimmatbaho metallar sanoat korxonalari hamda
zargarlik ustaxonalari tomonidan tomonidan tayyor mahsulotga, zargarlik
buyumlariga aylatiriladi. Birjalarning qimmatbaho metallar bozorining muhim
ishtirokchisi sifatida qaralishi ayrim mamlakatlardagi birjalarda aynan qimmatbaho
metallar bilan savdo qilinuvchi seksiyalar mavjudligi bilan izohlanadi. Investorlar
ishtiroki esa bunday aktivlar orqali faoliyatni diversifikatsiyalashda namoyon
boʻlishini qayd etish mumkin. “Markaziy banklar qimmatli metallar bozorida koʻp
qirrali oʻrinni egallaydi. Ular oltin bozoridagi eng yirik operatorlar boʻlib
hisoblanadi va bir vaqtda bu oltin bilan savdo qilish qoidalarini belgilab beradi.
Shuni ham taʼkidlash zarurki, zaxira oltinni faol sotish bosh maqsad boʻlib
hisoblanmaydi, ammo zaxiralardan oqilona foydalanishga intilishni namoyish
qiladi. Markaziy banklar bozor konʼyunkturasiga katta taʼsir koʻrsatadi, bu ayniqsa
XX asrning 90-yillarida sezilarli boʻldi”
42
. Tijorat banklari tomonidan oltindan
ishlangan zargarlik buyumlari garov sifatida qabul qilinganda baholash qiymati
toʻliq olinishi asosida kredit ajratilishini ham shu oʻrinda taʼkidlash maqsadga
muvofiq. Qimmatbaho metallar bozorida professional vositachilar va dilerlar
faoliyati ham muhim hisoblanadi. Bunda ixtisoslashgan kompaniyalar va tijorat
banklari vositachilar sifatida ishtirok etadi.
Xalqaro metallar bozorida ham hosilaviy instrumentlar ham keng doirada
qoʻllaniladi. Bunda svoplar, fyucherslar, opsionlar, forvardlar qoʻllanilishi alohida
ahamiyat kasb etadi.
42
https://www.instaforex.com/oz/gold