O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning maqsad va vazifalari



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə407/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   403   404   405   406   407   408   409   410   ...   416
Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning maqsad va vazifalari 
Mustaqil respublikamizda yuz berayotgan ilmiy-texnikaviy va madaniy 
o`zgarishlar Xalq ta`limi tizimida ham o`z aksini topmoqda. O`zbekistonda uzluksiz 
ta`lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, shu asosda ta`lim sifatini jahon andozalari 
darajasiga yetkazish eng dolzarb vazifasiga aylandi. Bu esa barcha mutaxassisliklar 
qatori boshlang`ich sinf o`qituvchilarini tayyorlash sifatini oshirishni ham taqozo 
etadi. “…har qaysi millat yoki xalqning ma`naviyati uning bugungi hayoti va 
taqdirini, o`sib kelayotgan farzandlarining kelajagini belgilashda shak-shubhasiz hal 


650 
qiluvchi ahamiyat kasb etadi“
49
,- deb ta`kidlaydi. O`zbekiston Respublikasi 
Prezidenti I.A.Karimov “ta`lim-tarbiya tizimidagi islohotlar boshlangan dastlabki 
yillarda men jahon tajribasi va hayotda o`zini ko`p bor oqlagan haqiqatdan kelib 
chiqib, agar bu maqsadlarimizni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirsak, tez orada 
hayotimizda ijodiy ma`nodagi “portlash effekti“ga, ya`ni yangi ta`lim modelining 
kuchli samarasiga erishamiz“
50
,-degan ko`rsatmalari boshlang`ich ta`limda ham 
sinfdan tashqari tashkil qilinadigan ishlarning mazmuni va uni tashkil etish 
usullarini takomillashtirishni taqozo etadi.
Prezidentimizning 5 tashabbus “Yoshlar to`grisidagi….. MUROJAATI”1993- 
yili Xalq ta`limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Sinfdan va maktabdan tashqari 
tarbiyaviy ishlar” konsepsiyasi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX 
sessiyasida qabul qilingan yangi “Ta`lim to`g`risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi to`g`risida” Qonunlarini hayotga tatbiq etish maqsadida qayta ishlandi. Unda 
ilm-fan va ijodiyotining asosiy yo`nalishlaridan bo`lgan ona tili to`garaklariga 
e`tabor qaratildi. O`quvchilarning ona tili fani asoslarini chuqur egallashlari uchun
olimpiada, ko`rgazma, konkurs, musobaqa va viktorinalar o`tkazishni amalga 
oshirish qayd etildi. Mazkur konsepsiya mahalliy sharoitlarga moslab aniq rejalar, 
tadbirlar ishlab chiqish uchun asos bo`ladi. Unda “Tarbiyaning asosiy vazifasi-
shaxsning aqliy, axloqiy, erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi, uning 
qobilyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir,- deyiladi . 
Buning uchun: 
- yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash, hayot mazmunini tushunib olishiga 
ko`maklashish, o`z-o`zini idora va nazorat qila bilishini shakllantirish, o`z shaxsiy 
turmushiga maqsadli yondashuv, ularda reja va amal birligi hissini uyg`otish; 
-o`quvchilarni milliy, umuminsoniy qadriyatlar, Vatanimizning boy ma`naviy 
merosi bilan tarnishtirish, madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga bo`lgan 
talablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish, tobora o`stirib boyitib borish va 
estetik tushunchalarini shakllantirish; 
49
I.A.Karimov.Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch. –T., Ma`naviyat. 2008.
50
I.A.Karimov. Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch. –T., Ma`naviyat. 2008.


651 
-har bir o`smirning bilimdonligini va ijodiy imkoniyatlarini aniqlab, ularni 
rivojlantirish, inson faoliyatini turli sohalarda joriy qilib ko`rish. Bolalar ijodkorligi, 
iqtidorini yuzaga chiqarish va yanada qo`llab-quvvatlash uchun shart-sharoit 
hozirlash; 
-turmushda eng oliy qadriyat hisoblangan mehnatga ijodiy yondashish 
fazilatlarini shakllantirish; 
-yoshlarimizni erkin mustaqil fikrlashga o`rgatish
51

Boshlang`ich sinflarda ona tilidan sinfdan tashqari olib boriladigan ishlar 
ham ta`limiy, ham tarbiyaviy maqsadlarni ko`zda tutadi. Ona tilidan sinfdan tashqari 
olib boriladigan ishlar jarayonida o`quvchi qo`shimcha bilim, malaka va 
ko`nikmalarga ega bo`ladi. Nutq madaniyatini egallaydi, unda zukkolik, ijodkorlik 
va hozirjavoblik singari fazilatlari shakllanadi. Mustaqil fikrlashga o`rganadi.
Sinfdan tashqari ishlar o`quvchilarning ona tili faniga bo`lgan qiziqishini oshirish, 
ularning bo`sh vaqtlarini qiziqarli va maqsadga yo`naltirilgan holda tashkil etish 
vositasidir. Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarda o`z-o`zini boshqarish o`quvchilarni 
mustaqil xayotga, turmush va jamiyatga mos qilib tarbiyalash, ta`lim muassasasida 
ma`naviy muhitni saqlash ma`muriyatga qo`shimcha ta`lim olish uchun o`quvchilar 
talabnomasini shakllantirishda ko`maklashadi. 
Ona tilidan sinfdan tashqari ishlar o`quvchilarning fonetik, leksik, grammatik 
va orfografiy bilimlarini chiqurlashtiradi, kengaytiradi, ularda til o`rganish va 
egallashga qiziqish uyg`otadi. Ona tili sinfdan tashqari ishlar o`quvchilarning til 
hodisalariga sezgirligini oshiradi, lug`atini boyitadi, orfografik savodxonligini 
shakllantiradi, imloviy sezgirlikni tarbiyalaydi, o`z nutqiga talabchanligini oshiradi.
Ona tilidan sinfdan tashqari tashkil etiladigan mashg`ulotlar o`quvchilarda 
qiziqish va xush kayfiyat uyg`otishi lozim. Mashg`ulotda tashkil etiladigan har bir 
mashq turi, har bir tadbir o`quvchida ona tili faniga muhabbat uyg`otishi lozim.
Buning uchun sinfdan tashqari mashg`ulotlarda amalga oshiriladigan ishlar ona 
tilidan sinfda bajariladigan mashqlarning davomi bo`lmasligi, o`quvchilarning 
51
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi\\ O`quvchi ma`naviyatini shakllantirish. –T., Sharq. 2000.


652 
darsda tushunmagan o`rinlarini tushuntirishga aylanmasligi lozim. Ona tilidan 
sinfdan tashqari ishlar ta`limiy o`yinlar shaklida tashkil etilishi zarur. 
Har bir o`qituvchidan ona tilidan sinfdan tashqari ishni tashkil etishda avvalo 
uning bolalar hayotidagi ahamiyatiga alohida e’tibor berishi talab etadi. 
Shuning uchun ham sinfdan tashqari ishlar har bir boshlang`ich sinf 
o`qituvchisidan katta tayyorgarlikni talab etadi. O`qituvchi ona tilidan sinfdan 
tashqari ishning tashkil etish yuzasidan juda katta metodik mahoratga ega bo`lmog`i 
lozim. 
O`qituvchi ona tilidan sinfdan tashqari ishlarni ona tili mashg`ulotidan farqini 
to`g`ri anglashi kerak. Aks holda ona tili darslaridan sinfdan tashqari ishlarning farqi 
qolmaydi. Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning ona tili darslaridan farqi 
shundaki, o`qituvchi har bir sinf uchun tashkil etilgan sinfdan tashqari ishlarning 
tashkiliy ishlarini, rejasini, ishtirokchilar ro`yxatini, mashg`ulot mazmuni, o`quv 
materiali va rejasini o`zi tuzadi va belgilaydi. Bundan tashqari o`tiladigan har bir 
mashg`ulot uchun ta`lim vositalarini ta`minlash, mashg`ulot xonalarini jihozlash, 
mashg`ulotlarning faolliyatini yorituvchi devoriy gazetalar tashkil etish va o`tilgan 
mashg`ulotlarning natijasini hisobga olib borishi zarur.
Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish shakllari 
Boshlang`ich sinflarda o`rganiladigan grammatik mavzular, til bilan bog`liq 
tarixiy sanalar bilan bog`liq holda grammatik o`yinlar, topishmoqlar, topqirlar 
bellashuvi, she`rxonlik, ifodali o`qish, chiroyli yozuv konkurslari, uchrashuvlar, 
ulug` kishilar hayotiga sayohat, eng savodli diktant, bayon va insho tanlovi, 
mushoira, boshqotirma va rebuslar tuzish va yechish kabi mashg`ulotlar ona tilidan 
sinfdan tashqari ishlarning mazmunini tashkil etadi. Ona tilidan sinfdan tashqari 
ishlarga ilg’or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, ta’limning texnik va 
axborat vositalarini jarayoniga joriy etish zarur.Boshlang`ich sinflarda, sinfdan 
tashqari ishlarni rejalashtirishda va mashg`ulotlar materiallarini tanlashda quyidagi 
tamoyillarga asoslaniladi. 
1. O`quvchining yoshi va individual xususiyatlari hisobga olinadi. 
2. Bolalar hayotidagi ahamiyatiga alohida e`tibor qaratiladi. 


653 
3.Adabiyot, ona tilidan sinfdan tashqari ishlar uchun asosiy manba 
hisoblanadi. CHunki grammatik mavzularga bog`liq she`rlar, topishmoqlar, 
maqollar, ertaklar, sahna asarlari bolalar adabiyotidan tanlanadi. 
4. Didaktikaning tavsiyalariga tayaniladi. 
A.G`lomov ona tilidan sinfdan tashqari ishlarni doimiy va mavsumiy 
tadbirlarga ajratadi. U doimiy tadbirlarga to`garak mashg`ulotlarini, qolganlarini 
vaqt-vaqti bilan o`tkaziladigan tadbirlarga kiritadi
52
.
To`garak sinfdan tashqari ishlarning asosiy turi bo`lib, unga to`garak 
rahbari tayinlanadi. To`garak rahbari yangi pedagogik tafakkur egasi, har 
tomonlama rivojlangan, o`z ishining ustasi, keng ko`lamdagi umummadaniy va 
kasb-kor ma`lumotiga ega bo`lishi kerak. No`garak rahbari o`quvchilarning doimiy 
tarkibi bilan ish ko`radi. To`garakka a`zo bo`lish ixtiyoriy, ammo uning 
mashg`ulotlarida ishtirok etish majburiydir. To`garak a`zolarini sinf o`qituvchilari 
tavsiya etadi, o`quvchilar ixtiyori, qiziqishi hisobga olinadi. Ona tili to`garagining 
a`zolari 12-15 o`quvchidan oshmasligi lozim. Ular parallel sinflardan iborat bo`lsa, 
mashg`ulotlarni samarali va qiziqarli tashkil etish imkoniyatlari kengayadi. Agar 
maktabda parallel sinflar bo`lmasa, to`garak a`zolari 1-2-sinf va 3-4-sinf 
o`quvchilaridan iborat bo`lishi ham mumkin.
To`garak biror nom bilan nomlanadi. Masalan, “Ona tilim – jonu dilim”, 
“Yosh tilchilar“, “Tilga e`tabor – elga e`tabor“, “Kimning xati chiroyli“, “Ifodali 
o`qish“ kabi. To`garakning maqsadi, vazifalari ona tili ta`limi mazmuni va unga 
qo`yiladigan talablardan, davlat tomonidan sinfdan va maktabdan tashqari iushlarga 
qo`yilgan talablardan kelib chiqib belgilanadi.
To`garakning yillik ish rejasi to`garakning maqsadi, vazifalaridan kelib chiqib
to`garak rahbari tomonidan tuziladi. O`quvchilar to`garakning birinchi yig`inida 
to`garak maqsadi, vazifalari, yillik ish rejasi bilan tanishtiriladi.Ularning 
qiziqishlarini hisobga holda va taklifi bilan rejaga o`zgartirishlar kiritiladi. Yillik 
reja maktab ma`mutiyati tomonidan tasdiqlanadi. Mashg`ulotlar 15 kunda bir marta 
o`tkaziladi.

52
A. Ғуломов ва б. Она тили ўқитиш методикаси. 


654 
To`garak mashg`ulotida ona tili darsida o`rganilganlar takrorlanmaydi, 
o`quvchilar o`zlashtira olmagan mavzular tushuntirmaydi. Balki ona tili darslarida 
o`rganilgan mavzular to`ldiriladi va takomillashtiriladi. To`garak mashg`uloti ona 
tili dars tizilishi va qurilishi jihatidan farq qiladi, u muayyan qoliplar asosida tashkil 
etilmaydi. O`quvchi to`garak mashg`ulotida darsda olgan bilimlariga tayangan holda 
hayotiy tajribalarini ishga soladi. Krossvordlar tuzish va yechish, rebuslar tuzish va 
yechish, insho tanlovi o`tkazish, ma`lum bir she`riy asar yoki hikoyaning til 
xususiyatlari ustida ishlash, turli tadbirlarga material to`plash va unga tayyorlanish, 
ta`limiy vositalar yaratish, didaktik o`yinlar to`plash singari ishlar amalgam 
oshiriladi. To`garak mashg`ulotlari sayohat, uchrashuvlar shaklida o`tishishi 
mumkin. Bu uning qiziqarli o`tishini ta`minlaydi. 
Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning vaqti-vaqti bilan o`tkaziladigan turiga 
uchrashuvlar, “O`tkir zehnlilar musobaqasi“, “Mushoira kechasi“, “So`z mulkiga 
sayohat“,“So`rang, javob beramiz“, ko`rik-tanlovlar, olimpiadalar, konferensiyalar, 
haftaliklar, ertalik, bellashuvlar kiradi. Lekin ularga ham to`garak mashg`ulotlarida 
tayyorgarlik ko`riladi. To`garak o`z faoliyatini albom va devoriy gazetalarda 
yoritadi.
Uchrashuvlar juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Unga ona tili 
darsliklarining mualliflari, mashhur tilshunoslar – olimlar, ilg`or ona tili 
o`quvchilari, yozuvchi va shoirlar taklif etilishi mumkin. 
“Yosh shoirlar mushoirasi“. “Yosh shoirlar mushoirasi“ yoki biror shoir 
ijodiga bag`ishlangan mushoira mavzusi ham 1-1,5 oy oldin e`lon qilinadi. 
Bellashadigan guruhlar o`zlariga sardor belgilaydilar. Mushoira shartlari asosida har 
bir guruh mustaqil tayyorgarlik ko`radi. 
Mushoira odatda guruhlarning o`zaro tabrigi bilan boshlanadi. Asosiy qism 
savol-javobdan iborat. Savollar o`qituvchi yoki bellashayotgan guruhlar tomonidan 
tuzilishi mumkin.
Hakamlar tabrik so`zi va har bir savol-javobga tegishli ball qo`yishadi hamda 
ular e`lon qilib boriladi.


655 
“So`zlar mulkiga sayohat“. Bu mashg`ulot o`quvchilarning so`z zahirasini 
oshirishga qaratilgan tadbirdir. O`quvchilar darsdan keyingi bo`sh vaqtlarida 
so`zlarning etimologiyasi, ularning leksik ma`nosi olamiga sayohat qilishadi. 
Tilimizdagi so`zlar juda katta xazina bo`lganligi sababli, o`qituvchi qaysi 
uyadagi so`zlar yuzasidan o`quvchilarning tayyorgarlik ko`rishlari lozimligini 10-
15 kun oldin ma`lum qiladi va qanday manbalardan foydalanish lozimligini uqtiradi. 
“So`rang, javob beramiz“ pochtasi ham “So`zlar mulkiga sayohat“ning bir 
ko`rinishi bo`lib, unga javobni ham to`garak a`zolari tayyorlaydilar. “So`rang, javob 
beramiz“ kechasida o`quvchilar o`zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishadi. 
Unga tayyorgarlik 1-1,5 oy oldin boshlanadi. O`quvchilar maktabda tashkil etilgan 
qutiga o`zlarini qiziqtirgan savollarni yozib tashlaydilar. Muayyan vaqt o`tgach, 
to`garak a`zolari savollarni yig`ib, ularga javob tayyorlaydilar va kechani tashkil 
etadilar. 
Ko`rik-tanlovlar . Ko`rik-tanlovlar - ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning 
muhim turi. Bu tadbir vaqt-vaqti bilan o`tkaziladigan tadbir bolib, uni tashkil etishda 
o`quvchilarning yoshi, bilim saviyasi hisobga olinadi. Ko`rik-tanlovlar mavzusi 
oldindan e`lon qilinadi. Boshlang`ich sinflarda 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   403   404   405   406   407   408   409   410   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin