O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Yozuv darslarida o’quvchilar nutqini o’stirish



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   416
Yozuv darslarida o’quvchilar nutqini o’stirish.
Yozuv darslarida ham 
o’quvchilar nutqini o’stirish, fikrlashga o’rgatish asosiy vazifalardan hisoblanadi. 
Yozuvga o’rgatishning dastlabki kunlaridanoq bolalarning o’z fikrini yozma 
ifodalashi muhim ekanligini, u insonlarning aloqaga kirishuvida muhim vositaligini 
tushunishlariga erishish lozim. Buning uchun o’quvchilar yozadigan birinchi so’z 
ularning jonli nutqidan yoki o’zlari tuzgan gapdan olinishi kerak. Bu jarayonda 
ko’chirib yozish va diktant ijodiy yozuvdan so’ng o’tkaziladi. Bu yozma mashq 
turlarining ongli bajarilishini, o’quvchilarning bilish faolligini ta’minlaydi. Masalan, 
bolalar o’qish darsida “Alifbe” da berilgan rasmga qarab gap yoki hikoya tuzadilar, 
yozuv darsida esa o’sha gap yoki hikoyadagi ma’lum bir so’zni yozadilar. Bu ular 
uchun ijodiy yozuv - inshodir. Keyinchalik o’quvchilar alohida so’z yozishdan 
kichik-kichik gaplarni yozishga o’tadilar. 


95 
O’quvchilar gap yoki hikoyani og’zaki ravishda erkin tuza oladilar, lekin ammo 
yozish uchun o’rganilmagan harf bo’lmagan so’zni tanlashda qiynaladilar. Bu 
jarayonda o’qituvchi yordam berishi va yozuvni kuzatib borishi lozim. 
Ijodiy yozuv mashqini doimo izchil ravishda o’tkazib, asta-sekin 
murakkablashtirib borish kerak. Bunday mashqlar o’quvchilarni insho va bayon 
yozishga tayyorlaydi, o’z fikrlarini mustaqil ravishda yozma bayon qilishga 
o’rgatadi. 
Yozuv darslarida yuqoridagi kabi mashqlar o’quvchilarning yozma nutqini 
og’zaki nutqi bilan bog’liq holda o’stirishni ta’minlaydi. 
Yozuv darsi namunasi: 
Dars mavzusi

Osti va usti ilmoqli kichik tayoqchalar chizish. Doiralar 
chizish.
Maqsad

Ta’limiy maqsad: 
Osti va usti ilmoqli kichik tayoqchalar chizish.Doiralar 
chizishga о‘rgatish .

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin