4. SHakldosh so’zlar topish.
Bunda 2 ta gap berilib ulardagi bir xil yozilgan
so’zni topish aytiladi. So’z topilgach, uning ma’nolari gaplar vositasida tushuntirib
beriladi. Misol:
Yoz
da dam oldik.
Xatni qalam bilan
yoz
!.
O’quvchilarga mana shunga o’xshash misollar topish vazifasi beriladi.
5. Qarama-qarshi so’zlar topish.
Misol:
yaxshi-yomon, baland-past, oq-qora,
odobli-odobsiz, katta-kichik
va boshq.
6. Ko’p ma’noli so’zlar yordamida birikmalar tuzish:
odamning ko’zi –
uzukning ko’zi, taxtaning ko’zi...
Bunda o’qituvchi boshlab bergan qator o’quvchilar
tomonidan davom ettiriladi.
7. Berilgan so’zni qatnashtirib gap tuzish.
Bunda berilgan so’zni qatnashtirib
gap yoki maqol aytish topshirig’i berilishi mumkin. Misol: Kitob
: Kitob bilim
manbai.
Vatan:
Men vatanimni sevaman.
87
So’z ustida ishlash jarayonida quyidagicha
yozma mashq turlari
dan
foydalaniladi:
1. O’rganilayotgan sahifadagi bir bo’g’inli so’zlarni kesma harflardan tuzish va
o’qish:
nok, nay, osh, oy, ip, tom, do’st, qand, baxt
va boshq.
2. Ustunchadagi ikki va uch bo’g’inli so’zlarni kesma harflardan tuzish va
o’qish. Misol:
t
to-mon, o-ta, mit-ti.
3. Bir so’z asosida bir necha so’z tuzish va o’qish:
oltin
olti, in, tin, til, il, it,
tol.
4. Berilgan so’zning bo’g’inlarini yoki ayrim harflarini almashtirib, yangi so’z
tuzish va o’qish. Misol:
osmon-somon, Zilola-Hilola, qovoq-tovoq
va boshq.
5. So’z bo’g’inlaridan yoki harflardan birini olib tashlab, yangi so’z hosil qilish
va uni o’qish:
Noila-nola (yoki oila), guldon-don (yoki gul), ziyrak-zirak
va boshq.
6. Berilgan so’zga
-chi, -la, -zor
qo’shimchalarini qo’shish va hosil bo’lgan
ishchi, ishla
gulchi, gulla,
gulzor
va boshq.
7. So’zga harf, bo’g’in yoki tutuq belgisi qo’shib, yangi so’z hosil qilish va uni
o’qish:
o’t-o’tloq, bog’-bog’bon, bil-bilim, sher-she’r
va boshq.
8. Berilgan chizma asosida so’zlar topish va ularni o’qib, ma’nosini izohlash.
Misol:
. Bu chizma asosida
qush-cha, do’p-pi, ruch-ka
kabi so’zlar
topiladi.
O’yin tarzida olib boriladigan bu kabi ish turlari o’quvchilarning lug’atini
boyitish bilan birga, o’qishga qiziqish uyg’otadi, imloviy sezgirlikni oshiradi va
so’zning tovush tarkibi haqidagi tasavvurlarni kengaytiradi.
Savod o`rgatish jarayonida o`quvchilarda imloviy ko`nikmalar ustida amaliy
kuzatishlar olib boriladi. O`quvchilarda imloviy sezgirlikni shakllantirish ustida
ishlash quyidagi izchillikda olib boriladi:
1) imloviy qoidalarni amaliy o‘rganishga rag‘bat uyg`otish. Ushbu bosqichda
til materiallarini kuzatish jarayonida so`zning biror o`rnida imlo mavjudligini
aniqlash:
Gapning o`qing va uning yozilishini kuzating. Gapda so`zlar qanday
yozilgan? Nega gapdagi barcha so`z bosh harf bilan yozilmagan?
88
2) o‘qituvchi o‘quvchilarga so`zlarning imlosiga oid yangi vazifalar beradi:
O`qigan so`zingiz qanday harf bilan yozilgan? Nima uchun shunday yozilganini
tushuntiring.
3) imlo qoidalarini asoslang. Qoidaning mohiyatini ochib berishlari uchun
o‘qituvchi quyidagi kabi topshiriqlar beradi:
“Bosh harflar imlosi” degan gapni
misollar bilan tushuntirib bering.
4) qoidani amalda qo‘llash. Yozuv darslarida o`rgangan tushunchalarini
amalda qo`llay olish ko`nikmasiga ega bo`lishi.
Imloviy
ko`nikmalarni
shakllantirishga
doir
olib
mazkur
ishlarni
tashkillashtirgan o‘qituvchi quyidagi vazifalarni hal qiladi:
-gap va so`z tarkibiga nisbatan sezgirlikni uyg`otish;
- so‘zlarning adabiy talaffuziga o`rgatish;
- so‘zlarni shakllantirishdagi xatolarning oldini olish;
-yosuvga e`tiborli bo`lish;
- jumlalarni tuzishda xatolarning oldini olish, o‘quvchi nutqini turli
tuzilishidagi jumlalar bilan boyitish.
Dostları ilə paylaş: |