O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   416
Gap ustida ishlash.
Fikr almashish, aloqa-aralashuv gap vositasida amalga 
oshiriladi, shuning uchun ham gapni o’qishga, gap tuzishga, gap mazmunini 
aniqlashga, gapni to’g’ri yozishga oid amaliy bilimlar savod o’rgatish davridan 
boshlab shakllantiriladi. 
O’quvchilarda nutq, uning og’zaki va yozma shaklda bo’lishi, nutqning 
gaplardan hosil bo’lishi va gap haqida amaliy tushuncha darslikdagi mazmunli 
rasmlar asosida hosil qilinadi. Buning uchun o’qituvchi rasm yuzasidan 3-4 so’zli
savollar tuzib keladi. 
Masalan: 
1. Rasmda nima tasvirlangan? 
2. Aziz dalada nima qilyapti? 
3. Kimlar bog’da olma terayapti? 
O’quvchilar javobi gap nusxasi orqali xattaxtada quyidagicha tasvirlab beriladi: 
O’quvchilar javobidan nima hosil bo’lgani (hikoya, og’zaki nutq) aniqlanadi. 
So’ng o’qituvchi xattaxtada hikoyaning nusxasi chizilganini aytadi. O’quvchilar 
nusxalarni kuzatadilar. 
O’qituvchi birinchi nusxa 1-
aytadi. So’ngra o’quvchilarga nechta savol berilgan va nechta javob olinganini
aniqlash topshirig’i beriladi. Ularga “CHiziqning boshi nima uchun burchakli? 
Oxiriga nima qo’yilgan?” kabi savollar bilan murojaat qilinadi. Ular 
“3 ta savol 

 3 
ta gap berilgan edi, shuning uchun 3 ta javob − 3 ta gapning nusxasi chizilgan”
deyishadi. O’quvchilarning javobini hisobga olgan holda gapning boshlanishi 
burchakli chiziq bilan ko’rsatilishi, oxiriga gapning tugaganligini bildiruvchi tinish 
riladi. O’quvchilarning javobini tartiblashtirib va 


84 
to’ldirib, quyidagicha xulosa chiqariladi: 
“Demak, nutqimiz gaplardan tuzilar ekan. 
Nutqda 2, 3, 4 ta va undan ham ko’p gap bo’ladi. Gapning boshlanishi burchakli
chiziq bilan belgilanadi, gapning tugagan joyiga nuqta qo’yiladi”.
Navbatdagi darslarda gapning boshqa xususiyatlari o’tilayotgan mavzu va 
rasmlarga bog’liq holda o’rgatib boriladi. 
Umuman, xat-savod o’rgatish jarayonida o’qish va yozuv darslarida gap
gapning so’zlardan tuzilishi, gapda so’zlarning alohida-alohida yozilishi, gapning 
oxiriga mazmuniga qarab nuqta, so’roq, undov belgisi qo’yilishi, gapning birinchi 
so’zi bosh harf bilan yozilishi haqida amaliy tushuncha beriladi. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin