O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   416
So’z ustida ishlash. 
Bu yo’nalishda quyidagicha ishlar omalga oshiriladi: 
1. So’zning to’g’ri, adabiy-orfoepik talaffuzi va o’qilishini o’rgatish. 
2. So’z ma’nolarini tushuntirish. 
3. O’quvchilar nutqiga yangi so’zlarni kiritib borish, ya’ni lug’atini boyitish. 
4. So’zlarni uslubiy jihatdan to’g’ri qo’llashga o’rgatish. 
5. Berilgan so’zni imlo jihatdan to’g’ri yozishga o’rgatish. 


86 
Bu jarayonda, avvalo, 
“so’z”
tushunchasi shakllantiriladi. O’qituvchi 
mazmunli rasm asosida hikoya tuzdiradi, hikoyadan bir qancha predmetlar tanlab 
olinadi, predmetlar nomi birma-bir so’raladi. Bunda har bir aytilayotgan nom 
so’z
ekanligi ta’kidlanadi. SHu tariqa “so’z” tushunchasi rasmlar yoki predmetlarning 
o’zi yordamida tushuntiriladi. Bu o’rinda gapning so’zlardan tuzilishi aytib o’tiladi. 
“Bo’g’in” mavzusi o’tilganda so’zlarning bo’g’inlardan tashkil topishi tushuntirib 
beriladi. 
So’z ustida ishlash jarayonida quyidagicha
og’zaki mashq turlari
dan 
foydalanish mumkin: 
1. Bir xil qo’shimchali so’zlardan topish.
Masalan: 
ish
la
, tuz
la
, soz
la
; gul
zor

meva
zor
, paxta
zor
va boshq.
2. Ohangdosh so’zlar topish.
Misol: 
bosh, tosh, qosh, osh; tutun, butun, kukun
va boshq. 
3. Ma’nodosh so’zlar topish.
Bunda darslikdagi matndan ma’nodoshi bor so’z 
tanlab olinadi va 
“Bu so’zni boshqa qaysi so’z bilan almashtirish mumkin?”
deb 
so’raladi. Masalan: 
vatan, yurt, el, mamlakat, diyor
va boshq. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin