O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Savod o’rgatish jarayonida yozuvga o’rgatish



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   416
 
Savod o’rgatish jarayonida yozuvga o’rgatish 
 
Savod o’rgatish jarayonida o’quvchilar o’qishga o’rganish bilan parallel 
ravishda yozuvdan ham elementar malaka hosil qiladilar. Dasturga muvofiq 
o’quvchilar yozuvdan quyidagi malakalarni egallashlari lozim: 
1. Partada to’g’ri o’tirish, daftarni to’g’ri qo’yish, chiziqlarni chamalash, 
yozayotganda ruchkadan to’g’ri foydalanish, hoshiyaga rioya qilish (1-rasm). 
2. Ish daftari yoki alifbe asosida o’zbek alifbosidagi barcha katta va kichik 
harflarni yozish, shuningdek, harflarni so’zda bir-biriga bog’lab yoza olish: bosma 
matnni yozma matnga aylantirib yozish. 
3. Tahlil qilingan so’z va ikki-uch so’zli gaplarni o’qituvchi yordamida yozish. 
4. Talaffuzi bilan yozilishida farq qilmaydigan so’zlarni ko’chirib yozish va 
eshitib yozish: yozganlarini matnga qarab, shuningdek, izohlab o’qish bilan 
tekshirish. 


89 
5. Og’zaki tuzilgan hikoyadan olingan gapni yozish. 
Analitik-sintetik tovush metodi (tovush-tarkib metodi) tamoyiliga muvofiq, 
o’qish va yozuv birligi saqlanadi. Harflarni yozishda o’qishga o’rgatishdagi tarkib 
asos qilib olinadi, ya’ni o’qish darsida o’quvchilar harfni o’zlashtiradilar, matnni 
o’qiydilar, yozuv darsida esa shu harfli so’zni yozadilar. 
Yozuvga o’rgatish, birinchi navbatda, grafik malaka hosil qilishdir. Har bir 
malaka ham ta’lim berish, ko’nikmani shakllantirish va shu asosda qator mashqlarni 
bajarish natijasida hosil qilinadi. 
Grafik malaka, birinchidan, qo’l-harakat malakasidir, bu harakat birinchi 
qarashda muskul kuchiga asoslanadi. Ikkinchidan, yozuv jarayonida nutqning 
o’zlashtirilgan birligi bo’lgan tovush grafik belgilarga, ya’ni harfga tarjima qilinadi. 
Bu yozuvga ongli faoliyat tusini beradi. Yozuvning ongliligi, birinchidan, tovush va 
harfning to’g’ri nisbatini, ikkinchidan, bir qancha grafik va imloviy qoidalarga rioya 
qilishni, uchinchidan, o’z fikrini, taassurotini, istaklarini ifodalashda yozuv 
malakasidan foydalanishni talab qiladi. 
Yozishdan birdan-bir maqsad fikrni ifodalashda yozuv malakalaridan 
foydalanish hisoblanadi. Bu maqsadni bolalar tez anglab yetsalar, ularda yozma nutq 
malakasi shunchalik muvaffaqiyatli va to’g’ri shakllanadi. Savod o’rgatish 
jarayonida bolalar juda sekin yozadilar.
Yozuv malakasi o’qish malakasi bilan uzviy bog’liqdir. Bola yomon o’qisa, 
yozuvni egallashi ham qiyin bo’ladi, chunki bo’g’inlab o’qish malakasidan so’ng, 
bo’g’inlab yozish malakasi shakllanadi. 
Yozish va o’qish uchun bolaning umumiy nutqiy rivojlanishi katta ahamiyatga 
ega. Keyinroq, bolalarda o’z fikrini yozma ifodalash malakasi bir oz 
barqarorlashganda, bu malaka nutqqa, fikrni ifodalash jarayoniga ham ijobiy 
ta’sir qiladi. 
Grafik malakani shakllantirishda quyidagi bosqichlar mavjud: 
1. Turli shakllar andozasi ustidan chizish. Erkin rasmlar chizish. Yozuv 
qurollarini to’g’ri tutish, turli qiya elementlar chizish, uzunlikni, oraliq masofani 
chamalash va hokazo. 


90 
2. Harf elementlarini yozish, baravar masofada qisqa va uzun elementlar, osti 
va usti ilmoqli elementlar chizish. 
3. Bosh va kichik harflarni alohida yozish. 
4. Harf birikmalarini, bo’g’inni yozish, harflarni to’g’ri qo’shib yozish 
malakasini hosil qilish uchun so’z yozish.
Grafik malakani hosil qilishdan asosiy maqsad, harflarni bosmasdan bir 
tekisda, elementlarga ajratmay bog’lab tez, bir maromda yozish, so’zlarni qatorga 
to’g’ri joylashtirishdir.
SHuni ta’kidlash kerakki, savod o’rgatish davrida bola harflarni yozishdan 
oldin uni qanday shakllantirishni ko’z oldiga keltirib, fikrlab oladi, ba’zan harf 
shaklini havoda “chizadi”, harf namunasini ko’chiradi, tarkibini tahlil qiladi, uni 
qanday yozishni o’zicha sekin gapiradi; o’qituvchi o’quvchi yoniga o’tirib, ruchkani 
to’g’ri ushlatadi va uning qo’li bilan harfni yozishni ko’rsatadi yoki o’zi yozib 
tushuntiradi. Bundan tashqari, bola yozuvning texnik tomoniga katta jismoniy kuch 
sarflaydi. Savod o’rgatish oxirida bola bir darsda 20 tacha so’zni yozishi mumkin. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qaroriga binoan 1993 yil 2 
sentyabrda “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida”gi 
qonun qabul qilindi. 1995 yil 6 mayda bu qonunga o’zgartirishlar kiritildi. Bu alifbo, 
birinchidan, og’zaki talaffuz bilan yozma nutq mosligini ta’minlaydi, ikkinchidan, 
jahon xalqlarining 30 foizdan ortig’i mana shu yozuvdan foydalanadi. Bu esa 
xalqaro aloqa-aralashuvni birmuncha yengillashtiradi.
Lotin alifbosiga asoslangan o’zbek alifbosidagi harflar ham bosmasdan, 
ortiqcha jimjimasiz, qo’l uzmasdan bog’lab yoziladi. SHuning uchun yozuvga 
o’rgatish metodikasida harflarni qo’shishga alohida ahamiyat beriladi. O’quvchilar 
barcha harflarni bir-biriga qo’shish yo’lini bilishlari lozim. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin