2.Darslik bilan ishlash: Darslikning 60-betida berilgan bo‘g‘inlar, so‘zlar o‘quvchilarga ketma-ket
o‘qitish. Darslikning 60-betida berilgan ”Yaxshi bola” matni mazmunini Bola odobi
bilan aziz” maqoli orqali ochib berish.
3. Bog’lanishli nutq ustida ishlash:-Qaysi o’rtog’ingizni odobli bola deb
hisoblaysiz? Nima uchun? O’quvchilar nutqidagi kamchiliklar ustida ishlanadi.
V. Darsni yakunlash.(3 daqiqa ) Dars yakunida darsda faol qatnashgan o‘quvchilarni rag‘batlantirish.
Savod o’rgatish davrida grammatik-orfografik bilimlarni amaliy o’zlashtirish Savod o’rgatish davridayoq bolalar grammatika va imlodan ayrim materiallarni
amaliy o’zlashtira boradilar, ya’ni ularga grammatik mavzu nazariy
tushuntirilmaydi, nazariy ma’lumot berilmaydi. Bolalar og’zaki va yozma nutqni
o’zlashtirish va yozma mashqlarni bajarish bilan o’quv yilining ikkinchi yarmida
yoki keyingi sinflarda o’rganiladigan mavzularni o’zlashtirishga tayyorlanadilar.
Savod o’rgatishning birinchi oylaridayoq bolalar
Omon, Tolib, Lola, Naima kabi juda ko’p ismlarni o’qiydilar va kishilarning ismlari bosh harf bilan yozilishini
amaliy o’zlashtira boradilar. Bu bilan ular keyinroq o’rganiladigan kishilarning ismi
bosh harflar bilan yozilishiga doir imlo qoidasini o’zlashtirishga tayyorlanadilar.
Til-dil, olti-oldi kabi so’zlarni o’qishni mashq qilish jarangli va jarangsiz
undoshlarni o’zlashtirishga,
son-sana, gul-gulchi-guldon-gulzor, bog’-bog’bon kabi so’zlarni o’qishni mashq qilish esa bolalarni «O’zakdosh so’zlar» mavzusini
o’zlashtirishga tayyorlaydi.
Propedevtik mashqlar tizimi boshlang’ich sinflar grammatika va imlo
dasturining bosqichli izchillik tamoyili asosida tuzilishiga mos keladi. Amaliy ishlar
natijasida bolalarda ma’lum nutq tajribasi, til qoidalarini, so’zni, uning tarkibi va
yasalishini, boshqa so’zlar bilan bog’langanda o’zgarishini kuzatish tajribasi
to’plana boradi. Mana shu tajribalar asosida o’quvchilar nazariy umumlashmalarni
83
o’zlashtiradilar, bular asosida esa grammatik tushuncha va orfografik qoidalar
shakllanadi.