11
Ona tili o’qitish metodikasi fanining
metodologik va ilmiy asoslari
Ona tili o’qitish metodikasining metodologik asosi borliqni
bilish
nazariyasi
dir. Bu fanning bosh vazifasi o’quvchilarning o’zbek tili lug’at boyligini
to’liq o’zlashtirib olishlarini ta’minlashdir.
Ma’lumki, jamiyatda til kishilar o’rtasidagi aloqaning zaruriy vositasidir.
Tilning aloqa vositasi sifatidagi ahamiyati uzluksiz ortib boradi. Til borliqni oqilona,
mantiqiy bilish vositasidir. Til birliklari yordamidagina bilish jarayonida
umumlashtirish, tushunchani muhokama va xulosa bilan bog’lash amalga oshiriladi.
Til va nutq tafakkur bilan uzviy bog’liqdir. Tilni egallash va nutq o’stirish bilan
o’quvchining fikrlash qobiliyati ham o’sib boradi.
Maktabning vazifasi tilni kishilar orasidagi munosabatning rivojlangan nozik
quroliga aylantirish hisoblanadi.
Amaliy pedagogik fan sifatida ona tili o’qitish metodikasi boshlang’ich ta’lim
standarti belgilab berilgan
vazifalarni amalga oshiradi, ya’ni tafakkur qilish
faoliyatlarini kengaytirish, erkin fikrlay olish, o’z fikrini og’zaki va yozma ravishda
ravon bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo’la olish ko’nikma
va malakalarini rivojlantirishga oid metod va usullarni ishlab chiqadi.
Bilish nazariyasiga ko’ra analitik-sintetik ishlar yordamida til ustida
kuzatishdan
umumiy xulosa chiqarishga, nazariy ta’rif va qoidaga, shular asosida
yana og’zaki va yozma tarzdagi nutqiy aloqaga, to’g’ri yozuv va to’g’ri talaffuzga
o’tiladi. O’quvchilar jonli nutqiy aloqaga to’g’ri talaffuz va to’g’ri
yozuvni
elementar nazariy ma’lumotlar asosida amaliy egallash orqali kirishadilar, til
materiallarini kuzatish, tahlil qilish orqali elementar nazariy qoidalar chiqaradilar,
o’rgangan va o’zlashtirilgan nazariy qoidalarni amaliyotga ongli ravishda tatbiq
etadilar.
Maktabda ona tili o’qitish metodikasining bunday yo’nalishi haqiqatni bilish
qonuniyatlariga ham, hozirgi zamon didaktikasi vazifalariga ham mos keladi.
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining quyidagi asosiy tamoyillari boshlang’ich
ta’limda ona tili o’qitish metodikasining vazifalarini
belgilab, aniqlashtirib beradi:
12
ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;
ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
umumiy o’rta, shuningdek, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limining majburiyligi;
o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo’nalishini: akademik litseyda yoki
kasb-hunar kollejida o’qishni tanlashning ixtiyoriyligi;
ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
bilimli bo’lishni va iste’dodni rag’batlantirish;
ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg’unlashtirish
4
Qonunda ta’kidlanganki, boshlang’ich ta’lim umumiy o’rta ta’lim olish uchun
zarur bo’lgan savodxonlik, bilim va ko’nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgan.
Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi fani o’z vazifalarini belgilab
olishda ta’lim sohasidagi davlat hujjatlariga tayanadi. Hozirgi kunda ta’limni tubdan
isloh qilish davlat siyosatining asosiy yo’nalishiga aylandi. “Ta’lim to’g’risida”gi
qonun va shu asosda yaratilgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” buning yorqin
dalilidir.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’lim sohasini tubdan isloh qilish,
rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga
javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy
tizimini yaratish asosiy
maqsad qilib olingan
5
.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-
axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog’liq bo’lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali
har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishni nazarda tutadi.
Ona tili o’qitish metodikasi fani ham ta’lim jarayonini tashkil etish shakllarini
va usullarini ishlab chiqishda yuqoridagi maqsadlar asosida ish yuritadi.
4
Ўзбекистон Республикасининг «Таълим тўғрисида»ги қонуни. //Баркамол авлод-
Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. - Тошкент: Шарқ,1997. - 20-бет.
5
Ўзбекистон Республикасининг “Кадрлар тайёрлаш Миллий дастури”. //Баркамол авлод-
Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. - Тошкент: Шарқ,1997. - 39-бет.
13
Umumiy o’rta ta’limning bir bosqichi bo’lgan boshlang’ich ta’lim 1-4-
sinflarni o’z ichiga oladi. Milliy dasturda ta’kidlanganidek, bu bosqichda ta’limning
yangicha tizimini va mazmunini shakllantirish uchun quyidagilar zarur:
o’quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga muvofiq ravishda ta’limga
tabaqalashtirilgan yondashuvni joriy etish;
ta’lim berishning ilg’or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o’quv-
uslubiy majmualarini yaratish va o’quv-tarbiya jarayonini
didaktik jihatdan
ta’minlash va hok.
Milliy dasturda ta’lim tizimining yaxlit axborot makonini vujudga keltirish
bo’yicha ta’kidlangan ko’rsatmalar, uzluksiz ta’limni ta’minlash borasidagi
islohotlarni amaliyotga tatbiq etish boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish
metodikasi oldida turgan dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Ona tili o’qitish metodikasi
Dostları ilə paylaş: