O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   416
ta`lim
vositasi
istilohi 
ham bot-bot qo`llanadi. 
“Vosita”
 
– arabcha so’z bo`1ib: 1) chora, tadbir, usul; 2) 
o’rta, o’rtadagi ma`nolarini bildiradi. Ona tili ta`limida ta`limiy maqsadga erishish 
uchun xizmat qiladigan narsa -predmetlar, ko`rgazma qurollar ham ta`limiy vositaga 
kiradi. Shuningdek, ona tili ta`limida tashkil etiladigan mustaqil ishlar mavzuni 
izlanish asosida ongli o’zlashtirish vositasiga ham, metodiga ham kiritiladi.
O`qitish metodikasi taraqqiyotida mustaqil ishlar V.V.Davidov, N.G.Dayri, 
M.A.Danilova, B.P.Esipov, N.A.Menchinskiy, I.T.Ogorodnikov kabi pedagog-
psixologlar tomonidan didaktikaning asosiy konsepsiyalaridan biri sifatida qaralsa, 
V.K.Buryak, L.V.Jarovalar mustaqil ishni metod sifatida talqin qiladi. B.P.Esipov, 
M.M.Moro, T.I.Shamovalar mustaqil ishlar o’quv faoliyatining shakli; 
P.I.Pidkasistiy esa o’quvchilarning mustaqil bilish faoliyatining vositasi sifatida 
ko’rsatadilar. Taniqli ruhshunos olimlar: A.N.Leontev, P.Ya. Galperin, I.A.Zimnya, 
D.B. Elkonin, N. Boymurodovlar ishlab chiqqan mustaqil faoliyatni 
shakllantirishning psixologik konsepsiyasida mustaqil ishlarga shaxsning bilish 
faolligini oshiruvchi omil sifatida qaraladi.
Adabiyotlarning nazariy tahlili mustaqil ishlarga uch xil qarash mavjudligini 
ko’rsatdi. Ya’ni mustaqil ishlar ta’lim metodi, o’quv faoliyatini tashkil etish shakli, 
o’quvchilarning bilish faolligini oshiruvchi vosita sifatida talqin etiladi. Bu borada 
milliy metodikada ham qat`iy xulosaga kelingan emas.



“Metodika”
(yun. “metodike”)
biror ishni bajarish, amalga oshirish, ado etish 
metodlarining, usullarining yig’indisi yoki o’qitish usullari haqidagi ta’limot
2

ta’lim berish metodlari, yo’llari va vositalari haqidagi fandir. Boshlang’ich sinflarda 
til va adabiy ta`limni o’qitish metodikasi boshlang’ich ta’lim oldiga qo’yilgan ta’lim 
va tarbiyaviy vazifalardan kelib chiqib, ona tili va adabiy ta`limni o’rgatishning 
vazifalarini va mazmunini belgilaydi, ta’lim-tarbiya berish jarayonini tekshiradi, shu 
jarayonning qonuniyatlarini va ta’lim berish usullarining ilmiy asoslangan tizimini 
belgilaydi. 
Ta’lim beruvchi mutaxassis didaktik jarayon, metod, usul, vosita, pedagogik 
omil, metodik omil, o`quv materialini rejalashtirish istilohlarining ma’nolarini 
bilishi, farqlashi lozim. 
Ta`limning samaradorligi ko’p jihatdan o`qituvchi tomonidan didaktik
jarayonni to`g`ri tashkil etishiga bog`liq. Didaktik jarayom barcha ta’lim
muassasalarida pedagoglar uchun eng muhimi hisoblanadi. Didaktik jarayon
shaxsning tanlovni amalga oshirishi uchun muhim yo’nalish hisoblanadi.
Mazkur jarayonda muayyan o’quv vositalari o’zlashtiriladi va qo’llaniladi.
Didaktik jarayonning tarkibi 3 ta o’zaro aloqador qismlarni o`z ichiga oladi: 1)
o’quvchilarni yo’naltiruvchi; 2) o’quvchilarning shaxsiy bilish faoliyatlarini
amalga oshiruvchi; 3) o’qituvchi tomonidan mazkur faoliyatning boshqarilishini
ta’minlovchi qismlar. Ushbu qismlar barcha didaktik jarayonlarda birday amal
qiladi.
 
O`qituvchi ta`lim jarayonida o’quv materiali, tashkiliy-pedogogik ta’sir 
ko`rsatishni ta`minlashi, o’quvchilarning o’qimishlilik darajasi, vaqt kabi didaktik
omillarni hisobga olishi lozim. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin