14
Metodika psixologiya fani ma’lumotlariga tayanib o’qitishda o’quvchilarning
yosh va individual xususiyatlarini hisobga olib yondashish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Ona tili o’qitish metodikasi
psixolingvistika
fani bilan ham uzviy bog’liqdir.
Psixolingvistika metodikaga nutq haqida - fikrni bayon qilish turlarini belgilovchi
omillar, “nutqni qabul qilish signallari” apparati,
individual munosabatga va
ommaviy aloqaga nutqiy ta’sirning foydasi haqida ma’lumot beradi. Bu ma’lumotlar
metodik masalalarni hal qilish uchun, ayniqsa, bog’lanishli nutqni o’stirish
metodikasi uchun juda muhimdir.
Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi
didaktika
bilan, ya’ni
ta’limning umumiy nazariyasi bilan ham bog’lanadi. Metodika didaktika belgilab
bergan
qonuniyatlar, qoida va tamoyillarga asoslanadi. Didaktika tamoyillariga,
ya’ni o’rganiladigan materialning ilmiyligi va muvofiqligi, til va materialni o’rgatish
va mustahkamlashda ko’rgazmalilik, onglilik, bilim, ko’nikma
va malakaning
puxtaligi, doimiy takrorlash, o’quvchilar bilish faoliyatining faolligi,
mustaqillik,
o’qitishni hayot bilan, bolalarning qiziqishlari bilan bog’lab olib borishga rioya
qilish maktabda o’qitiladigan barcha predmetlardan, shu jumladan ona tilidan ham,
o’qish jarayonini tashkil qilishda juda zarurdir.
Ona tili metodikasi
Dostları ilə paylaş: