O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   416
adabiyot nazariyasiga
asoslanadi, chunki o’quvchilar badiiy asarni amaliy tarzda tahlil qiladilar, ularga 
adabiyotshunoslikdan nazariy ma’lumot berilmaydi, ammo metodika adabiy 
asarning yaratilish qonuniyatlarini, ularning o’quvchilarga ta’sirini, ayniqsa, 
adabiyotshunoslikka oid mavzulardan asarning g’oyaviy mazmuni, uning mavzusi 
va syujeti, kompozitsiyasi, janri, tasviriy vositalarini hisobga olishi zarur. 
Ona tili o’qitish metodikasining tamoyillari 
 
O’quvchilarga ona tilini o’rgatish, ularni tarbiyalash va har tomonlama 
rivojlantirish vazifasidan kelib chiqib, bilish nazariyasiga asoslanib, barcha yaqin, 
o’zaro bog’liq fanlar tavsiyalariga asoslanib, ona tili o’qitish metodikasi o’z 
tamoyillarini ishlab chiqadi. Bu tamoyillar umumdidaktik tamoyillardan o’zgacha 
bo’lib, o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi o’quv mehnatining yo’nalishlarini 
belgilab beradi. 
Ona tili o’qitish tamoyillari quyidagilar: 
1. 
Til materiyasiga, nutq organlarining o’sishiga, nutq malakalarining 
to’g’ri rivojlanishiga e’tibor berish tamoyili.
Nutq, til qonuniyatlariga, oz bo’lsa-
da, e’tibor bermaslik amaliy nutq faoliyatini egallashga salbiy ta’sir ko’rsatadi. 
Masalan, fonetik ko’nikmalarga yetarli e’tibor berilmasa, imloviy savodxonlikka 
putur yetadi. Bu ta’lim tamoyili tildan olib boriladigan mashg’ulotlarda eshituv va 
ko’ruv ko’rsatmaliligini ta’minlashni va nutq organlarini mashq qildirishni (gapirib 
berish, ifodali o’qishni, ichida gapirishni) talab etadi. 
2. 
Til ma’nolarini (leksik, grammatik, morfemik, sintaktik ma’nolarini) 
tushunish tamoyili.
So’zni, morfemani, so’z birikmasini, gapni tushunish 
borliqdagi ma’lum voqea-hodisalar o’rtasilagi bog’lanishni aniqlash demakdir. Til 
ma’nolarini tushunish tamoyiliga amal qilishning sharti tilning hamma tomonlarini, 


17 
tilga oid barcha fanlar (grammatika, leksika, fonetika, orfografiya, uslubiyat)ni 
o’zaro bog’langan holda o’rganish hisoblanadi. Masalan, morfologiyani sintaksisga 
tayangan holdagina o’rganish, o’zlashtirish mumkin. Sintaksisni o’rganishda esa 
morfologiyaga suyaniladi, orfografiya fonetika, grammatika, so’z yasalishiga 
suyanadi va hok. So’zni morfemik tahlil qilish uning ma’nosini tushunishga yordam 
beradi. Tilning hamma tomonlari bir-biri bilan o’zaro bog’langan bo’lib, o’qitishda 
buni albatta hisobga olish kerak. 
3. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin