Nazariy tekshirish metodlari.
U quyidagi hollarda tatbiq etiladi:
a) biror hodisaning metodik asosini, unga bog’liq boshqa fanlarni o’rganish,
qo’yilgan gipotezani asoslash, izlanishning asosiy yo’nalishini belgilashda;
b) masala tarixi, chet el maktab tajribalari va mavzuga doir adabiyotlarni
o’rganish, tajribani tahlil qilish, masalaning isbotlanmagan va hal qilinmagan
o’rinlarini aniqlash, ilgarigi tajriba bilan hozirgi ahvolni taqqoslash, hozirgi kun
talabi bilan baholashda;
v) bir-biriga yaqin fanlar (psixologiya, lingvistika, sotsiologiya)ning tekshirish
metodlarini, olimlarning tekshirish ishlari tajribasini o’rganish, qulay metodlarni
tanlash, o’zining yangi eksperimental metodikasini yaratish, materiallarni
tayyorlash maqsadida;
g) empirik tajriba yo’li bilan olingan materiallarni tahlil qilish va
umumlashtirish, o’qituvchilarning ish tajribasini o’rganish, eksperiment natijasini
tahlil qilish, amaliy tavsiyanomalarni shakllantirishda.
2.
Empirik metod (tajribaga asoslangan metod).
Bu metod quyidagi
maqsadlarda qo’llanadi:
a) bu metod o’qituvchilarning ish tajribasini o’rganish, yangiliklarini tanlash,
umumlashtirish, baholash va ommalashtirish, o’qituvchi va o’quvchilar
faoliyatining darajasini aniqlash;
b) o’quvchilarni o’qitish jarayonini maqsadga muvofiq kuzatish (dars, uning
biror qismini, o’quvchilarning javobi, hikoyasini, yozma ishini tekshirish),
o’qituvchi va o’quvchilarning faoliyatini so’rovnoma orqali tekshirish;
v) eksperiment (tajriba) metodidan foydalanish. Hozirgi kunda keng tarqalgan
bu usulda deduktiv yo’ldan boriladi, ya’ni gipoteza qo’yiladi, mavzuga asosan
19
eksperiment uchun material (o’quv materiali) tayyorlanadi. Eksperiment bir necha
marta takrorlanadi, bir necha sinf va bir necha guruhlarda o’tkaziladi.
Eksperimentda 2 ta sinf tanlanadi. Biri tajriba sinfi, ikkinchisi taqqoslash uchun
tanlangan tekshiruv sinfi. Tajriba sinfida yangi metod, yangi darslik, yangi
ishlanmadan foydalanilsa, tekshiruv sinfida amaldagi metod, darslik, ishlanmadan
foydalaniladi. Ikkinchi marta sinflar almashtiriladi, bu chaprost deb nomlanadi. Har
ikki holda ham natija yuqori bo’lsa, demak, ish usuli foydali sanaladi.
Eksperimental tekshirish o’z maqsadining kengligi bilan farqlanadi: ayrim
metodik usullarni tekshirishda ommaviylik talab qilinmaydi, ammo yangi dastur,
yangi darsliklarni tekshirishga butun tuman, viloyat jalb qilinadi.
Eksperiment vazifasiga ko’ra quyidagi hollarda o’tkaziladi:
1) yangi metod, yangi darslikning muvofiqligini tekshirishda;
2) metod yoki qo’llanmaning qay darajada foydaliligini tekshirishda;
3) metod yoki qo’llanmaning muvofiqligini va samaradorligini aniqlashda.
Eksperiment natijasini chiqarishda belgilangan baho me’yoriga amal qilinadi.
Bunday me’yor aniq, barcha holatlar uchun ham bir xil bo’lishi lozim. Ona tili
metodikasida yozma ishlarda yo’l qo’yilgan xatolar soni va xarakteri, ma’lum bir
vaqtda o’qilgan yoki yozilgan so’zlar soni, og’zaki hikoya va yozma inshoning
hajmi va izchilligi me’yoridan foydalaniladi.
Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi o’z predmeti va vazifalariga
mos ravishda quyidagi tekshirish metodlaridan ham foydalanadi:
1. Ilg’or o’qituvchilar ish tajribasini umumlashtirish. Buning uchun ilg’or
o’qituvchilarning ish-tajribalari o’rganiladi, tahlil qilinadi, eng foydali jihatlari
aniqlanadi va umumlashtiriladi. Bu metodika fani nazariy xulosalarining
to’g’rililigini tekshirishda asosiy mezon bo’lib xizmat qiladi, bu fanni yangiliklar
bilan boyitib boradi.
2. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi sohasidagi meros va
yangiliklarni o’rganish.
3. Ta’lim berishning u yoki bu usullari va vositalarining foydali ekanini
tekshirish.
20
4. Ona tilidan o’quvchilarning o’qishlari, yozuvi, mustaqil va ijodiy ishlari
ustidan kuzatish olib borish.
5. O’quvchilar ijodiy faoliyatining natijalarini og’zaki qayta hikoyalash, yozma
ish kabi usullar yordamida tahlil qilish.
Yuqoridagi tekshirish metodlari ushbu fanning davr talabidan kelib chiqib
rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |