34
SAVOD O’RGATISH METODIKASI
Savod o’rgatish metodikasining ilmiy, psixologik va lingvistik asoslari
O’qish va yozish nutq faoliyatining turi
. Savod o‘rgatish metodikasining
maqsadi bolalarni boshlang‘ich o‘qish va yozishnga o`rgatish. O`zbek alifbosiga
asoslangan holda qisqa vaqt ichida o’quvchilar o’qishni va yozish o’qish va yozish
ko’nikmasini egallaydilar.
Savod o‘rgatish davrida til ta’limi mazmuni o‘quvchilarga beriladigan til va
nutq sohasidagi bilim va ko‘nikmalar bilan belgilanadi. Savod o’rgatish davrida
o’qish va yozish harakatini maqsadga muvofiq ravishda bajara olish
o’qish va
yozish ko’nikmasi
deyiladi. Bu ko’nikma bilimni talab qiladi, chunki har qanday
ko’nikma bilimsiz shakllanmaydi. Bilim ko’nikmaga aylanmagan bo’lishi mumkin.
Masalan, bola
v
harfining elementlarini, yozuv chiziqlari orasiga qanday
joylashtirilishini bilib, uni daftarda yoza olmasligi yoki o’quvchi harflarni tanib,
ularni o’qiy olmasligi mumkin. Yozish ko’nikmasini hosil qilish uchun boshqa
faoliyat turlari, ya’ni yozish jarayonida partada to’g’ri o’tirish, ruchkani barmoqlar
orasida tutish, daftarni qiyalikda qo’yish kabilar ham o’rgatiladi.
O’qish va yozish ko’nikmasi takomillashtirila borib, malakaga aylantiriladi.
Malakaning shakllanishi uchun bir faoliyat bir necha bora takrorlanishi lozim.
Yozish malakasida o’quvchi ruchkani qanday ushlash, qanday yurgizish haqida
o’ylab o’tirmay, so’z va gaplarni yoza boshlaydi. Demak,
Dostları ilə paylaş: