35
O’quvchini savod o’rgatish jarayonida elementar o’qish va yozishga
o’rgatishda o’quvchilarning faoliyat ko’rsatishi va nutq
faoliyatiga kirishishlari
uchun talab bo’lishi, o’z fikrini og’zaki yoki yozma ifodalashi uchun zaruriyat va
ehtiyojni yuzaga keltiruvchi vaziyat yaratilishi lozim.
O’qish va yozish malakasi biri ikkinchisining muvaffaqiyatli amalga oshuvini
ta’minlaydi. SHuning uchun ham o’qishga o’rgatish bilan yozuvga o’rgatish parallel
olib boriladi va bu faoliyat muntazam ravishda mashq qildiriladi. SHunday ekan,
savod o’rgatish jarayonida bola juda ko’p o’qishi va yozishi zarur. O’qish
uchun
ham, yozish uchun ham yangi matn olinadi, chunki bir matnni bir necha bor qayta
o’qish bilan maqsadga erishish qiyin. Bu ko’pincha o’qilgan matnni yuzaki yodlab
olishga olib keladi. Takroriy faoliyatda vaziyat va mazmunning almashinishi
malakani
mustahkamlashga yordam beradi, qobiliyatni o’stiradi. O’quvchi oldida
uzoq muddatda amalga oshadigan maqsad - o’qish va yozishni o’rganish
hamda
hozirda bajarishi shart bo’lgan kundalik maqsad - topishmoqni o’qish va javobini
topish, so’z va gaplarni o’qish, rasm asosida so’zlab berish kabilar turadi.
O’zbek tili yozuvi tovush yozuvi, ya’ni fonematik yozuvdir.
Har bir tovush
uchun, har bir fonema uchun maxsus grafik shakl (harf) olingan. O’qishda grafik
shakllar tovushga aylantirilsa,
yozuvda aksincha, tovushlar harflarga aylantiriladi.
Bu o’qish va yozish faoliyatida o’quvchi uchun qiyinchilik tug’dirgandek tuyulsa-
da, aslida o’qish va yozish jarayonini soddalashtiradi, chunki tilimizdagi tovushni
ifodalovchi harflar soni uncha ko’p emas. O’qish va yozishni o’zlashtirish uchun
tovush va harflarning o’zaro munosabatiga oid qoidalarni o’zlashtirish kifoya.
Savod o’rgatish metodikasida o’zbek tili tovushlar va harflar tizimining o’ziga xos
xususiyatlarini hisobga olish talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: