36
Savod o’rgatish analitik-sintetik tovush metodiga asosan olib boriladi. So’z
bo’g’inga bo’linadi, bo’g’indan kerakli
o’rganilayotgan tovush ajratilib olinadi,
tahlil qilinadi, o’rganiladigan harf bilan sintezlanadi, shu asosda harf va butun
o’qish jarayoni o’zlashtiriladi. Bunda o’zbek tili grafik tizimi, tovushlarni yozuvda
belgilash xususiyatlari hisobga olinadi. Savod o’rgatishda o’zbek tili grafik
tizimining quyidagi xususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega:
1. Savod o’rgatishda tovush-harf bilan tanishtirish unlilardan boshlanadi.
Hozirgi o’zbek tilida 6 ta unli fonema mavjud: a, o, i, e, u, o’.
E
harfi so’z va bo’g’in boshida qo’llanadi
(ekin, echki, aeroplan)
, undoshdan
keyin o’rta keng lablanmagan unli tarzida o’qiladi
(kel, tez)
. Savod o’rgatishda oldin
so’z boshida keladigan ye, so’ngra undoshdan keyin keladigan ye
tovush-harfi bilan
tanishtiriladi.
O
harfi o’zbekcha, umumturkiy so’zlarda quyi keng, lablangan o tovushini
ifodalaydi, ruscha-baynalmilal so’zlarda urg’usiz bo’g’inda
a
tarzida
(b
o
tanika)
,
o’
tovushi kabi
(t
o
nna)
, qisqa
i
tarzida
(trakt
o
r)
talaffuz qilinadi. SHuning uchun bu
unli qatnashgan ruscha-baynalmilal so’zlar savod o’rgatish davridan so’ng o’quv
jarayoniga kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: