O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   416
1. Tushuntirish xati. 
2. Asosiy qismi. 
Tushuntirish xatida ona tili predmetining tutgan o’rni, uning vazifalari 
ko’rsatilib, metodik yo’l-yo’riqlar beriladi. 
Dasturning asosiy qismi quyidagi bo’limlardan tashkil topgan bo’lib, ularda har 
bir sinfda o’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan bilim va ko’nikmalar ko’rsatiladi:
1. Savod o’rgatish va nutq o’stirish.
2. Sinfda, sinfdan tashqari o’qish va nutq o’stirish.
3. Fonetika, grammatika, imlo va nutq o’stirish.
Dasturda savod o`rgatish jarayoni dekabr oyining oxirigacha davom etishi, 
savod o`rgatish ikki davrni (alifbega tayyorgarlik davri va alifbe davri) o`z ichiga 
olishi, savod o`rgatishning tahlil-tarkib (analitik-sintetik) tovush usulida amalga 
oshirilishi, tahlil butundan bo`lakka (nutqdan gapni, gapdan so`zni, so`zdan 
bo`g`inni, 
bo`g`indan 
tovushni 
ajratish) 
yoki 
bo`lakdan 
butunga 
(tovush>bo`g`in>so`z>gap>nutq kabi uzviy aloqada) qarab tahlil-tarkib amalga 
oshirilishi qayd qilingan. Tahlil-tarkib metodida olib borilgan ta`limiy ishlar 


27 
o`quvchilarning tafakkur faoliyatini onglilik, tushunarlilik, mantiqiylik, didaktik 
mezonlar asosida rivojlantirish imkoniyatini vujudga keltiradi. Dasturda ta`limning 
ilk davridanoq o`quvchilar lug`atini yangi so`zlar hisobiga boyitib borish alohida 
qayd etiladi. 
Alifbe davrida darslikdagi yangi so`zlar, matn, kichik hikoya va she`rlardan 
foydalanib, o`quvchilarni so`z ma`nosi bilan atroflicha tanishtirishda, she`riy 
matnlarni yodlatish, nasriy matnlarni qayta hikoyalatish nazardan tutilgan. 
Savod o`rgatish darslari tildan dastlabki tushunchalarni asoslarini
“Sinfda, sinfdan tashqari o’qish va nutq o’stirish” “Sinfda o’qish”, “Sinfdan 
tashqari o’qish”, “O’qish mavzulari”, “O’qish ko’nikmalari”, «Matn ustida ishlash” 
bo`limlarini o’z ichiga oladi. 
“Fonetika, grammatika, imlo va nutq o’stirish” 1-sinfda “Tovushlar va 
harflar”, “So`z ma`nosi”, “Nutq va gap”; 2-sinfda “Tovushlar va harflar”, “So`z”, 
“Nutq va matn”; 3-sinf “Gap”, “So`z tarkibi”, “So`z turkumlari”; 4-sinf “Tovushlar 
va harflar“, ”Gap”, “Gap bo`laklari”, “Uyushiq bo`laklar”, “Undalma”, “So`z 
turkumlari” bo`limlarini o`z ichiga oladi. 
XXI asr boshlaridan davlatimiz tomonidan ta`lim jarayoniga yangicha 
yondashish, jahon standarti talablari asosida ta`limni tashkil etish, ta`lim shakllarini 
ishlab chiqish masalasi kun tartibiga qo`yildi. Bu boshlang`ich sinf ona tili o`qitish 
metodikasi oldiga mas`uliyatli vazifalar yukladi. 2018-yil Republikasmizda 
uzviylashtrilgan Davlat ta’lim standarti va o’quv dasturida 1-4-sinflarda o’quvchilar 
ona tili va o’qish predmetlaridan o’qish texnikasi, matn mazmunini va o’zgalar 
fikrini anglash malakasi, fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi bo’yicha bilim, 
ko’nikma va malakalarning minimal darajasi belgilab berildi. Bu o’rinda ona tiliga 
katta vazifa yuklatildi: ona tili ta’limiga o’quv fani sifatidagina emas, balki butun 
ta’lim tizimini uyushtiruvchi ta’lim jarayoni sifatida qaraldi. Ona tili bo’yicha 
minimal talablar uch parametrli standart o’lchovi orqali aks ettirildi: o’qish 
texnikasi, o’zgalar fikrini va matn mazmunini anglash, fikrni yozma shaklda bayon 
etish malakasi. Bu talablarni amalda bajarish ta’lim jarayoniga yangicha o’qitish 
texnologiyalarini tatbiq etishni taqozo qiladi. 


28 
Hozirda o’quvchilarga bilim berishda mustaqil ishlarni uyushtirish kabi 
metodik tavsiyalar tizimi ishlab chiqilmoqda, texnik vositalardan unumli 
foydalanish, ona tili ta`limga ta’limiy o’yinlarni joriy etish keng tus olmoqda, ta’lim 
jarayonida test topshiriqlaridan, turli boshqotirma va jadvallardan keng foydalangan 
holda mashg’ulotlar uyushtirish nazarda tutilmoqda. 
O`quvchilar bilimini hisobga olishda jahon standartiga mos keladigan nazorat 
usullarini qo`llash bo`yicha tajriba-sinov ishlari amalga oshirilmoqda. 
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, ona tili o‘quv fani sifatida shakllanib, 
rivojlanishning murakkab yo‘lini bosib o‘tmoqda. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin