25
K.D.Ushinskiy boshlang’ich maktab o’quv predmetlari tizimida ona tiliga katta
ahamiyat berib, uni markaziy va yetakchi predmet hisoblagan. “Ajoyib o’qituvchi
bo’lgan ona tili bolaga ko’p narsani o’rgatadi... Bola ikki-uch
yil ichida shuncha
ko’p narsa o’rganadiki, ko’p narsa bilib oladiki, 20 yil qunt bilan metodik jihatdan
juda to’g’ri o’qiganda ham uning yarmicha o’rgana olmaydi. Ona tilining ulug’
pedagogligi ham ana shundadir»
12
, - deydi u. Shuning uchun ham boshlang’ich
sinflarda ona tilini o’rganishga katta ahamiyat beriladi. Boshlang’ich sinf
o’quvchilari ona tili darslarida ongli o’qish va savodli yozishga o’rganadilar, og’zaki
va yozma nutqning qonun-qoidalarini egallaydilar. Ona tili sohasidagi ko’nikma-
malakalar (nutq, o’qish va yozishga oid malakalar) o’quvchilarning o’quv
mehnatining zaruriy sharti va vositasidir. O’quvchi o’qish ko’nikmalarini egallash
bilan bir qatorda, birinchi navbatda, o’zining ona tilini o’rganishi zarur, chunki ona
tili bilimdonlikning, aql-idrokning kalitidir.
Ona tili boshqa fanlarni o’qitish vositasi hamdir: jamiyat tarixi ham, tabiiy
fanlar ham ona tili yordamida o’rganiladi. Demak, ona tili bolaning umumiy kamol
topishida ham, bilim va mehnatga havasini uyg’otishda ham alohida o’rin tutadi.
Til muhim tarbiya vositasidir. Badiiy adabiyotlarni, gazeta, jurnallarni o’qigan
bola o’zida eng yaxshi
xislatlarni tarbiyalab boradi, muomala madaniyatini
egallaydi.
Ona tili boshlang’ich sinflarda asosiy o’rinni egallar ekan, har bir o’quvchida
ona tiliga qiziqish va muhabbatni tarbiyalab borish zarur.
Boshlang’ich sinflarda ona tili mashg’ulotlari turi va mazmuni
quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1. O’qish, yozuv, grammatik materialni o’rganish,
kuzatishlar hamda
o’quvchilarning ijtimoiy faoliyatlari bilan bog’liq holda, ularning og’zaki va yozma
nutqini o’stirish.
2. Birinchi sinfga kelgan bolalarga savod o’rgatish, ya’ni ularni elementar
o’qish va yozishga o’rgatish, bu ko’nikmalarni malakaga aylantirish.
12
Ушинский К.Д. Танланган педагогик асарлар. – Тошкент: Ўздавнашр, 1959.- 49-бет.
26
3. Adabiy til me’yorlarini, ya’ni imloviy va tinish
belgilariga rioya qilingan
savodli va husnixat bilan yozuvni, to’g’ri talaffuzni o’rganish, nutq va uslubiy
elementlarni egallash.
4.
Grammatika, fonetika, leksikologiyadan nazariy materiallarni o’rganish,
tildan ilmiy tushunchalarini shakllantirish.
5. O’quvchilarni o’qish va grammatika darslari orqali badiiy, ilmiy-ommabop
va boshqa adabiyotlar namunasi bilan tanishtirish, ularda
tabiiy asarni idrok etish
ko’nikmasini hosil qilish.
Bu vazifalarning hammasini boshlang’ich sinflarda ona tili predmeti hal etadi
va ular ona tili dasturida aks etadi. Dastur davlat hujjati bo’lib, unda o’quv
predmetining mazmuni va hajmi, shuningdek, shu predmetdan bilim, ko’nikma va
malakalar darajasiga qo’yilgan asosiy talablar belgilangan bo’ladi. O’qituvchi va
o’quvchilar dastur talablari asosida ish olib boradilar. Boshlang’ich sinflarnig ona
tili dasturi ikki qismdan iborat:
Dostları ilə paylaş: