2. Mustaqil ish.
O‘quvchilarga oila yoki o‘rtoqlaridan biriga murojaat qilib, gap
tuzish va husnixat bilan yozish mustaqil ish qilib beriladi.
III. Uyga vazifa.
68- mashq sinfda og‘zaki bajariladi, o‘qituvchining o‘zi
she’riy matnni o‘quvchilarga undalmani ta’kidlab o‘qib beradi. Bolalar undalmani
eshitish orqali aniqlaydilar. Undalma misraning qaysi o‘rnida (1- misraning oxirida
—
Baxtiyor,
2- misraning oxirida
jon bolam,
3- misrada o‘rtada —
ay a)
kelayotganini aytadilar.
Uyda o‘quvchilarga 1- to‘rtlikni ko‘chirib, undalmaning tagiga chizib kelish
topshirig‘i beriladi.
IV
.
Dars
„Bugun darsda nimalarni bilib oldingiz?" savoliga javob olish bilan
yakunlanadi.
V. O‘quvchilarni rag`batlantirish.
Ona tili darslarida o’quvchilarni grammatik tushunchalar bilan tanishtirish
jarayonida ularda tinish belgilarini to`g`ri ishlatish ko`nikmalari shakllantirib
boriladi. Bu yozma nutqning savodli bo`lishini, og`zaki nutqning ifodaliligini,
tushunarliligini ta`minlaydi.
542
ORFOGRAFIYA O’RGATISH METODIKASI
O’qituvchi imloviy malakaning psixologik tabiatidan kelib chiqib, kichik
yoshdagi o’quvchilarda imloga oid malakani shakllantirish ustida ishlash metodikasini
belgilaydi.
Imloviy malaka maxsus nutq malakasidir. To’g’ri yozuv – maxsus nutq faoliyati.
Yozuv ham murakkab harakat bo’lib, uning asosida nutq yotadi. Imloviy malaka nutq
faoliyatining komponenti sifatida gapni sintaktik jihatdan to’g’ri tuzish, so’zni uslubiy
aniq qo’llashni ham o’z ichiga oladi.
Imloviy malaka murakkab malaka bo’lib, uzoq davom etadigan mashqlar
jarayonida yaratiladi va so’zni fonetik tomondan tahlil qilish, uning morfemik
tarkibini aniqlash ko’nikmasi kabilarga asoslanadi. Psixologiya malakani
avtomatik harakat, yaoni mashqlar natijasida asta-sekin avtomatlashgan ongli
harakat deb belgilaydi. Avtomatlashish o’rganilgan imlo qoidasining oson yoki
qiyinligiga bog’liq. Imloviy malaka o’z tabiati bilan avtomatik hisoblanmaydi. Malaka
asosiga qo’yilgan ko’nikma mustahkamlanadi, takomillashadi, yaxshilanadi
(harakat tezlashadi, aniq va to’g’ri bo’la boshlaydi, ishonarli va tejamli
bajariladi); shuning bilan birga, faoliyatning tuzilmasi qayta quriladi: mayda birlik
bilan ishlash kengroq, butun, qo’shilgan birliklar bilan ishlashga o’tadi (masalan,
so’zni harflab ko’chirish, bo’g’inlab ko’chirish bilan, keyin so’zni yaxlit
ko’chirish bilan, so’ngra u gapni ko’chirish bilan almashadi). Bir imlo malakasi
avtomatlashadi, imloga oid boshqa hodisa o’rganiladi va asta-sekin so’zni to’g’ri
yozish malakasi hosil bo’ladi. Umuman olganda, yozuv murakkab harakat sifatida ongli
jarayonligicha qoladi.
To’g’ri yozuv malakasining shakllanishi uchun o’quvchidan fikrlash faoliyati
talab etiladi. Biror to’g’ri yozuv hodisasini o’zlashtirish uchun o’quv va yodda
saqlashgina emas, balki analiz va sintez ham tatbiq etiladi. Bunda grammatik va imloviy
hodisalarning o’xshash va farqli tomonlarini aniqlash uchun taqqoslash usulidan
foydalanish hamda so’z va so’z shakllarini ma`lum grammatik yoki grafik guruhlarga
ajratish, muayyan tizimga solish, tushuntirish va isbotlash mashqlaridan foydalanish
muhim o’rin tutadi.
543
SHunday qilib, orfografiyani o’rgatishda, grammatikani o’rgatish kabi,
o’quvchilarning analitik-sintetik faoliyatini asta takomillashtira borish talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: |