546
qo’yadilar). O’quvchilar o’rganilgan qoidaga misol aytish va xilma-xil mashqlarni
bajarish yo’li bilan uni yangi til materialiga, yaoni yozuv tajribasiga tatbiq etadilar.
Qoida ustida ishlash metodikasi shu qoidaning xarakteriga qarab tanlanadi.
Masalan, bo’lishsizlik qo’shimchasi
(-mA.
ning yozilishini deduktiv yo’l bilan
o’rgatish mumkin. Jo’nalish kelishigi qo’shimchasi
(-gA.
ning oxiri
-k
bilan tugagan
otlarga
-ka,
-q
bilan tugagan otlarga -qa shaklida qo’shilishi haqidagi qoidani
indukgiv yo’l bilan tushuntirish maqsadga muvofiq.
O’quvchilar qoidadagi asosiy fikrni ajratishga yordam beradigan vazifalarni
bajarsalar, uni o’zlashtirish xiyla qulay bo’ladi. CHunki bolalar aniq material bilan
ishlaydilar va uni tahlil qilish vaqtida qoidaning muhim qismlarini ajratadilar,
qoidani ongli o’zlashtiradilar. Nimanidir, masalan, so’zlarning talaffuzi va
yozilishini, so’z turkumlarini, so’z qismlarini bir-biriga taqqoslash o’quvchilarning
aqliy faolligini oshiradi. Bunda yana qoidaning ajratilgan belgisini aniq yozib
ko’rsatish ham ahamiyatli hisoblanadi. Qoidada aks ettirilgan muhim fikrni
ajratishga o’qituvchining savollari yordam beradi. Bu savollar, o’z navbatida,
qoidani shakllantirish rejasi ham hisoblanadi.
Qoida ustida jamoa bo’lib ishlash bilan birga, darslikdan foydalanib, mustaqil
ishlash usulini qo’llash ham mumkin.
Yangi qoidani o’zlashtirishda o’rganilgan bilimlarga suyaniladi. Buning uchun
yangi qoida ilgari o’rganilgan qoidalar bilan bog’lanadi. Bunda qarshi qo’yish yoki
taqqoslash usulidan foydalaniladi va o’xshash tomonlari aniqlanadi. Masalan,
tushum kelishigi qo’shimchasining yozilishini o’zlashtirishda u ilgari o’rganilgan
qaratqich kelishigi qo’shimchasining yozilishi bilan taqqoslanadi va tushum
kelishigi qo’shimchasi otning fe’l tomonidan boshqarilishini bildirishi aniqlanadi.
Qoidani bilib olish o’quvchilarda u haqdagi aniq tasavvurning mavjudligiga
bog’liq. Qoida asosida hosil bo’lgan aniq tasavvur so’zlarda ifodalanadi. SHuning
uchun o’quvchilardan qoidani quruq yodlab berish talab etilmasligi, balki so’zni
to’g’ri yozishdagi xususiyatlar aniq material misolida qayta tushuntirilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: