O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


B...h...r, b...h..., Bux...r..., d…vl… t, d…v…, s…v…b  2-sinf uchun



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə342/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   416
 
B...h...r, b...h..., Bux...r..., d…vl… t, d…v…, s…v…b 
2-sinf uchun: 
Nuqtalar o`rniga a yoki o harflaridan mosini qo`yib ko`chiring va imlosiga 
e`tibor bering. 
D...v...m...t, s...v...d, n…vb…tchi, n…b…h…r, b…rm…q, s…bzi, 
p…mid…r, k…rt…shka. 
Nuqtalar o`rniga i yoki u harflaridan mosini qo`yib yozing va ma`nosiga e`tibor 
bering. 
Uz…m, b…lb…l, g…r…ch, b…rg…t, qov…n, sov…n, ch…mch…q, 
ch…g`…rch…q. 
O’qituvchi o`quvchilarning imloviy malakalarini shakllantirish maqsadidan 
kelib chiqib diktant turini tanlaydi va uni darsning biror bosqichida o`tkazadi. 
Tekshirish maqsadida o`tkaziladigan lug`at diktant uchun so`zlar soni: 1-
sinfda savod o`rgatishdan so`ng 6 so`z, 2-sinfda 8—10 so`z, 3-sinfda 10—12 so`z, 
4-sinfda 12—15 so`z qilib belgilangan
38
. Ona tili dasturida ham ” Tekshirish 
maqsadida o`tkaziladigan ... lug`at diktanti uchun taxminiy so`z soni: 1-sinfda savod 
o`rgatishdan so`ng 6 so`z, 2-sinfda 8—10 so`z, 3-sinfda 10—12 so`z, 4-sinfda 12—
15 so`z” deb belgilab qo`yilgan. 
Ta`limiy diktantning o`yin shaklida o`tkazilgan turi o`yin diktant deb 
nomlanadi. O`yin- diktantni ”Kim ko`p eslab qoladi?” deb nomlagan holda o`tkazish 
mumkin. Bu diktantning maqsadi xotirani ishga solish va bu imloviy ko`nikmalarni 
shakllantirishdir. 
Bunda o`qituvchi har bir gapni bir marta o`qiydi. O`quvchilar yodida 
qolganini yozadi. O`qituvchi bir oz pauzadan so`ng ikkinchi gapni o`qiydi.
38
K.Qosimova.S.Matchonov,X.G’ulomova,SH.Yo’ldosheva,SH.Sariev. Ona tili o’qitish 
metodikasi.-T.:Noshir. 2009.298-bet. 


558 
O`yin-diktantning materiali sifatida so`z olinishi ham mumkin. Unda ham 
o`qituvchi 3ta so`zni birdaniga o`qiydi va 10-15 soniya pauza qilinadi. O`quvchi 
eslab qolganini yozadi. Keyin Yana uch so`z o`qib beriladi. Bunday tipdagi o`yin 
lug`at diktantiga 1- sinfda 5-8, 2- sinfda 8-10, 3- sinfda 10-12, 4- sinfda 12-15 so`z 
olinadi.
Diktant yozib bo`lingach, har bir o`quvchi diktantidagi so`zlar sonini 
sanaydi.O`qituvchi oldindan diktantning to`liq matnini yozib ustini bekitib qo`ygan 
bo`ladi. O`quvchilar diktantini tekshirayotgan uning ustini ochib qo`yadi. 
O`quvchilarning bahosi tushirib qoldirgan so`zlar soniga va yo`l qo`yilgan 
xatolar soniga qarab pasaytiriladi. 
O`quvchilar diktantni yozib bo`lishgach, o`rganilgan mavzulardan kelib 
chiqib topshiriqlar berilishi mumkin. Masalan, ”So`zlardagi unlilarning tagiga 
chizing.”, ”Ajratib ko`rsatilgan so`zga ma`nodosh so`z toping.” ,” Shu so`zlar 
ishtirokida gap tuzing.”, ”Gap tuzing va tuzgan gaplaringizning bosh va ikkinchi 
darajali bo`laklarini aniqlang, tagiga tegishlicha chizing” kabi. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin