O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə338/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   416
kitobi.

tovushi 
yozilar ekan” kabi izohlanadi. 
Izohli diktant boshlang`ich sinflarning barchasi uchun mos bo`lib, 
o`quvchilarga yozdirilgan matn tarkibidagi imlosi qiyin so`zlarning yozilishini 
eslatish va ta`kidlash maqsadida o`tkaziladi.
Masalan, 4- sinfda egalik qo`shimchalari o`rganilayotganda tovush tushishi, 
tovush almashinishi hodisalari bilan tanishtiriladi va o`quvchilarda imloviy 
savodxonlikni shakllantirishda quyidagi til materiallari asosida tahlil-tarkib tahlili 
amalga oshiriladi. Bunda quyidagicha savol-topshiriqlar ustida ishlandi: 
Bu nima? (daftar ko`rsatiladi) 
-Daftar so`zini doskaga yozing va o`qing. 
-Daftar so`zida nechta tovush bor? U nechta harf bilan yozilgan?
-Daftar so`ziga I shaxs birlikdagi egalik qo`shimchasini qo`shib o`qing?
-Daftarim so`zida nechta tovush bor va u nechta harf bilan yozildi? 
-Daftarim so`zining o`zak va qo`shimchasini tegishlicha belgilang. 


552 
-So`z o`zagida o`zgarish yuz berdimi? 
Bu nima? (burun rasmi ko`rsatiladi) 
-Burun so`zini doskaga yozing va o`qing. Burun so`zining talaffuzi bilan 
yozilishini taqqoslang.Ularda qanday farq sezdingiz? 
-Burun so`zida nechta tovush va u nechta harf bilan yozilgan? 
-Burun so`ziga I shaxs birlikdagi egalik qo`shimchasini qo`shib o`qing?
-O`ylang, so`zda qanday o`zgarish yuz berdi? 
-Burnim so`zida nechta tovush bor va u nechta harf bilan yozildi? 
- Burnim so`zining o`zak va qo`shimchasini tegishlicha belgilang. 
-So`z o`zagida qanday o`zgarish yuz berdi? 
og`iz ----og`iz + -im--------og`zim; shahar ------- shahar +im-------shahrim
so`zlari ustida ham shu tarzda ishlanadi va xulosa chiqariladi: 
O`qituvchi o`quvchilarning kuzatishlarini yakunlab xulosa chiqaradi. Ba`zi 
so`zlarga egalik qo`shimchasi qo`shilganda o`zakdagi unli tovushlar tushib qoladi, 
bir tovush boshqa tovush bilan almashadi va shunday yoziladi. O`quvchilar 
darslikda berilgan qoidani mustaqil o`qiydilar. 
-Siz o`qigan imlo qoida nima haqida ekan? 
-Qoida necha qismdan iborat? (Qoida uch qismdan iborat) 
-Har bir qismni ajrating. (1. Ba`zi otlarga egalik qo`shimchasi qo`shilganda, 
o`zakda tovush o`zgarishi yuz beradi. 2. Unli tovush tushib qoladi. 3. Undosh tovush 
almashadi.) 
Quyida 4-sinfda o`takazgan izohli diktant namunasini keltiramiz: 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin